Pedagogika va tabiiy fanlar
Download 450.17 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi mavzulari va uni bajarish boyicha uslubiy korsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar: Azimjonov. N
- Z.Azimova Andijon Davlat Universiteti “Pedagogika” kafedrasining p.f.n dotsenti
- Kafedra mudiri: __________ Muzaffarov. O
- Mundarija
- 2. Kurs ishini maqsad va vazifalari
- 4. Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o’rganish.
- 5. Kurs ishi rejasini tuzish.
- 6. Ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash.
- 7. Kurs ishi matnini yozish.
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI “PEDAGOGIKA VA TABIIY FANLAR” KAFEDRASI
fanidan
Ta’lim sohasi – 110000 – Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5111000 - Kasb ta’limi (5410200-Agronomiya dexqonchilik mahsulotlari bo’yicha))
ta’lim yo’nalishlari uchun
KURS ISHI MAVZULARI VA UNI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA
ANDIJON-2014 2 Fanning kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar: Azimjonov. N “Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasining p. f. n katta o’qituvchisi
“Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasining assistenti Taqrizchilar: Z.Azimova Andijon Davlat Universiteti “Pedagogika” kafedrasining p.f.n dotsenti
Fanning kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasining 201_ yil “___” ______ dagi “___” - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakul’tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fanning kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Qishloq xo’jaligini mexaniziyalashtirish” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (201__ yil ___dagi __-sonli bayonnoma) Fakultet kengashi raisi: __________ Abdullaev D
Fanning kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Agronomiya” fakul’tet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (201__ yil ___dagi __-sonli bayonnoma)
Kelishildi: O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i________Samatov N 3
1. Kirish --------------------------------------------------------------------------- 2. Kurs ishining maqsad va vazifalari------------------------------------- 3. Kurs ishi mavzusini tanlash------------------------------------------------ 4. Axborot uslubiy ta’minotni yaratish va ularni o’rganish----------- 5. Kurs ishi rejasini tuzish-------------------------------------------------- 6. Ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash -------------------------------- 7. Kurs ishi matnini yozish----------------------------------------------------- 8. Kurs ishini rasmiylashtirish--------------------------------------------- 9. Kurs ishi ximoyasi------------------------------------------------------------ 10. Kurs ishini baxolashning reyting mezonlari------------------------- 11. “Kasbiy pedagogika” fanidan kurs ishi mavzulari tematikasi--- 12. Axborot uslubiy ta’minot-------------------------------------------------
4
Ta’lim – tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda «Kasbiy pedagogika” fanining mazkur uslubiy ko’rsatmasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xamda davlat ta’lim standartlari bo’yicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi-pedagog mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan.
O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri-bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish xisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustaxkamlash bilan bir qatorda pedagogik maxorat asoslarini, ta’lim munosabatlarini, ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni, pedagogik ta’lim-tarbiya masalalarni, jamiyatdagi ta’lim jarayoni isloxotlarni, ta’lim-tarbiya jarayonlarida kasbiy pedagogikani shakllantirish asoslarini xamda pedagogik maxoratning nazariy asoslari to’g’risida xulosalar chiqarish, pedagogik maxoratni shakllantirishning joriy muammolarini mo’ljalga olish uchun zarur bo’lgan ma’lumot (axborot)lar to’plash va ulardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpedagogik ixtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy qo’llanma “Kasbiy pedagogika” fani bo’yicha yangi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda kasb ta’limi yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va maslaxatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.
«Kasbiy pedagogika” fanidan kurs ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmada berilgan talablar kurs ishini xajmi, bo’limlari, mavzuning nazariy axamiyatini yoritishdagi asoslari ko’rsatilgan bo’lib, Kasbiy pedagogikani oshirish va nazriy asoslarini yoritishdagi pedagogik talablarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining maqsadi-talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - “Kasbiy pedagogika” fanidan tanlangan kurs ishi mavzusi bo’yicha mavjud pedagogik maxorat asoslari va pedagogik maxorat muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi; 5 - pedagogik maxorat qonun-qoidalarini, ta’lim munosabatlari va jarayonlari mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushoxada qilishi; - milliy istiqlol g’oyasi va mafkuraning asosiy qoidalari xamda ta’lim- tarbiyani to’g’ri shakllantirish asosida xozirgi zamon rivojlangan malakali o’qitishni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini singdirish; - ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalar xosil qilishi; - Prezident Islom Karimov asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ta’lim-tarbiyaga tegishli qonunlarni va Vazirlar Maxkamasi chiqargan me’yoriy xujjatlarni ishda o’zlashtirishi; - internet ma’lumotlari, xisobotlar va xujjatlarni taxlil qilish; - ishlab chiqarish va xizma ko’rsatish xamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yo’l-yo’riq, xulosalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish. - Kasbiy pedagogikaning nazariy va amaliy sohalari va kasb-hunar ta’limida o’qitishning metodik jihatlarini optimallashtirishning ilmiy yo’nalishlarini tahlil qilish. Kurs ishini bajarish jarayoni o’quv jarayonning ajralmas qismi bo’lgani uchun to’g’ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o’z mexnatini quyidagi bosqichlar bo’yicha to’g’ri taqsimlashi katta axamiyatga ega: - kurs ishi mavzusini tanlash; - axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig’ish va ularni o’rganish; - kurs ishi mavzusi rejasini tuzish; - mavzuga oid turli ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash; - kurs ishi matnini yozish; - kurs ishini rasmiylashtirish; - kurs ishini himoyasi; Kurs ishini bajarishda talaba o’z ustida ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi raxbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko’rsatmalar asosida faoliyat ko’rsatishi zarur xisoblanadi. 3. Kurs ishi mavzusini tanlash. “Kasbiy pedagogika” fanidan kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning o’z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi xisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma’suliyatli bo’lishi lozim.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mavzular soni talabalar sonidan ko’p bo’lishi kerak, ularning yo’nalishi o’quv dasturi doirasida va talabaning qobiliyati hamda imkoniyatlari darajasida bo’lishi kerak.
6
Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bo’lishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Kurs ishi raxbari talabaga tanlangan mavzu bo’yicha kurs ishi topshirig’ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan so’ng topshiriqni talabaga beradi.
Kurs ishi topshirig’ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, kurs, guruxi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.
Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini o’zgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
Kurs ishi mavzusini tanlash tartibi gurux jarnalidagi ismi, sha’rifi raqami bo’yicha taqsimlanadi. Guruh talabasi tartib raqami asosida uchta mavzudan ya’ni 1, 2, 3, lardan ixtiyoriy birini tanlashi mumkin. Agar kursda guruhlar soni ikkitani tashkil etsa ushbu guruhlarga alohida mavzular beriladi. Bir mavzuni ikkita talaba yozishi mumkin emas
Talaba gurux jurnalidagi ismi, sha’rifi bo’yicha tartib raqami 1-mavzu 2-mavzu
3-mavzu 1 1.1 2.1 3.1
2 1.2
2.2 3.2
3 1.3
2.3 3.3
4 1.4
2.4 3.4
. . . . . . . . 60 1.30 2.30
3.30
4. Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o’rganish. Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish to’g’risida ariza bergandan sung va kafedra uni tasdiqlagandan so’ng rahbar bilan maslaxatlashib adabiyotlar to’plashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni o’rganish davomida ko’rsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy xujjatlar va boshqalarni ham o’rganishi lozim. Undan so’ng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlang’ich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi. 7 Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim qonunchiligiga ta’luqli bo’lgan qonun va me’yoriy xujjatlarni o’rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy, pedagogik qonuniyatlarni bilish va ularni qo’llash katta ahamiyatga ega. Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qo’llanmalarda va kurs ishi topshirig’ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi.
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy raxbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko’ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo’limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir. Rejadagi ko’zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo’lishi va o’rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir. Rejadagi har bir masala o’zaro bog’langan bo’lishi lozim, ularni yoritishda esa kasbiy pedagogikaning mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog’langan bo’lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Quyidagi
ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda.
Mavzu: Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlarni rolli o’qitish usullari yordamida tashkil etishni takomillashtirish. Reja:
1. Kirish. 2. Asosiy qism: 2.1 Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlar mazmuni. 2.2 Kasb-hunar ta’limiga hos pedagogik metodlar. 2.3 Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlarni tashkil etishda rolli o’qitish usullarini qo’llash metodlari samarasini oshirish. 2.4 O’qitishni tashkil
etishda rolli
o’qitish usullarini qo’llashni takomillashtirish masalalari. 3. Xulosa va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar 5. Ilovalar
Mavzu: Kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ishlab chiqarishga yo’naltirishda xo’jalik aloqalarini mustaxkamlash omillari va yo’llari. Reja:
8 1. Kirish 2. Asosiy qism: 2.1 “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning malakali kadrlarni yetishtirishdagi amaliy ahamiyati. 2.2 Kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ishlab chiqarishga yo’naltirishning o’quv-tajriba darslarining roli va ahamiyati. 2.3 Kasb-hunar ta’limida o’qitishni iqtisodiy qiymatini oshirishning xo’jalik shartnomilari va ularni rolini oshirish masalalari. 2.4 Kollej bitiruvchilarini korxonalarga yo’naltirishdagi tajriba darslarini tashkil etishni texnologiyalashtirish omillari. 3. Xulosa va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 5. Ilovalar
Mavzu: Prezident I. Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlarida pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar
Reja: 1. Kirish 2. Asosiy qism: 2.1 Prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlarining moxiyati va nazariy asoslari 2.2
Prezident Islom Karimovning “Barkamol avlod orzusi” nomli asarida pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar 2.3 Pedagog ma’naviyatini shakllantirishdagi Prezident Islom Karimovning fikrlari va g’oyalari 2.4
Zamonaviy ta’lim jarayonini shakllantirishda Prezidnet Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining axamiyati 3. Xulova va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar.
5. Ilovalar
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to’playdi va ular bo’yicha xisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Kurs ishini yozish jarayonida bakalavriat ta’limi yo’nalishining semestr yakunidagi malakaviy amaliyot va unga oid o’quv-metodik materiallaridan hisob shakllari, o’quv jarayoni ko’rsatkichlari asosida foydalanish ham tanlangan mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi. Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo’lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo’lishi lozim. 9 SHuningdek, hozirgi kunda davlatimizning kasb-hunar ta’limi tizimidagi davlat siyosati va uning amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan ko’rsatkichlar, ma’lumot taxlil jadvallari, kasb-hunar ta’lim tizimidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy jihatlarning yangi qirralarini ochib, tahliliy omillar sifatida keltirib o’tish ham kasb-hunar ta’limi mutaxassisligining iqtisodiy munosabatlari sharoitidagi amaliy ahamiyatini aks ettiradi.
Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
ahamiyati, uni o’rganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o’rganishga qaratilganligi, va kurs ishi bo’yicha o’z oldiga qo’ygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi. SHuningdek, kurs ishining kirish qismida mavzuning hozirgi kundagi dolzarbligi, amaliy ahamiyati, rivojlantirishga nisbatan talablari, maqsadi, vazifasi, amaliy ahamiyati, ilmiy ahamiyati, iqtisodiy samarasi, axborot bazasi, yangiligi kabi ilmiy-ijodiy talablarga javob berishi lozim. Kurs ishi kirish qismida mavzuning asl masalasi, tadqiqot printsiplari, ishni yoritishning metodik omillari, tahlil printsiplari keltirilgan bo’lishi lozim. Kurs ishi kirish qismida keltirilgan materiallar birinchi o’rinda davlatimizning kasb-hunar ta’limi sohasidagi davlat siyosati printsiplari, dolzarbligini yorituvchi mavzuning aso maqsadini keltiruvchi ilmiy farazlari keltirilgan bo’lishi lozim.
bo’lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar, pedagogik tushunchalar mohiyati yoritiladi va taxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g’oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va o’rganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to’plangan ma’lumotlar to’la tahlil qilinadi. Ushbu yo’nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Nazariy tomondan o’rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so’ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o’zaro bog’lay olishi kerak. Ish bo’yicha berilayotgan takliflar asosli bo’lishi va takliflar aniq, lo’nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan citatalar va mualliflarning qarashlari qo’shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar ko’rsatib o’tiladi.
10
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro’yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro’yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida quyidagilar keltiriladi: - kitob, monografiya, darslik, o’quv qo’llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ; - to’plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to’plamning nomi, nashr joyi (shahar) nashr yili, betlar to’plamdagi maqola nomi to’plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi. - jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro’yxatidan alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo’lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko’rsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo’llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan ko’chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa so’ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.
Download 450.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling