GLOSSARIY
Izofa, (rus)Изофа, (ing)Idafa – arabcha so`z bo`lib, qo`shish, bog`lash degan ma’nolarni anglatadi.
Qamariya, (rus)Kамария, (ing)Khamariya (oy) harflari.
Shamsiya, (rus) Шeмсия, (ing) Shemsiya (quyosh) harflari.
Hamza, (rus) Xамза, (ing) KHamza - unli harfni talaffuz eta boshlash va darhol to`xtash natijasida bilinuvchi tovushdir.
Tanvin fatha, (rus) Танвин фатxа, (ing) Tanvin fatha - fatha harakatining qo`shaloq yozilishidan yasaladi
Sukun, (rus) Сукун, (ing) Sukun- arabcha so`z bo`lib, «tinchish», «osoyish», «to`xtash», «harakatsizlik» degan ma’nolarni ifodalaydi.
Tashdid, (rus) Ташдид, (ing) Tashdid ( ّ_) so`z o`zagida ikki undosh tovush yonma-yon kelganda, ulardan bittasi yozilib, uning ustiga qo`yiladi. Bu belgi tushgan undosh tovush shiddat bilan, ikkilantirilgan holda talaffuz etiladi. Tashdid «ikkilantirish», «kuchaytirish» degan ma’nolarni bildiradi. Asosan arab va fors tilidan o`zlashgan so`zlarda qo`llaniladi.
Damma, (rus) Дамма, (ing) Damma (pish, pesh). Bu belgi arab tili grammatikasida «damma» deb ham nomlanadi. Fors-tojik tilida esa “pish”, “pesh” deb yuritiladi. Bu harakat qisqa “u” unli tovushini ifodalaydi:
Kasra, (rus) Касра, (ing) Kasra. Fatha harakatiga qarama-qarshi o`laroq harflarning tagiga qo`yiladigan belgi “kasra”dir. U fors-tojik tilida «zir» deb ham ataladi va «ost», «tag» degan ma’nolarni ifodalaydi. Kasra yozuvda qisqa «i» unli tovushini bildiradi va o`zlashgan so`zlardagi undosh tovushlar tagiga qo`yiladi
Fatha, (rus) Фатҳа, (ing) Fatha (zabar). Arab tilida qisqa «a» unli tovushi “fatha” belgisi bilan ifodalanadi. U fors tilida «zabar» deb ataladi. «Ust», «yuqori» degan ma’nolarni anglatadi. Arab va fors tilidan o`zlashgan so`zlar boshida keluvchi «a» tovushini ifodalash uchun alif harfining hamda qator kelgan undosh tovushlarning ustiga qo`yiladi
Muttasil, (rus) Муттасил, (ing) Muttasil – ikki tomondan qo`shiluvchi harflar
Munfasil (rus) Мунфасил, (ing) Munfasil – bir tomondan qo`shiluvchi harflar
Do'stlaringiz bilan baham: |