Xalqlarining musiqa adabiyoti
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modest Petrovich Musorgskiy
- «Boris Godunov» operasi
- Modest Petrovich Musorgskiy «Xovanshina» operasi Xalq musiqa dramasi. 5 parda va 6 ta ko’rinishdan iborat.
- Musiqa.
“Knyaz Igor”
I parda. Qadim rus Putivl shahrida Knyaz Igor o’z qo’shini bilan polovetslarga qarshi yurish uyushtirmoqchi. Xalq knyazni sharaflaydi. Birdaniga quyosh tutilishi boshlanadi. Qorong’u tushadi. Nohushlikni sezib, xalq, boyarlar va Yaroslavna Igorni qolishni, hech qanaqa safarga otlanmaslikni iltimos qilishadi. Ammo Igorning qarori qat’iy. Xotinini Vladimir Galitskiy akasiga topshirib, qo’shini bilan birgalikda dushmanlarga qarshi urushga ketadi. Galitskiy Igorning yo’qligi bilan foydalanib, o’ziga yaqin ulfatlari bilan mayshat qilib, yeb, ichib, bemani ishlar bilan shug’ullanadi. Bazmni mast Skula va Yeroshka boshqaradilar. Ular Igorning qo’shinidan qochib ketgan. Galitskiy Putivlni o’z qo’liga olib, hokimiyatni boshqarmoqchi. Hozircha esa aholini xohlaganicha qiynaydi. Bir qizni o’g’irlab, unga zo’ravonlik o’tkazmoqchi. Qizning dugonalari oldiga borib, uni qoyib yuborishni so’raydilar. Ularni haydab yuboradi. Qizlar knyaginya huzuriga kelib, undan yordam berishni iltimos qilishadi. Yaroslavna akasi Galitskiydan sodir bo’layotgan tartibsizliklar uchun javob berishini talab qiladi. Knyaginya oldiga boyarlar kelib, Igorni mag’lubiyatga uchraganligi va jarohatlanib, o’g’li bilan birga asirga tushib qolganligi haqida sovuq xabar yetkazadi. Shunaqa bir mushkul paytda, polovetslar qo’rg’onga yaqinlashib qoladi. Boyarlar shahar qal’asi ishonchli qo’llarda, devorlari mustahkamligini ishontirib, Yaroslavnaga sodiq turib, shaharni himoya qilishadi. II, III parda polovetslar qarorgohi. Konchakxon qizining chodiri yonida qizlar yig’ilishgan. Ular o’ynab, ashula aytishadi. Lekin Konchakovna Igorning o’g’li Vladimir bilan ko’rishgandan keyingina kayfiyati ko’tariladi. Igor o’ylanib yuradi. Unga sodiq Ovlur qochishni taklif qiladi. Igor yashirin qochishni istamay, ikkilanib turadi. Uning mardligiga qoyil qolgan Konchakxon Igorga nisbatan asir emas, balki aziz mehmon tarzida qaraydi. Uning oliyjanobligi va jasurligi hurmat hissini qozonadi. Konchakxon uni qo’yib yuborish mumkinligini aytadi, faqat sharti bor: Igor hech qachon polovets xoniga qarshi qilich ko’tarmasligi kerak. Igor esa ozod bo’lgach yanada qo’shin yig’ib polovetslarga qarshi chiqishi haqida to’g’ri, yashirmasdan, yuziga qarab aytadi. Xon asir qizlarga kuylashni va raqsga tushishni buyuradi. Xonning qo’shini yangi yurishdan boyliklar orttirib, qaytib keladi. Putivl kulfatga uchraganligini bilib, Igor qochishga qaror qiladi va Ovlurni shu haqda ogohlantiradi. Vladimir, Igorning o’g’li Konchakovnaga yoqib qolganligini bilib qolib Konchakxon to’yiga rozi, Igor 32
esa, to u asirda ekan, hech qanaqa to’y haqida gap bo’lishi mumkinmasligini o’g’liga aytadi. Qochaman deb, Igor Vladimirni ham olib ketmoqchi, lekin faqat Ovlur bilan qocha oladi xolos, chunki Konchakning qizi butun qarorgohni oyoqqa turg’izib, uyg’otib yuborib, Vladimirni yonida ushlab qoladi. Vladimir Konchakxonning kuyoviga aylanadi. Qal’a ustiga chiqib, erining kelishini Yaroslavna intizorlik bilan kutadi. Nihoyat, Igor qaytib keladi. Xalq Igorni quvonib qarshi oladi. Skula va Yeroshka bong urib, xalqqa xush xabar yetkazganligi uchun, kechiriladilar. Oxirida Igor sharafiga “Slavsya” xori aytiladi.
va Lyudmila” operasiga yaqinligini muallifning o’zi aytardi. Operadagi kuylariga asoslangan katta uvertyurasida ruslarga polovetslar obrazi qarshi qo’yiladi. O’rta lavhasi jang manzarasini tasvirlaydi. Prologning ( “...so’zidan” olingan chinakkam matniga yozilgan) “Solntsu krasnomu slava” kabi yirik xori qadimiy epik qo’shiqlarning ulug’vor- qa’tiyatli aytimlariga yaqin. Quyosh tutilishining dahshatga solar orkestr manzarasi, hamda qo’rqib turgan boyarlar, sevadigan Yaroslavna, qopolroq Galitskiy va mardona- bo’ysinmas Igor ishtirokidagi rechitariv sahnasi aynan shu xor bilan qamrab olingan. Birinchi ko’rinish musiqasining (I parda), bezori va daydi fe’li prologning kayfiyati bilan keskin kontrastlashadi. Galitskiyning “Tol’ko b mne dojdatsya chesti” nomli qo’shig’i keng, sho’x raqsni eslatadi. “Oy lixon’ko” degan qizlar xorida mayus, xalq arz, yig’i, sadr qo’shiqlar xususiyatlari aks ettirilgan. Masqarabozlar tomonidan aytilgan “Chto vo gorode da Volodimire” kabi qo’shig’i soxta kerik bilan qo’pol- komik tarzida yangraydi. Ikkinchi ko’rinishda yoqimtoy, maftunkor, ammo irodali Yaroslavnaning jozibali obrazi yorqin tasvirlanadi. “Nemalo vremeni proshlo s tex por ” nomli ariozosida sog’inch va xavotirli sezishlari aks ettirilgan. Hayo- iboli, bosiq, qa’ tiyatli musiqa borgan sari qizg’in - hayajonli fe’lni kasb etadi. Davomida Yaroslavnaning boyarlar bilan birgalikdagi sahnasida eng yuqori taranglikka erishib, xarakat dramatiklashib ketadi. “Mujaysya, knyaginya” va “Nam knyaginya, ne vpervoy” kabi xorlar qa’tiyatli va badjahl kuchga to’ladir. 33
Ikkinchi parda polovetslar makonidagi manzaralariga bag’ishlangan. Konchakovnaning “Merknyet svet nochnoy” nomli kavatinasida sevgi chorlovlari, ishqiy siqilishlar va hissiyotlar nozi eshitilmoqda. Vladimirning “Medlenno den’ ugasal” degan kavatinasi yigit sevgisining she’riyati, ajoyib janubiy tun maftunkorligi bilan esadi. Igorning “Ni sna, ni otdi’xa” nomli ariyasi bosh qahramonning ko’p qirrali suratidir. Bunda vatan taqdiri haqidagi hasratli o’ylar, ozodlikning qizg’in chanqoqligi va Yaroslavnaga qaratilgan muhabbat tuyg’usi aks etilgan. “Zdorov li knyaz” kabi ariyasida Konchaaxkxon qattiqko’l badjahl va oliyjanob inson sifaqtida namoyish etiladi. Parda polovetlsrning xor va jozibali, porloq raqslari bilan yakunlanadi. Kontrast rasvishda birin ketin o’tadigan ravon ayollar raqsi, g’ayratga to’la erkaklar o’yini va yengil o’g’il bolalar raqsi ijro etiladi. Borgan sari barcha guruhlar temperament va shijoatga to’la dovul sifat raqsga kirishib ketadi. Uchinchi pardada polovetslarni tasvirlashida urushqoqlik hamda badjahllik, qattiq qo’llik birinchi o’ringa chiqadi. Odatda saxnalashtirishlarda ushbu parda tushurib qoldiriladi.
tomon qarab rivojlanadi. Xalq yig’I qoshiqlariga yaqin Yaroslavnaning “Ax, plachu ya ” deb nomlangan ariozosida chuqur dard, hasrat eshitiladi. Ariozo xalq yig’isiga o’sib ketadi –“Ox, ne buyniy veter zavi’val ” nomli qishloq axlining xori huddi haqiqiy rus cho’zma qo’shiqlardaqa jarangaydi. Eng oxirida bayramona- tantanavor “Znat’, gospod’ molbi’ usli’shal” final xori ijro etiladi.
“Knyaz Igor” operasi, “Bahodirlar” fars-operasi. 3ta simfoniya ( III si tugallanmagan),“O’rta Osiyo” simfonik manzarasi. Torli cholg’ular va fortepiano uchun kvintet, 2 ta torli kvartet, yoki fortepiano uchun “Kichik syuita”. 16ta romans
34
Modest Petrovich Musorgskiy Rus kompozitori, «Qudratli to’da» ishtirokchilaridan biri, Musorgskiy o’z ijodida realistik va xalqchillik tamoillarini aks ettirgan hamda XIX asr 60- yillarida musiqada revolyutsion-demokratik g’oyalarni dadil va izchillik bilan ifodalay olgan taniqli kompozitorlardan hisoblanadi. Modest Petrovich Musorgskiy 1839- yil mart oyida Pskov guberniyasi, Toropets uyezdi, Karevo qishlog’ida tug’ildi. Otasi unga fortepianoda dastlabki musiqa mashg’ulotlarini o’rgatdi. 1849- yilda uni akasi bilan birgalikda Peterburgga olib keldi va Petropavlovsk maktabiga o’qishga berdi. O’n yoshli Musorgskiy o’sha davrning mashhur fortepiano muallimi A.Gerkedan darslar oldi . Modest 1852- yilda gvardiya podpraporshiklari maktabida o’qiy boshladi. Ammo musiqa mashg’ulotlarini ham davom ettiraverdi va o’n uch yoshida birinchi ijodi- “Polkani” yozdi. 1856- yilda Preobrajen polki ofitserlar maktabida o’qiydi. Bunda ham bo’lajak kompozitor, musiqa bilan shug’ullanishni davom ettirdi. Shu davrda u qadimgi yunon katolik dini va cherkov musiqasi bilan qisman tanishishga muyassar bo’ldi. Musorgskiy 1856- yilda Borodin va Dargomijskiy bilan tanishdi. 1856– 1857 yillar davomida Dargomijskiy uyida ayrim musiqa ishqibozlari to’planishar va asosan Glinka, qisman Dargomijskiy asarlarini ijro etishar va bahslashar edi. Bu to’garakka Musorgskiy ham qatnashadigan bo’ldi, bu yerda u dastlab Kyui, so’ngra Balakirev bilan tanishdi. Shu narsa ma’lumki Musorgskiy muallimi A.Gerkedan fortepianoda chalishdan boshqa hech narsaga o’rganmagandi, shu sababdan u garmoniya, polifoniya, musiqa ijodi qoidalari va instrumentovkadan mutlaqo xabarsiz edi. Lekin u o’z ilmiy saviyasini oshirish ustida tinmay ishladi, Balakirevdan musiqa shakllarini o’rgandi. 1858- yilda ikkita skertso va bir qancha romanslar yozdi. Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasiga musiqa yozishni maqsad qilib qo’ydi, ammo bu orzusi amalga oshmadi. Musorgskiyning harbiy xizmatda bo’lishi uning musiqa mashg’ulotlari va ijodiga tobora ko’proq xalaqit bera boshladi, istagan rejalari amalga oshmadi va nihoyat 1859- yilda u preobrajen polki xizmatidan iste’foga chiqdi. Musorgskiy 1863 –1864 yillar mobaynida Floberning sharq koloriti tasvirlangan «Salambo» romani asosida opera yozishga kirishdi, ammo bu 35
opera ham tugatilmay qoldi. Lekin shunga qaramasdan oradan o’n yil o’tgandan keyin, bu tugallanmagan operaning ko’pchilik nomerlari uning mashhur «Boris Godunov» operasiga kiritilgan edi. 1865- yilda kompozitorning onasi vafot etdi. U qattiq qayg’urdi va fortepiano uchun ikkita pyesa: «Buvim va men», «Birinchi tanbeh», «Yot, uxla, dehqon o’g’li» nomli allani yozadi. Kompozitornning 1865-yilda yozgan yorqin obrazli romanslaridan biri «Savishna» romansi bo’ldi. Oradan bir yil o’tgach, 1866 yilda birin-ketin ijodkorning xilma-xil mavzulardagi vokal asarlari: «Gopak (Shevchenko she’ri)», «Orzu» (Geyne she’ri), «Seminarist» (Musorgskiy she’ri). 1867- yilda «Qo’ziqorin terish» va «Yahudiy qo’shig’i» (Mey she’ri), «Bazm» (Koltsov she’ri),«Echki», «Shumbola», «Klassik» va «Yetimcha» (Musorgskiy she’ri), «Bolalar qo’shig’i» (Mey she’ri), «Yeryomushka allasi» (Nekrasov she’ri) va boshqalar yaratildi. Musorgskiy shu davrda birgina qo’shiq ijodi bilan chegaralanib qolmaydi. U xor va orkestr uchun «Sennaxerbning yengilishi» nomli asarni (Bayron she’ri), «Noch na lisoy gore»(«Kal tog’idagi tun») simfonik asarini yaratdi. 1869- yilda kompozitor Gogolning «Uylanish» komediyasi asosida opera yozdi. Musorgskiy ijodida ham, Dargomijskiy ijodidagi kabi, dehqonlarning mudhish hayoti, tengsizlik, ochlik, yalang’ochlikka norozilik mavzulari asosiy o’rin egallay boshlaydi. Bu mavzu dastlab uning vokal ijodlari: «Kalistrat», «Yeryomushka allasi» singarilarda namoyon bo’lsa, so’ngra uning ikkita mashhur asarlari-«Boris Godunov» va «Xovanshina» operalarida g’oyat zo’r kuch bilan tasvirlanadi. Musorgskiy bu operalarida Glinka «Ivan Susanin» operasida boshlab bergan an’anaga amal qilib, yangi opera janri-xalq musiqali dramalarini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bu operalarda xalq faol ishtirokchi shaxsdir. Shu sababdan ham operalarda xalq obrazlarini ifodalaydigan xor sahnalariga katta o’rin berilgan. Tarixchi V.Nikolskiy Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi asosida opera yozishni Musorgskiyga maslahat bergan edi. Bu fikr kompozitor diqqatini o’ziga tezda jalb qiladi va operani yozishga kirishib, uni ikki yil – 1868-1870 yilda yozib tugatdi. Ammo teatr rahbarlari asarda sevgi intrigalari va xotin-qizlar roli yo’qligini bahona qilib uni qabul qilmadilar. Kompozitor asarni qaytadan ishlab, unga «Polsha sahnasi», Marina Mnishek obrazi va «Kroma» sahnasini kiritdi hamda 1872- yilda operani batamom yozib tugatdi. 36
«Boris Godunov» operasida dramatik ziddiyatlarni musiqa vositasida ishontirarli va haqqoniy qilib tasvirlashda vokal partiyalarining rechitativligi va voqealarni to’xtovsiz musiqaviy rivoji muhim rol o’ynaydi. «Boris Godunov» operasi birinchi marta 1874- yilda Peterburgdagi Mariin teatrida sahnaga qo’yildi.
«Boris Godunov» operasi
«Boris Godunov» operasining qisqacha mazmuni. Voqea 1598- 1605 yillarda Rossiya va Polshada bo’lib o’tadi. Novodevichiy monastir maydoniga xalq majburan to’planadi. Ular Boris Godunovdan taxtga o’tirishni yalinib so’rashlari kerak. Boris esa soxtalik bilan xalq talabini rad qilmoqchi bo’ladi. Boris taxtga o’tiradi. Xalq uni olqishlaydi, ammo Boris notinch, uni vijdon azobi qiynaydi. Tun. Chudov monastiri hujrasi. Pimen yilnoma yozmoqda. Yosh monax Grigoriy Pimendan shahzoda Dmitriyning o’ldirilish tarixini bilib oladi. Grigoriy monastirdan qochib, Litva chegarasidagi hujralardan biriga keladi. Pristav kishilari qochoq Grigoriyni izlab kelganda Grigoriy qochib qutiladi. Saroy xizmatkori, ayyor Shuyskiy shoh Borisga Litvada soxta shahzoda Dmitriy paydo bo’lganligini aytadi. Shoh bezovtalanadi. U Shuyskiydan shahzodaning yoshlik paytida
rostdan o’ldirilganligini
yana
surushtiradi.Shuyskiy Shahzodaning o’ldirilganligini tasdiqlaydi. Sandomirda Marina Moskva taxtini, boyliklarini orzu qiladi. Makkor ayol Marina soxta Dmitriyni Moskvaga yurish boshlashga rozi qiladi. Moskva.Vasiliy Blajeniy sobori maydonida xalq yig’ilgan, ular orasida soxta Dmitriy lashkarlari kelayotganligi haqida xabar tarqaladi. Oddiy xalq haqiqiy shahzodaning tirikligiga ishonadi. Birgina telba-tentak yonidan o’tayotgan Borisga «Shahzodani o’ldirgan qotil uchun sig’inib bo’lmaydi», -deydi. Moskva. Kreml. Granovitaya palatasida boylar (boyarlar) maslahati.Shoh Boris kelib taxtga o’tiradi va o’ladi. O’rmonda soxta Dmitriy lashkarlari bilan paydo bo’ladi va Moskvaga yurish qiladi, xaloyiq ham uning ketidan ergashadi.
* * * * * * * 37
Musorgskiy XVII asrda bo’lib o’tgan haqiqiy voqealar asosida libretto yaratib, boshqa bir opera - « Xovanshina»ni yozdi. Asar kompozitor vafotidan besh yil o’tgandan keyin, 1886- yilda Peterburgda sahnaga qo’yildi.
«Xovanshina» operasi
5 parda va 6 ta ko’rinishdan iborat. Libretto muallifi- M.P.Musorgskiy .
Qatnashuvchi shaxslar. Knyaz Ivan Xovanskiy, o’q otarlar boshlig’i………………..….bas. Knyaz Andrey Xovanskiy, uning o’g’li……………………....tenor. Knyaz Vasiliy Golitsin…………………………………….…..tenor. Dosifey, raskol’niklar boshlig’i………………………………..…bas. Boyarin Shakloviti’y…………………………………………bariton. Marfa, raskolnitsa………………………………..…...metso-soprano. Susanna, keksa raskolnitsa………………………………..….soprano. Podyachiy……………………………………………….……....tenor. Emma, nemis mahallasidagi qiz……………………………...soprano. Pastor…………………………………………………….…....bariton. Varsonofyev, Golitsinning odami…………………………..….....bas. Kuz’ka, o’q otar……………………………………………… bariton. Birinchi o’q otar……………………………………………..……bas. Ikkinchi o’q otar…………………………………………….……bas. Uchinchi o’q otar………………………………………………..tenor. Streshnev, boyarin…………………………………………...….tenor.
O’q otarlar, raskolniklar, xizmatkor qizlar, va Ivan Xovanskiy knyazning fors asir qizlari, Pyotr podshoning «poteshniy askarlari», xalq. Voqea joyi-Moskva. Vaqti - 1682 yil.
1870- yilning bahor faslida Musorgskiy XVII asr oxiridagi rus tarixi bilan qiziqib qolib, o’q otarlar harakati va raskolniklar davri haqida opera yozmoqchi bo’ladi.V.V.Stasov maslahatiga ko'ra ikki yildan keyin libretto tuzib, 38
opera ustida ishlashni boshlaydi.Opera hech qanday adabiy manbaga asoslanmagan. Libretto ustida ishlagan paytda V.V. Stasov ko’p foydali maslahatlar bergan. Operani oxirigacha yetkazolmay, kompozitor bemahal vafot etgan. Operani kompozitor N.A.Rimskiy-Korsakov oxirigacha yetkazib, eng oxirgi parda bilan, instrumentovkasini tamomlab, barcha joylarni tartibga keltirib, 1883- yilida imperator teatrlar rahbariyatiga taklif qilgan. Afsus, rad javobga uchrab, nihoyat 1886 yil 9(21) fevral kuni opera Peterburg shahridagi xususiy teatr sahnasida ilk marotaba ijro etilgan. «Xovanshina» V.V. Stasovga bag’ishlangan.
Moskvadagi Qizil maydoni. Tong otyapti. Sofya Tsarevnaning odami-Boyarin Shakloviti’y- podyachiyga shoh Pyotr nomiga tuxmat xatni yozdiradi: o’q otarlarning boshlig’i knyaz Ivan Xovanskiy taxtga o’z o’g’lini o’tirg’izib qo’ymoqchi va Rusda eski tartibni qayta tiklamoqchi. O’q otarlar yaqinda qo’lga kiritgan g’alabasi sha’niga o’rnatilgan bir ustun oldida musofirlar to’xtab, ba’zi bir noto’g’ri hatti-xarakatlar qilib yurgan boyarlar chorasini o’q otarlar tomonidan ko’rib qo’yilganligi to’g’risida bilib olishadi. Ivan Xovanskiy paydo bo’ladi. O’q otarlar o’z rahbarini muborakbod etishadi. Knyazning o’g’li Andrey nemis mahallasida turadigan bir Emma qizni tinch qo’ymay, yaxshi ko’raman deb, unga yopishib yuradi. Uni himoyasiga raskolnitsya Marfa turib oladi. Marfa Andreyning avvalgi sevgisi. Sahnada Ivan Xovanskiy paydo bo’ladi. Emmani ko’rib o’zi ham uni yoqtirib qoladi. Andrey esa ota –raqibga uni berolmasdan , o’z otasiga qo’l ko’tarib, uni o’ldirmoqchi bo’ladi. Ko’targan qilichni raskolniklar boshlig’i, Dosifey- ota tushurib, Emmani asrab qoladi. Knyaz Vasiliy Golitsin xonasi. Knyaz- kantsler va u sarevna Sofyaning jazmani. Knyaz kelajakni o’ylab, qo’rquv hissiga to’lib ketmoqda. Folbin qiyofasida kirib kelgan Marfa Kantslerga qora ro’yhatga tushib qolishini bashorat qiladi. Ishonuvchan Golitsin hayron. Bashoratni sir saqlamoqchi bo’lib, Marfani suvga cho’qtirish haqida buyruq beradi. Lekin Marfa qochib, berkinib olishga ulguradi. Golitsin uyida Pyotr podshoning qarshilari, ya’ni fitnachilar yig’ilishadi.Golitsin va Xovanskiy suhbat qurishadi. Ular bir- biriga yashirin dushman, bir-birilarini ko’rolmasligi uchun , suhbati janjalga aylanadi.Ularni Dosifey tinchlantiradi. O’z mag’rurligini tiyib, Rus davlati, rus xalqining kelajagi haqida o‘ylashni maslahat beradi. Marfa yugurib kirib keladi. Unga hamla qilinganligini, xavfli vaziyatga tushib qolganligini va Pyotr podshoning tarafdorlari unga yordam berib, qutqarib qolganligini hayajonlanib 39
gapirib beradi. Pyotr nomini eshitib, Golitsin bilan Xovanskiy darrov cho’chib ketishadi. Shakloviti’y kirib keladi. Undan podshoga qarshi uyushtirilgan fitna fosh qilindi, podsho Pyotr I- unga «Xovanshina» nomini berib, qarshilarni tinchitishni buyurganligini bilib olishadi. Zamoskvorechyeda o’q otarlar mahallasi. Marfa knyaz Andreyning xiyonatini sig’dira olmayapti. Dosifey mehr bilan uni yupatmoqda. Uyg’ongan o’q otarlar mayshat qilib, yeb- ichib, vaqti- chog’lik bilan band –ovora. To’satdan podyachiy kelib, Pyotr podshoning maxsus askarlari- reytarlar, ya’ni shartnoma asosida xizmat qilayotgan askarlar o’q otarlar mahallasining aholisini urib, tozalov qilmoqdalar. O’q otarlar hayron. Ular o’z rahbari knyaz Xovanskiyni polk yig’ib, urushda qatnashmoqchiligini bildirishadi. Pyotrdan qo’rqib, knyaz o’q otarlarga uy-uyiga kirib ketishlarini buyuradi. Knyaz Golitsining xizmatkori Moskva ostidagi o’z hovlisida berkinib olgan Xovanskiyni, hayoti xavf ostida ekanligini ogohlantiradi. Xovanskiy jahl bilan : “O’z uyimda kim menga hamla qila oladi? Tsarevna Sofyaning nomidan Shakloviti’y Xovanskiyni maxfiy majlisga aytgani keladi. Xovanskiy chiroyli kiyimlarni berishni buyuradi. Kiyinib bo’lib, endi eshikka chiqaman deb turgan paytda Shakloviti’yning odami uni qilich bilan o’ldiradi. Pyotr I- qolgan fitnachilarni ham tinchitadi: Knyaz Golitsin surgun qilinadi, reytarlarga raskolniklar uylarini o’rab olishga buyruq beriladi. Fitna fosh bo’lganidan faqat knyaz Andrey bexabar. Marfaga ishonmasdan, o’z polkini yig’moqchi bo’lib, karnaycha yordamida chorlaydi. Ammo qatlga ketayotgan o’q otarlarni ko’rib, qo’rqqanidan Marfadan panoh so’raydi. Pyotr I- boyarin Streshnev orqali qaror yuboradi. Ushbu qarorga asosan o’q otarlar qatl etilmasdan, ularning joni saqlab qolinadi. Eng oxirgi lahzada, o’lishga tayyor turgan o’q otarlar ozod qilinadi. O’rmondagi bir dala. Oydin kecha. Dosifey yolg’iz, hasratda. Raskolniklarni yig’ib, xudo haqiga jon fido qilishni murojaat qiladi va ular muqaddas iymon haqqiga o’zlarini yoqib yuborishadi. Ular bilan birga Andrey ham yonib ketadi, chunki narigi dunyoda o’z sevgilisi bilan birga bo’lmoqchi Marfa uni o’zi bilan birga ergashtirib olib ketadi. Pyotr I- askarlari kelib, yonayotgan xonadonlar va alangaga aylanib ketgan mahallani ko’rishadi. Musiqa. « Xovanshina » «Rassvet na Moskve-reke», (ya’ni, Moskva daryosi qirg’ogida tong otishi ) nomli qadimiy Moskvani ramziy uyg’onishini tasvirlaydigan orkestrning muqaddimasi bilan boshlanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling