1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar
1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar Organik kimyo kursi bo’yicha talabalar laboratoriya tajribalarini bajarishdan oldin murakkab bo’lmagan sintezni olib borishni, reaksion massa aralashmasidan moddalarni ajratib olishni, ularni tozalashni va asosiy fizik-kimyoviy konstantalarini aniqlashni, kimyoviy adabiyot ma’lumotlaridan foydalanishni, laboratoriya daftarini to’g’ri tutishni bilishlari, organik birikmalarning asosiy sinflarini sifat va miqdor analizlari bilan tanishgan bo’lishi kerak. Laboratoriya mashg’ulotlari talabalarni shisha idishlardan to’g’ri foydalanishni, laboratoriya jihozlarini to’g’ri va chiroyli yig’ishni, har xil amallarni (kristallash, haydash, quritishvah.) bajarishga o’rgatadi. O’tkazilayotgan reaksiyaning qanday sharoitda borayotganligini, sintez qilinayotgan moddalarni boshqa usullarda ham olish va tozalash mumkinligini, tanlangan usulning boshqa usullardan afzalligini va kamchiligini, dastlabki moddalarning va mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini talaba oldindan tasavvur etib tushinishi kerak. Laboratoriyada texnika xavfsizligini taminlash uchun talaba barcha diqqatini bajarilayotgan tajribaga qaratishi zarur. Barcha jarayonlar puxta va saranjom bajarilishi kerak. Ish jarayoni vaqtida faqat toza kimyoviy idishlardan foydalanish kerak, sababi ozgina aralashma nafaqat reaksiyaning buzilishiga, balki baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Ish stoli toza va boshqa keraksiz narsalardan holi bo’lishi kerak. Laboratoriya mashg’uloti vaqtida chiqindilarni axlat idishiga tashlash yoki kanalizatsiyaga to’kish mumkin emas. Ishlatilgan konsentrlangan sulfat kislota eritmalarini mo’rili shkafda joylashgan shisha idishga yig’iladi. Suyultirilgan kislota yoki ishqor eritmalari (1-2%) rakovinaga to’kilib, ustidan kuchli oqimli ko’p miqdorda suv quying. Organik erituvchila rmaxsus tayinlab qo’yilgan shisha idishga yig’iladi. Yong’in xavfini tug’diradigan natriy va kaliy metallarining qoldiqlari spirtning unchalik ko’p bo’lmagan miqdori bilan eritiladi. Zaharli gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalarni o’qituvchining ko’rsatmasi bilan yo’q qilinadi. Talabalar o’tkazilgan tajribalarni o’zlarining tutgan ish daftariga aniq va tushunarli qilib yozishni o’rganishi kerak (ilova 1). Laboratoriya tajribalarini boshlashdan oldin kimyoviy sintezni o’tkazish tartibi va texnika xavfsizligi bilan tanishgan bo’lishi kerak. Laboratoriya tajribalarini bajarish shartlari talabalarga ish vaqtida tanishtiriladi, shuning uchun xomaki qilib yozilgan bajarish shartlari ruxsat
etilmaydi. Xulosaga uslubiy qo’llanmadagi bajarilish shartlarini ko’chirib yozmasdan, balki tajriba haqiqatdan qanday bajarilganligini yozish tavsiya etiladi. Xulosada reaksiya vaqtida ranglarning yoki cho’kmaning hosil bo’lishi yoki yo’qolishi, gaz ajralib chiqishi, o’z-o’zidan haroratning ko’tarilishi yoki pasayishi, reaksiya oxirida tajriba qanday tugaganligi, tozalanmagan preparatning unimi haqida yozilgan bo’lishi kerak. Agar moddalarni tozalash haydash usuli bilan olib borilgan bo’lsa, haydash uchun qancha miqdorda modda olinganligini, ajratib olingan fraksiyalarning og’irliklari va qaynash temperaturalari ko’rsatiladi. Agar olingan moddani kristallash kerak bo’lsa qancha miqdorda modda olinganligini va erituvchini, kristallashdan oldingi va keyingi suyuqlanish haroratini, kristallashdan keyin olingan moddaning miqdorini xulosaga yozish kerak. Sintez qilib olingan moddalarning konstantalari (suyuqlanish temperaturasi, zichligi, sindirish ko’rsatkichi) adabiyot manbalaridagi konstantalari bilan solishtiriladi. Shunday qilib, talabalar mavzu bo’yicha laboratoriya tajribalarini muvaffaqiyatli bajarish va o’zlashtirish uchun quyidagilarni bilishlari zarur: 1. Berilgan mavzu bo’yicha nazariy bilimlarni; 2. Bajarilishi kerak bo’lgan tajribaning ta’rifini; 3. Ishning maqsadini; 4. O’tkazilgan tajribaning ma’lumotlarini, nazorat qilishni va xulosalarni laboratoriya ish daftariga yozib borishni; 5. Qisqa hisobot tayyorlash va uni o’qituvchiga topshirishni (ilova 1).
1. Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari 1. Organik kimyo laboratorisida ishlaganda har doim organik moddalarning ma’lum miqdorda zaharliligini, ulardan ko’pchiligi yong’indan xavfli va portlovchi moddalar ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Shuning uchun laboratoriya ish vaqtida tozalikni va batartiblikni saqlashga, moddaning teriga sachrab ketmasligiga diqqatli bo’lishga, ko’zni va yuzni qo’l bilan ushlamaslikga, ish vaqtida ovqatlanmaslikga, ishdan keyin qo’lni yaxshilab yuvishga amal qilmog’imiz kerak.
2. Mashg’ulot paytida talaba maxsus kiyim (xalat) siz ishlashi va yakka o’zi tajriba o’tkazishi mumkin emas. 3. Tajribani raxbarning ijozati bilan boshlash lozim. Ish rejasi laboratoriya daftariga yozilishi va uni rahbar tekshirib qo’l qo’ygan bo’lishi kerak. 4. Organik moddalarning ta’mini tatib ko’rish, bevosita hidlash va ushlab ko’rish aslo mumkin emas, zaxarli va o’tkir hidli moddalar bilan bajariladigan tajribalar faqat mo’rili shkafda o’tkazilishi shart. 5. Oson uchuvchan yoki tez yonuvchan organik erituvchilar (benzol, toluol, benzin, etil spirti va h.k) saqlanadigan idish og’zini ochiq holda alanga yoki elektr plitkalari oldida qoldirish man etiladi. Bunday eritmalarni laboratoriyada bir litrdan ko’p saqlash mumkin emas. Tajriba o’tkazilayotganda asbobning germetik ulanganligini kuzatish kerak. Oson uchuvchan va tez yonuvchan organik moddalarni ochiq alanga yordamida qizdirish man etiladi. 6. Elektr quvvati, gaz va reaktivlardan unumli foydalanish kerak. Tajriba uchun ko’rsatilgan miqdordan ortiq reaktivlar olish mumkin emas. 7. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni stolda ortiqcha miqdorda saqlamang, ularni gaz gorelkasidan va boshqa isitish asboblaridan uzoqda saqlang. Qizdirish uchun imkoni boricha usti berk isitgich asboblardan foydalanish lozim. Bordiyu, tasodifan yong’in chiqsa, avvalo, o’t chiqish manbalari: gaz gorelkasi, elektr rezetka va boshqalarni o’chiring. Keyin qum seping yoki yopqich yoping. Agar yong’in shunda ham o’chmasa, o’t o’chirgichni ishlatish kerak. 8. Suyultirilgan eritmalarni tayyorlashda kislotani oz-ozdan suvga, idish devori bo’ylab quyish lozim. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetkalardla o’lchash qat’iy man etiladi, ularni faqat tomizgich yordamida o’lchab olish kerak. Kislota va ishqorlar saqlanadigan idishlarni ehtiyotlik bilan, sachramaydigan va to’kilmaydigan qilib ushlang. 9. Tajribadan ortgan va ishlatilgan natriyni oz-ozdan spirtda eritib, yo’qotish kerak. Natriy metali doimo kerosin yoki benzol ostida saqlanishi lozim. 10. Simob va simobli asboblar bilan ehtiyot bo’lib ishlang. Simobli asbob (termometr yoki manometr) sinsa, uni tezda maxsus usullar yordamida yig’ib oling va simob to’kilgan joyga oltingugurt kristallari sepib uni neytrallang. 11. Moddalar qizidirilayotgan yoki reaksiya o’tkazilayotgan idishlarga engashib qaramang. 12. Brom bilan bajariladigan tajribalar albatta mo’rili shkafda o’tkazilishi kerak, chunki u zaharli va terini kuydiradi. 13. Gazlar bilan ishlashda juda ehtiyot bo’lish kerak va tajriba o’tkazilayotgan asboblarning germetikligi tekshirilishi lozim, chunki gazlar aralashmasi portlovchan bo’ladi. 14. Talaba shuni unutmasligi kerakki, tajribalar uchun foydalanilayotgan moddalar kuchli ta’sir etuvchi reagentlardir (konsentrlangan ishqor, kislota, aldegid, alkaloid va b.), shuning uchun laboratoriyada nojuya harakat qilmaslik va ish stolida faqat zarur narsalarni saqlash lozim. Ehtiyotsizlik va yuqorida aytilganlarga rioya qilmaslik terini va ko’zni jaroxatlanishiga, kiyim-kechakni zararlantirishga olib kelishi mumkin. 15. Mashg’ulot tugagach, ishlatilgan moddalarni o’z joyiga qo’yish, asboblarni va shisha idishlarni tozalab yuvib, laborantga topshirish kerak.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling