surishtiruv kazus
|
surishtiruv kazus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kazusga javob
2020 йил 31 март куни соат 12-00 ларда Навоий вилояти божхона бошқармаси “Навоий” ТИФ божхона пости инспектори Ғ.Қ. томонидан Италия давлатининг “Della Toffola S.p.A” ташкилотидан 05.07.2019 йилдаги шартнома рақами DTPG/050719 бўлган “Paradise Garden” МЧЖ ташкилоти номига 24.02.2020 йилдаги 138-139-140/I/2020-сонли ва 25.02.2020 йилдаги 146- 147/I/2020-сонли инвойслар асосида олиб келинган, оғирлиги 25477,70 кг.га, умумий қиймати 472 930 Еврога тенг бўлган “Комплексная технологическая линия не собранном виде для переработки винограда” товарини ИМ-40 “Эркин муомалага чиқариш” божхона режимига расмийлаштириш учун “Paradise Garden” МЧЖнинг декларацияловчи шахси Ўзбекистон фуқароси Б.Л. томонидан тақдим қилинган электрон бланка рақами EDA523386 бўлган 12003/19.03.2020/0001086-сонли БЮДни ўрганиш давомида “Комплексная технологическая линия не собранном виде для переработки винограда” технологик асбоб-ускуналарини ТИФ ТН коди БЮДнинг 33-графасида “8438809900” кўрсатилиб, Адлия вазирлиги томонидан 20.03.2013 йилда 2436- рақам билан рўйхатдан ўтказилган Қарор асосида божхона тўловларидан имтиёз қўлланилган ҳолда расмийлаштирувга тақдим этилган. Мазкур товарнинг ТИФ ТН коди тўғри белгиланганлигини юзасидан 28.03.2020 йилда ўтказилган 1173их-сонли комиссиявий хулосада “Комплексная технологическая линия не собранном виде для переработки винограда” товарларининг ТИФ ТН код рақами 8435100000 таснифланиши белгилаб қўйилган. “Paradise Garden” МЧЖ ташкилоти номига Италия давлатидан импорт қилинган “Комплексная технологическая линия не собранном виде для переработки винограда” товарини 12003/19.03.2020/0001086-сонли БЮДда ТИФ ТНга хос код рақами 8435100000 деб кўрсатилиши ўрнига, нотўғри “8438809900” код рақами белгиланиши натижасида божхона тўловларидан 749 996 513,43 сўм миқдорида имтиёз қўлланилганлиги аниқланди. 1. Мазкур ҳолатга ҳуқуқий баҳо беринг 2. Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги жиноятнинг содир этиш сабабларини кўрсатинг. Kazusga javob Ushbu holatda “Paradise Garden” MCHJning deklaratsiyalovchi shaxsi O’zbekiston fuqarosi B.L ga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atiladi. Ushbu holat JKning 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Unga ko’ra bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yohud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yohud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib Tovar yoki boshqa qimmatliklarni juda ko’p miqdorda bojxona chegarasidan o’tkazish jinoyat predmeti hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi oliy sudi plenumining 06.09.2013-yildagi ,,bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida’’gi 18-sonli qarorida: Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi ma’lumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni aks ettirish tushuniladi Shunga asosan deklaratsiyada yolg’on ma’lumot ko’rsatgan holda imtiyozga ega bo’lmagan tovardan imtiyoz olishga harakat qilingan. Buning natijasida davlatga to’lanishi kerak bo’lgan 749 996 513,43 so’m bojxona tolovlari to’lanmay qolishiga olib kelmoqda. TIF sohasidagi jinoyatlarning sodir etilish asosini ko’pincha to;lanishi kerak bo’lgan to’lovlarni to’lamaslik, ulardan qochish, iloji boricha kamroq pul to’lagan holda o’z mahsulotini o’tkazish va shu asosida maksimal foyda olishga intilish tashki etish tashkil etadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling