Farmatsevtik kimyo faninisg qisqacha tarixi


Download 19.08 Kb.
bet1/8
Sana14.10.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1701812
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farmatsevtik kimyo faninisg qisqacha tarixi


Farmatsevtik kimyo faninisg qisqacha tarixi
Farmatsevtik kimyo ham boshqa barcha fanlar (dori turlari texnologiyasi, farmakognoziya, toksikologik kimyo, farmatsiyani tashkil etish va iqtisodiyoti) kabi qadim zamonlardan rivojlanib kelib.
XVI asrning o‘rtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. Ibtidoiv jamoa tuzumi davridayoq turli o‘simlik va hayvon mahsulotlari kasalliklami davolashda ishlatilgan. Hozirgi zamon farmatsiyasining rivojlanishiga qadimgi davr Eron, Misr, Yunon, Hindiston,
Xitoy va Rim davlatlarining ko‘zga ko'ringan olimlari katta ta’sir ko‘rsatishdi. Butun dunyo dorishunoslariga taniqli yunon tibbiyotining yorqin namoyondalaridan Buqrot (eramizdan avvalgi 460-377-yy.) tibbiyot va farmatsiyaning rivojlanishida alohida o'rin egallaydi. Uning bizgacha yetib kelgan 70 ga yaqin asari tibbiyotning turli sohalarini o'z ichiga oladi. Buqrot o ‘z ta’limotida bemomi
davolash organizmning xususiyatiga, tashqi muhitga va parhezga bog'liq ekanligini ko'rsatgan. U dorini ichishda shoshilmaslik va bir dorini tezda almashtirmaslikka e’tibor berishni talab qilgan. Buqrot asarlariga surgi, qustiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, siydik haydovchi va terlatuvchi dori sifatida qo'llaniladigan 230 dan
ortiq o'simlik va 50 ta hayvon mahsulotlari kiritilgan.
Arastu va uning shog'irdi Teofrast (eramizdan to'rt asr oldin)
tabiiy mahsulotlami, jumladan, ko'p o'simliklaming shifobaxsh
ta’sirini o'rganib, turli kasalliklarda qo'llashdi. Ular o'z ilmiy ishlari bilan kelajakda dorishunoslikning rivojlanishiga muhim hissa
qo'shdilar. Eramizning birinchi asrida yashagan va o'z davrining atoqli shifokori bo'lgan Dioskarid «Materia medica» nomli mashhur kitobida turli dorivor o'simliklar va boshqa tabiiy mahsulotlami tasvirlab bergan. Yevropa shifokorlari bu asardan XVI asrgacha qo'llanma
Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling