3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet1/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya


3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi
REJA

  1. Tuproq strukturasi, ahamiyati

  2. Tuproqning suv xossalari

  3. Tuproqning havo xossasi va havo rejimi




Tayanch iboralar: Tuproq, tuproq havosi, tuproq fizik mexanik xossalri, yoki tuproq xossalari, agregatlar, tuproq tiplari, gorizant, relyef, Tuproq qoplami – pedosfera – litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera, purifikator, tuproq qatlamlari., shag’al, loyqa. Strukturali, strukturasiz, g’ovaklik, kapilyar suv, gravitatsion suv, bug’simon suv, qattiq suv.
Adabiyotlar. A1, A2, Q1, Q3, X1, X2, internet saytlari



1. Tuproq strukturasi, ahamiyati. Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi muhim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning strukturasi bilan bevosita bog’liq. Tuproq paydo bólish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kalsiy ta’sirida) birikib har xil donador bólakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga s t r u k t u r a a g r e g a t l a r i yoki bólakchalari deyiladi. Tuproqning alohida agregatlar (bólakchalar) ga ajralib (bólinib) ketish qobiliyatiga s t r u k t u r a h o l a t i, turli ólcham, shakl va sifat tarkibli struktura agregatlarining yig’indisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi. Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturali va strukturasiz yoki kam strukturali holatda bóladi. Strukturani órganayotganda unga tuproqning muhim morflogik belgisi sifatida va ikkinchidan agronomik nuqtai nazardan qarash kerak. Strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga, yerga ishlov berish sharoitlariga, tuproqning suv-havo rejimlari va umuman unumdorligi, hamda ósimliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, K.K.Gedroys, A.G.Doyarenko, I.N.Antipov-Karatayev, N.A. Kachinskiy, N.I. Savvinov, P.V. Vershinin, A.F. Tyulin, D.V. Xan, S.N. Rijov, M.U.Umarov, L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari olimlari tomonidan batafsil órganilgan.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling