Аbrazion va akkumul relʼef shakllari


Download 51.06 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi51.06 Kb.
#1023225
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish geomorfologiya



Аbrazion va akkumul. relʼef shakllari

Yer ustidagi relʼef xosil boʼluvchi dalillarga dengiz, koʼllarning ijodiy rivojlanishlari kiradi. Bu xolatlar abrazion, akkumulyativ relЪef turlarini yaratadi, ularning yotqiziqlarini xosil qiladi.


Dengiz toʼlqinlari, qirgʼoqlarni tashkil qilishda asosiy dalillarga kiradi. Bu koʼrinishlar toʼlqin, toʼlqin urilishi xolatlarda uchrab asosan shamolning taʼsirida oʼtishi; dengiz suvining koʼtarilish va uning qaytish xarakatlari Oy va Quyoshning tortish kuchlarida boʼlishi va dengiz
suvining turli xildagi oqishiga uchrashishlarida baholash mumkin.
Dengizda kuzatiladigan jarayonlarga oʼz taʼsirini asosan dengiz qirgʼoqlarining litologik-tuzilma xolatlari, ularning uvoqlashib ketilgan koʼrinishlari, qirgʼoqlarning balandligi, ogʼish burchaklari va yosh tektonik xarakatlarning xolati kiradi. Qirgʼoq chizigʼi deb shuni tushunish kerakki, u dengiz sathi, quruqlik yuzasi bilan kesishi zarur. Qirgʼoq chizigʼining xolati dengiz suvining koʼtarilishi yoki qaytishi oqibatida tez oʼzgarib turadi, bu shamol orqali suv sathini xaydash yoki uni toʼldirish oʼz navbatida qirgʼoqlarda choʼkmalar xosil qilishga olib keladi.

Аbrazion qirgʼoqning tuzilishi



Аkkumulyativ qirgʼoqning tuzilishi

Qirgʼoqning asosiy siljish xolati dengiz suvining regressiya va trangressiyasi bilan bogʼliqdir. Quruqlik sohili xozirgi dengiz chizigʼi orqali tutashgan joyi oʼziga xos qirgʼoq deb belgilanadi. Qirgʼoq bilan dengiz osti sohilining tutashgan qismiga va toʼlqinlarning taʼsirida boʼlgan hududga dengiz osti qiyasi deb ataladi. Quruqlik sohili orqali suv osti qiyasi tutashgan dengiz relЪefini qirgʼoq zonasi deb ataladi. Tektonik xarakatlar oqibatida koʼtarilgan, pastga tushgan hududlarni yoki evstatistik xolatida yangi boʼlgan kuhna sohillarni qirgʼoq boʼyi dengiz relЪefi deb ataladi.


Quruqlik sohiliga yaqin boʼlgan qirgʼoq zonasi kuchli shamol (shtorm) davrida toʼlqin balandligi taʼsirida oʼtadi, dengiz tomonidan esa bu zona chuqur xandaklarga toʼgʼri kelib unda toʼlqin jarayonlarini kuzatsak boʼladi.
Tik qirgʼoqlar dengizning chuqur joylari, tekis qirgʼoqlar esa sayoz joylar bilan kuzatilsalar u xolda oʼziga xos morfologik elementlari orqali kuzatiladi: klif, toʼlqin urilib xosil boʼlgan oʼymalar, plyaj, dengiz ostidagi chekka qirgʼoqlar, dengiz sohili, dengiz yoqasi va qirgʼoq boʼyi (rasm-1). Tik qirgʼoqlarga nisbatan sayoz qirgʼoqlarda qirgʼoq zonalari farq qiladi.

Quruqlik tomonidan qirgʼoq chiziqlarga plyajlar va qirgʼoq vallari toʼgʼri keladi. Kuchli toʼlqinlarda yuqori vallar belgilanadi. Dengiz ostida joylashgan akvatoriyaning chetini qirgʼoq boʼyi deb ataladi. Dengiz tomoniga sekin-asta kirib borayotgan qiyalik shelʼf deb ataladi va unda uchraydigan tekisliklarni dengiz terrasalari deb belgilanadi.


Qirgʼoqning morfologiyasini birinchi qatorda tektonik xarakatlar va vulqonlar boʼladi. Tektonik yorigʼlarning boʼylama koʼrinishlarida uni uzulma qirgʼoqlar kuzatiladi.Er qobigʼidagi tektonik xarakatlar oqibatida kuzatiladigan dengizdagi transgressiya, regressiya xolatlari dengiz terrasalarni xosil qiladilar. Vulqonlardan otilib chiqqan lavalar qirgʼoq chiziqlarni oʼzgartirib, qirgʼoqlarda sochma qirgʼoqlarni yaratadi. Togʼ jinslarning litologik tarkibi qirgʼoq koʼrinishiga taʼsir etadi. Qirgʼoq agar qumtosh, glin, ohaktosh, karallardan tashkil topgan boʼlsa u tez yemiriladi. Dengiz suvlarining toʼlqinli xarakati orqali qirgʼoqlarda gʼovaklar, oʼyilmalar, gʼorlar xosil boʼladi. Bu yemirilishlar qirgʼoqlarda koʼchlarni kuchaytiradilar va qirgʼoqni suv sathidan uzoqlashtiradi. Qirgʼoqlarning murakkab rivojlanishida muzlar va oqar suvlarning roli buyukdir. Daryolar oʼzi bilan olib yotqizadigan allyuvial togʼ jinslari plyaj va delʼtalarni, limonlarni yaratadi. Muzlar esa dengiz qirgʼoqlariga morenalarni
yotqizadilar. Shelʼf muzlari Аntraktida va Gollandiya sohillarida tik qoyali muzlik qirgʼoqlarini yaratadilar.
Dengiz abraziyasi. Okean har doim xarakatda va toʼlqinlikda kuzatiladi. Dengiz qirgʼoqlarida koʼp xolatlarda toʼlqinlar, sunamilar, seyslar va kelib–qaytuvchi toʼlqinlar kuzatilib turadi. Dengiz qirgʼogʼiga yaqinlashgan toʼlqin uni qirgʼoqni buzadilar bu yuqori kinetik energiyaga ega boʼlgan hajm boʼlib qirgʼoq boʼylarini oʼzgartiradi.
Toʼlqinning dengiz qirgʼoqlarni buzuvchi jarayonni priboy deb ataladi. Priboy vaqtida koʼp

tonnali hajmga ega boʼlgan dengiz suvi toʼlqin “choʼqqilari” bilan toʼgʼri kelganda uning kinetik energiyasi qirgʼoqdan uzoqlashganda sekin-asta kamayib boradi. Energiya kuchi “nolʼ” xolatiga kelganda toʼlqin


qirgʼoqdan dengiz tomon sirpanib boradi. Bu jarayon oʼz navbatida qirgʼoqda dengiz choʼkmalarini yotqizadi. Аksincha priboy vaqtida esa qirgʼoq tuzilishini abrazion xarakati bilan yemiradi.
Togʼ jinslarining mexanik abraziya oqibatida yemirilishi asosan priboyning kuchli urishiga
bogʼliqdir. Kimyoviy abraziyada esa togʼ jinslarining (ohaktosh, gips, dolomit) dengiz suvining taʼsirida yemirilish xolati kuzatiladi. Ximiyaviy abraziyada qirgʼoqda oʼymalar, grotlar xosil boʼladi. Bu xolat issiq oʼlkalardagi dengiz qirgʼoqlarida uchraydi.
Termik abraziya – bu xolat asosan dengiz qirgʼoqlarida muzliklar bilan qoplangan koʼrinishlarga bogʼliqdirlar.



Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling