Коd swd 1336 Nomi
Download 38.54 Kb.
|
MTvaA syllabus (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv yili 2020-2021 Semestr
- O‘qituvchi Laboratoriya
- Fanga qo ’ yilgan dastlabki talablar
- Kursning mazmuni Ma’ruza lar
- Bo’lim mavzulari Soat
- Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari Soat
- Bo’lim mavzulari
- Jami 180 O’qitish strategiyasi
- Jami: 100 ball Yakuniy nazorat
Kurs dasturi
O‘qituvchi haqida ma’lumot
Kurs haqida qisqacha ma’lumot Ushbu kurs TATU ning barcha ta’lim yo’nalishlari uchun umum- mutaxassislik fani hisoblanadi. Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi. Ushbu kurs quyidagi 5 ta bo’limdan iborat: Maʻlumotlar, tuzilmalar va obʻektga yo‘naltirilgan dasturlash. Maʻlumotlarni qidirish va saralash usullari va algoritmlari. Chiziqli maʻlumotlar tuzilmasi. Chiziqsiz maʻlumotlar tuzilmasi. Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish Fanga qo’yilgan dastlabki talablar Zamonaviy dasturlash tillaridan birini, jumladan C++ tilini boshlang’ich tushunchalarini va dasturlash ko’nikmalarini bilishi kerak. O‘qitish natijalari: Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabada quyidagi qobiliyatlar rivojlantiriladi: Ma’lumotlar tuzilmasining asosiy algoritmlaridan foydalana olish va yuqori darajali dasturlash tilida shablonlarning standart kutubxonalari imkoniyatlaridan foydalanish; Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va algoritmlari, qidirish, saralash va xeshlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish; Standart ma’lumotlar tuzilmalari usullariga mo’ljallangan kutubxona funksiyalaridan masala yechishda foydalanish (bog’langan ro’yxatlar, saralangan massivlar, daraxtlar, xesh-jadvallar) ; Rekursiya, rekursiv ma’lumotlar tuzilmasi, rekursiv algoritmlarni dasturlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish; Muammoli ob’yekt sohani obyektlar sinfiga bo’lish va uning holati(ma’lumotlar) va hodisalar(usullar) bog’liqligi; Ob’yektga mo’ljallangan dasturlash yordamida yangi tuzilmalar ishlab chiqish(sinflar yoki shablonlar) va amallar yoki usullarni qayta ishlash va qayta aniqlashning farqlarini bilish; Testlash, validatsiya, verifikasiya tushunchalari va ularni farqi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish, modulli yoki iteratsion testlash ma’lumotlar to’plamini ishlab chiqish; Tegishli ma’lumotlar modeli uchun hujjatlashtirishda modellashtirishning standart notatsiyasini ishlatish(masalan UML); Kursning mazmuni Ma’ruzalar:
Laboratoriya mashg’ulotlari:
Mustaqil ish:
Yuklama
O’qitish strategiyasi Kurs quyidagicha ishlab chiqilgan: ma'ruzalar paytida talaba kurs haqidagi zarur nazariy bilimlarni oladi. Semestrda bir marta oraliq nazorat o'tkaziladi. Laboratoriya mashg'ulotlar davomida o'qituvchi ma'ruzalar paytida olingan nazariy bilimlarning amaliy qo'llanilishini namoyish etadi. Laboratoriya ishlari uchun har bir bo'lim oxirida talaba individual topshiriq oladi. Semestr davomida talaba 6 ta laboratoriya ishlarini bajarishi kerak. Mavzularni yanada mustahkamlash uchun talabalar mustaqil ish bajaradi. Bunda talaba o’ziga berilgan mavzu bo’yicha darsda berilgan bilimlardan tashqari ma’lumotlarni izlab, mustaqil o’rganib, doir misollarni yechish dasturlarini tuzish ko’nikmasini xosil qilib, kurs oxirigacha hisobot ko’rinishida tayyorlab topshirishi talab etiladi. Laboratoriya vazifalari. 1. Statik ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish 2. Yarim statik ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish 3. Dinamik ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish 4. Daraxt ma'lumotlarini tuzilishini o'rganish 5. Tarmoq ma'lumotlarini tuzilishini o'rganish 6. Ma'lumot qidirish va saralash algoritmlari Baholash
Baholashning asosiy yo'nalishlari: matnning o'ziga xoslik darajasi, ish sifati, dolzarblik va ijodkorlik. Baholash shartlari: Har bir amaliy ish uchun muddat belgilanadi. Amaliy topshiriq o'z vaqtida topshirilmagan taqdirda, baholash kamayadi.
“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan rejalashtiriladigan talabalar bilimini nazorat turlari va soni, reyting baholash taqsimoti, har bir oraliq nazoratning maksimal va o’tish ballari birinchi darsda talabalarga e’lon qilinadi. Fandan talabalar bilimini baholashning quyidagi nazoratlari o’tkaziladi: Oraliq nazorat (ON) – talabalarning nazariy bilim va amaliy yetuklik darajalarini aniqlash va baholash usuli. Semestr davomida bir marta olinadi va yozma, og’zaki yoki test ko’rinishida bo’lishi mumkin. Joriy nazorat (JN) – talabaning amaliy bilimini baholash usuli. Fan bo’yicha 6 ta laboratoriya topshiriqlarini bajarilishidan kelib chiqib baholanadi. Mustaqil ish (MI) – talabaning mustaqil bilim egallay olishi va mustaqil shug’ullana olishini baholash usuli. Semestr davomida bitta mustaqil ish topshiriladi. Hisobot tayyorlab topshiriladi va taqdimot yordamida doklad qilinadi. Yakuniy nazorat (YN) – talabalarning nazariy bilimlar va amaliy tayyorgarliklaridagi o’zgarishlarini baholash usuli. Yakuniy nazorat yozma yoki test ko’rinishida olinishi mumkin. ON o’tkazilishi kafedra mudiri tomonidan tayinlanadigan 3 ta a’zodan iborat komissiya tomonidan o’rganilishi mumkin va uni o’tkazish tartibi buzilganda ON bekor qilinishi va qayta o’tkazilishi mumkin. JN laboratoriya o’qituvchisi tomonidan dars jarayonida talabalarni individual topshiriqlarni bajarib topshirishlariga qarab qo’yiladi. Baholash tartibi yoki talablari buzilgan holda, kafedra mudiri tomonidan tayinlanadigan 3 ta a’zodan iborat komissiya tomonidan talabaning laboratoriya ishi o’rganilishi mumkin va qayta qabul qilinishi mumkin. MI qabul qilish yoki baholash tartibi buzilganda kafedra mudiri tomonidan tayinlanadigan 3 ta a’zodan iborat komissiya tomonidan o’rganilishi mumkin va qayta topshirilishi mumkin. YN kredit bo’limi tomonidan o’tkaziladi. Agar YN olish tartibi buzilsa, nazorat va natijalar bekor qilinadi va qayta olinadi. Reyting tizimiga asoslanib, talabalar bilimi ballarda baholanadi. “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fani semestr davomida 100 ballik tizimda baholanadi va quyidagicha taqsimlanadi: [100 ball (ON+JN+MI ballari) + 100 ball(YN)]/2=100 ball (kurs bo’yicha o’rtacha ball) Kurs bo’yicha o’tish bali – 60. ON+JN+MI ballarining yig’indisi 60 ball, ya’ni o’tish bali va undan yuqori ball to’plagan talaba YN ga qo’yiladi. ON reyting nazorat grafigiga asosan o’tkaziladi. JN va MI semestr davomida qabul qilinadi. YN semestr oxirida grafikka asoslanib olinadi. O’tish balini to’play olmagan talabalar YN gacha qayta ishlash va zarur ballarni to’plashi mumkin. Barcha nazoratlardan o’tish balini to’play olmagan talabalar fanni o’zlashtira olmagan va akademik qarzdor deb hisoblanadi. YN natijasidan norozi talabalar ishni qayta ko’rib chiqish uchun, natijalar e’lonidan keyin 1 kundan kechiktirmasdan dekan nomiga ariza berish huquqiga ega.Rektor buyrug’iga asosan 3 ta a’zodan kam bo’lmagan apellyatsion komissiya tuziladi va shu kunni oz’idayoq talaba YNi qayta ko’rib chiqilib, baholanadi. Barcha nazorat baholarining o’z vaqtida qo’yilishini kafedra mudiri, fakultet dekani, o’quv-uslubiy bo’lim, kredit bo’limi va ichki nazorat va monitoring bo’limi nazorat qiladi. Adabiyotlar Asosiy: 1. Adam Drozdek. Data structures and algorithms in C++. Fourth edition. Cengage Learning. 2013 y. 2. Кормен Т., Лейзерсон Ч., Ривест Р. «Алгоритмы. Построение и анализ», 2013 г. Qo’shimcha: Г.Шилтд Самоучитель С++. 5-е издание. “БХВ Петербург” 2010 г. Вирт Н. Алгоритмы и структуры программы//М., Оберон, 2010 г. Род Хаггарти «Дискретная математика для программистов» 2012 г. Томас Х.Кормен «Алгоритмы. Вводный курс» 2014 г. Г.Уоррен «Алгоритмические трюки для программистов», 2014 г. Кнут Д. Искусство программирования. T. 1. Основные алгоритмы. 3-изд. – М.: Вильямс. – 2001. Ахо А. и др. Структуры данных и алгоритмы. – М.: Вильямc. – 2000. 6.1.5. Седжвик Р. Фундаментальные алгоритмы на C++. – М.: Вильямc. – 2001. 6.1.6. Серебряная Л.В. Структуры и алгоритмы обработки данных: учеб.-метод. пособие/ Л.В. Серебряная, И.М. Марина. – Минск: БГУИР, 2013. – 51 с. Лэнгсам Й., Огенстайн М., Тененбаум А., Структуры данных для персональных ЭВМ. – М.: Мир. – 1989. Кинг Д. Создание эффективного ПО.– М.: Мир. – 1991. Топп У. Структуры данных в С++. – М., Бином. – 2000. Download 38.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling