Farmatsevtik kimyo faninisg qisqacha tarixi
Download 19.08 Kb.
|
Farmatsevtik kimyo faninisg qisqacha tarixi
boshqalardir. Olim o'zining asarlarida dorivor moddalaming haqiqiyligini va sifatini aniqlashga ham alohida e’tibor bergan. Buni u moddalaming rangi, hidi, agregat holati va ulaming organizmga ta’sir ko'rsatishi bo'yicha aniqlagan. Ibn Sino Sharq tabobati va hozirgi zamon tibbiyoti va dorishunosligi rivojlanishiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk olimdir. O'z davrining mashhur qomuschi olimi Xorazmlik Abu Rayhon Muhammad ibn-Ahmad al-Beruniy (973-1048-yy.) yaratgan turli fan sohasidagi (matematika, fizika, mineralogiya, geologiya, geometriya, tibbiyot va boshq.) olamshumul ilmiy asarlari ichida dorishunoslikka bag'ishlangan «Kitob-as Saydana fit-tib» («Tabobatda dorishunoslik») kitobi Sharq mamlakatlari, jumladan, O'rta Osiyoda dori- shunoslik tarixida alohida o‘rin egallaydi. «Saydana»ning bizgacha faqat nuqsonli bitta qo‘lyozma nusxasi saqlanib qolgan bo'lib, unda fanning vazifalari va ba’zi bir nazariy masalalarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Kitobning asosiy qismi o'simlik hayvon va ma’danlardan olinadigan 1000 dan ortiq dori moddalarini har tomonlama to'g'ri ta’riflashga bag'ishlangan. «Saydana»da bar bir o'simlik, hayvon va ma’danning nomi bir necha tilda (arab, fors, yunon, hind, xorazmiy, turkiy na boshq.) keltirilgan. Farmatsevtik kimyoning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi XVI asrdan boshlangan, deb hisoblanadi. Bu davrda al-kimyoning o'miga yangi yo'nalish, davolash kimyosi yoki yatroximiya paydo bo'ladi. Bu yo'nalishga Filipp Teofrast Gogengeym – Paratsels (1493—1541-yy.) asos soldi. U, «Kimyo oltin olishga emas, balki sog'liqni saqlashga xizmat qilishi kerak» - deydi. Paratsels hayotdagi jarayonlami kimyoviy o'zgarishlar deb qaraydi. U ko'pgina kimyoviy moddalar va dorivor o'simlik mahsulotlarining ta’sirini tekshirdi, turli tajribalar o'tkazdi hamda tahlil qilish uchun ishlatiladigan asbob va uskunalami mukammallashtirdi. Shunday qilib, dorixonalar yatroximiya davrida ilmiy-tekshirish ishlari bilan shug'ullanib keldi. Bu esa farmatsevtik kimyoning mustaqil fan sifatida vujudga kelishiga olib keldi. XVII asrga kelib, boshqa tabiiy fanlar qatorida kimyo fani ham tez sur’atda rivojlana boshladi. Shu davrda Georg Shtal (1660- 1734-yy.) kimyoviy hodisalami tushuntirishga urinib, o'zining «flagiston» nazariyasini ilgari surdi. Robert Boyl (1627-1692-yy.) Download 19.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling