Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
иклим кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2022
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil “ 13 ”yanvardagi 4/11-1/3-151 -sonli xatiga 2-ilova OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI IQLIM OʻZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV (Uslubiy qoʻllanma) Toshkent – 2022 2 Biologiya fanlari nomzodi, dotsent R.X.Allaberdievning umumiy tahriri ostida tayyorlandi. MUALLIFLAR: b.f.f.d., dotsent Sh.A.Xalillayev b.f.f.d., dotsent B.T.Jabborov TAQRIZCHILAR: b.f.d., professor T.Raximova – Ekologiya fakulteti “Ekologiya” kafedrasi professori. B.f.n., dotsent S.S.Boʻriyev – Atrof-muhit tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari. Uchbu uslubiy qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-436-son qarorida keltirilgan “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta’minlash boʻyicha” Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga, shuningdek talabalarda iqlim oʻzgarishining sabablari va omillari toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Qoʻllanmada hozirgi davrdagi iqlim oʻzgarishlari, uni keltirib chiqaruvchi manbalar va omillar, uning asosiy sabablari, iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar yerning global iqlimi, mintaqaviy va mahalliy iqlimning shakllanishi va oʻziga hosligi, oʻtmishdagi iqlim va iqlim evolyutsiyasi, iqlim oʻzgarishi tabiiy va antropogen sabablari, issiqhona effekti, iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga ta’siri, tuproq va suv degradatsiyasi, kelajakdagi iqlim va uning oʻzgarish oqibatlari, iqlim oʻzgarishini oldini olish boʻyicha chora- tadbirlar, Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolar, halqaro iqlim nazorati va iqlimni saqlashga doir qonunlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uslubiy qoʻllanma Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakulteti ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan (2022-yil 19-dekabr № 3–bayonnoma) nashrga tavsiya etildi. 3 Kirish “ Bugun insoniyat oʻz taraqqiyot yoʻlining tub burilish davrini boshidan kechirmoqda, xalqaro munosabatlarning tabiati keskin oʻzgarmoqda. Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchaymoqda, iqlim jadal oʻzgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari koʻpaymoqda, anʻanaviy qadriyatlar zavol topmoqda. Ishonchim komilki, bunday murakkab sharoitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining dunyo miqyosidagi ahamiyati va oʻrni tobora ortib bormoqda. Jahon taqdiri bilan bogʻliq ushbu muhim jarayonlarda aynan Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarur . 1 ” Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling