Bayonnomasi “12”01. 2020 yil Asaka tumani Qatnashdilar
Download 16.83 Kb.
|
6 D sinf Ochiq dars bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi
- Yig’ilish qaror qiladi
“Tasdiqlayman” 13- Umumiy O’rta Ta’lim Maktab Direktori _________ Abdurahmonova M _____________________2021 y BAYONNOMASI “12”01.2020 yil Asaka tumani Qatnashdilar : Maktab O’IBDO’ Mannopova M MMIDO’ Ismoilova H Metod birlashma rahbari Nazarova M Ingliz tili fan o’qituvchisi Bozorova G Pedagogik amaliyotchi Xalilova T Kun tartibi : Amaliyotchi talaba Xalilova Tursunoyning 6 D sinfda “How to make pancakes” mavzusida o’tkazgan ochiq darsi muhokamasi. Eshitildi : Maktab O’IBDO’ Mannopova M so’zga chiqib, o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi.Ular o’qituvchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e’tirof etishdi: Yutuqlari; Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, darsda savol-javob metodidan foydalanildi, audio materiallardan foydalanib, vaqtdan unumli foydalanildi. Maslahat: Taqdimot usulidan foydalanib ko’proq o’quvchilarni baholash mumkin edi, Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual shug’ullanish kerak. U darsga umumiy holda yaxshi baho berishni taklif qildi. Eshitildi: Ingliz tili fan o’qituvchisi Bozorova G ham ham dars to’g’risidagi o’z fikrlarini aytdilar. Jumladan Bozorova G o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazardan biroz chetda qolganligi, buni natijasida o’quvchilarda darsda berilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha materiallar o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. U darsda erishilgan yutuqlar hususida to’xtalib zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning avzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina avzalliklarga ega: Masalan zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlar foydalanishini takomillashtirish.Metod birlashma rahbari M.Nazarova ham o’z fikrlarini aytib o’tdi. U ham darsda bir qator yutuqlar va kamchiliklarga to’xtaldi. U ham darsga O’IBDO’ tomonidan qo’yilgan bahoni qo’llab quvvatlashni aytdi. Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qabul qildi: Yig’ilish qaror qiladi : 1.Amaliyotchi talaba tomonidan o’tgan ochiq dars tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” baho bilan baholansin. 2.Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin. Maktab O’IBDO’: Mannopova M Metod birlashma rahbari : M.Nazarova Download 16.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling