Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 303.93 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishbay ishlovchilar uchun
- Vaqtbay ishlovchilar uchun
- Asosiy ish haqini hisoblash tartibi.
- Operatsiyaning mazmuni Debet Kretet Asos Ish haqining hisoblanishi
- Ish haqini berish tizimlari.
- 2.2 Qo’shimcha ish haqini hisob-kitob qilish va hisobga olish tartibi. Qo‘shimcha ish haqi
- Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi.
- Mehnat ta’tili haqini hisoblash tartibi.
- 1. Ishbay ishlovchilar uchun
- 2.Vaqtbay ishlovchilar uchun
- Operatsiyaning mazmuni Debet Kretet Asos
- 2.3 Ish haqidan ushlanmalar va ajratmalarni hisob-kitob qilish hisobga olish tartibi
№ 2013 yil 1 Boshqaruv apparati 13 2 Yordamchi ishlab chiqarish xodimlari Tayyorlov va T.M.B. 5 Yordamchi xizmatchi xodimlar 16 Texnik nazorat bolimi 6 Ma’muriy xo’jalik 12 Qurilish bo’limi 5 Yong’in hanfsizligi va qo’riqlash 20 CHiqindi yig’uvchi ishchilar 6 Bolalar dam olish oromgohi 2 Jami: 72 3 Asosiy ishlab chiqarish xodimlari №1 Ishlab chiqarish korxonasi 96 №2 Ishlab chiqarish korxonasi 69 Jami: 165 4 Tamirlash-mexanika bo’limi Tozalash quritish bo’limi
Jinlash bo’limi 2 Linterlash bo’limi 2 Toylash bo’limi 4 Asbob sozlik xo’jaligi 7 Arra charxlash va sozlash bo’limi 4 Nurchilar bo’limi 6 Ishlab chiqarishda qatnashuvchi ishchilar 5 Jami: 35 5 Tayyorlov bo’limi xodimlari Korxona qoshidagi PTM
25
Korxona tashqarisidagi M G’ofurov PTM 42 Korxona tashqarisidagi Xonchorvoq PTM 42 Korxona tashqarisidagi Samarqand PTM 42 Korxona tashqarisidagi Ulug’bek PTM 35 Korxona tashqarisidagi M Qo’chqorov PTM 35 Korxona tashqarisidagi T.Usmonov PTM 35 Jami: 273 Hammasi: 558 4-jadval ko‘rinib korxonada ishchilar soni Jamiyatning mehnat jamoasi ishtirokchilar va ishga qabul qilingalar hisoblanadi.Jamiyatda ishchilarning oyligi tomonidan belgilangan eng kam maoshning miqdoridan kam bolmasligi kerak. Shuningdek jamiyatda ishchilarning mehnat kuni, haftasi va mehnat ta’ tilining davomiyligiga amal qilinadi Jamiyatda ish vaqti mehnat stajiga kiradi. Bunda Pensiya fondiga jamiyat tomonidan otkaziladigan mablag nafaqa olish huquqini beradi. Har qanday korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun eng avvalo shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani tunda ish vaqtidan tashqari vaqtda,bayram kunlarida ishlaganligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob kitob qilishi mumkin.Anashu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: T-1 shakl. Ishga qabul qilish to‘g‘rsida buyruq. T-2 shakl.Shahsiy varaqa. T-5 shakl. Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq. T-6 shakl.Ta’til berish haqida qayt. T-8 shakl. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. Ish haqini hisobga olish uchun T-12 shakldagi mahsus tabeldan foydalaniladi. 26
Tabel bo‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yich rasmiylashtiraladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boriladi.Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism sharifi ko‘chirib yoziladiva ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Isga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda 2xil usulda amalga oshiriladi. 1-usulda barcha ishga chiqgan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlarto‘liq ro‘yxat qilib boriladi. 2- usulda esa tabelda faqat kechikkanlar ishga chiqmaganlar yani ma’lum me’yordan chetga chiqgan xodimkar ro‘yxat qilib boriladi. Har bir ishlagan xodimning islagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga yani 2marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalterga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi. Korxonada ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: Asosiy xodimlar va asosiy bo‘lmagan xodimlar Asosiy xodimlar- korxonaning shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushiniladi Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomaga ko‘ra alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushiniladi. « Juma paxta tozalash zavodi » OAJda ishlovchi xodimlarning umumiy soni 558 nafarni tashkil etadi. Ular muhandislar, buxgalterlar, yuristlar bo‘lim boshliqlari, tehnologlar, mehaniklar, iqtisodchilar, kassirlar va boshqa xodimlardir. Ushbu korxonada xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamis qonun hujjatlari asosida « Juma paxta tozalash zavodi » OAJning rahbari buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 27
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini hisoblashga quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Ishbay ishlovchilar uchun – bajarilgan ishlarning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar (naryadlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yori, ishga chiqish hisobi tabeli (ishni kollektiv tarzda bajaruvchilar uchun).
buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i.
hisoblash uchun – kasallik varaqasi, kasaba uyushma qo‘mitasining qarori va xodimning ish haqi bo‘yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i. Asosiy ish haqini hisoblash tartibi. Ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Masalan, ishchi oy maboynida 100 dona mahsulot ishlab chiqardi. Bir birlik mahsulot uchun ish haqi me’yori 1000so‘m. Ishchiga hisoblanadigan ish haqi summasi bu holda 100000 so‘mni (100x1000) tashkil etadi. Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o‘rtacha ish haqiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Masalan, Bosh injenerning shtat jadvali bo‘yicha maoshi 350000 so‘m. Avgust oyida u 20 kun to‘liq ishladi, qolgan kunlar uchun kasallik varaqasini taqdim etdi, uning mehnat staji 6 yil, bolalarining soni 2 ta. Avgust oyidagi kalendar ish kunlari soni 25. Bosh injenerga asosiy ish haqi hisoblash uchun bir kunlik o‘rtacha ish haqi summasi topiladi. Bizning misolimizda u 14000so‘m (350000:25). Bosh injenerning haqiqatda ishlagan kunlariga hisoblanadigan ish haqi summasi 280000 so‘m (14000 x 20). 28
Ish haqining hisoblangan barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko‘rsatiladi. 5-jadval. Hisoblangan asosiy va qo’shimcha ish haqlari schotlarda aks ettirilshi 5-jadval Hisoblangan asosiy va qo’shimcha ish haqlari schotlarda aks ettirilshi
• Asosiy ishlab
chiqarish xodimlariga • Yordamchi ishlab chiqaruvchi xodimlarga • Umum xo’jalik xodimlariga • Yordamchi xo’jaliklar xodimlariga • Boshqaruv xodimlariga • Sotishga doir xodimlarga • Kapital qurilishga doir xodimlarga • Asosiy vositalarni tugatish uchun • Moddiy yordamlar, hisoblanga kompensatsiyalarga • Kasal kunlar uchun hisoblangan nafaqa summasiga • Hisoblangan dividend summasiga 2010 2310
2510 2710
9420 9410
0810 9210
9430 9430
8710 6710
Hisob-to’lov qaydnomalari, Buyruqlar, naryadlar, hisbotlar, tabel, kasal varaqalari va
hujjatlar Ish haqini berish tizimlari. Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:
qo‘llaniladi. Unga muvofiq to‘liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi. 29
Avanssiz tizim –ushbu tizimda ish haqi bo‘yicha korxonaning qarzi faqat hisobot oyi tugagandan so‘ng to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi. Hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda hisobot davri boshidagi qarz, shuningdek, hisoblangan jami ish haqi va jami ish haqidan ushlanmalar asosida har bir xodim bo‘yicha hisobot davrining oxirdagi qarz,yani korxonaning xodimga bo‘lgan yoki xodimning korxona oldidagi qarzi aniqlanadi. 21-son BHMS ga muvofiq ish haqi bo‘yicha majburiyatlarning sintetik hisobi 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashish» va 6720 «Deponentlangan ish haqi» schyotlarida yuritiladi. Bankdan ish haqi uchun olingan pul mablag‘lari kassadan olingan kundan boshlab uch kun ichida tarqatiladi.Ushbu muddatda olinmagan ish haqi deponentlangan ish haqi deb ataladi,u aloxida qaydnomaga ko‘chirib yoziladi va bankka topshiriladi.Deponentlangan ish haqlari xodimlarning talabiga ko‘ra bankdan darxol olinib kelinishi va tarqatilishi lozim. Voyaga yetmagan bolalar uchun sud qaroriga ko‘ra undiriladigan alimentlar miqdori (O‘zR Oila kodeksining 99-moddasi) quyidagilardan iborat: -bir bola uchun-ish haqi va boshqa daromadning to‘rtdan bir qismi -ikki bola uchun-ish haqi va boshqa daromadning uchdan bir qismi -uch va undan ortiq bola uchun ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa daromadning yarimisi. Bu to‘lovlarning miqdori talablarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart –sharoitlar uchun asosiy ish haqiga qo‘shimcha tarzda hisoblangan to‘lovlar tushuniladi. qo‘shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun hisoblangan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa 30
ajralib turadigan tavsiflari uchun beriladigan qo‘shimchalar, mukofatlar, moddiy yordamlar va kompensasiyalar kiradi. Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 1.Xodimga o‘tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o‘rtacha oylik mukofotlar summasi asos qilib olinadi va u kasal bo‘lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini beradi. Aytaylik, yuqoridagi misolda keltirilgan Bosh injenerning iyuldagi ish haqi 300000 so‘m, o‘rtacha oylik mukofat summasi 80000 so‘m bo‘lgan. Unda o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi avgust oyi uchun 15200 (380000: 25) so‘m bo‘ladi. 2. Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o‘rtacha to‘lov summasi nafaqani to‘lash koeffisiyentiga ko‘paytiriladi. Ushbu koeffitsiyent O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873–tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini berish to‘g‘risida Yo‘riqnoma”, shuningdek o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash me’yorlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha belgilangan:
Qaromog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun –18 yosh) to‘lmagan uch nafar va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga; Chernobl AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan xodimlarga; Ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘lik kasalliklarga chalingan xodimlarga; 31
Yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga; Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga. 2. Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan miqdorda: • Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) qarab. 3.
xodimlarning umumiy ish stajiga qarab. Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar o‘z sog‘ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, jinoyat sodir etgan va ular bilan bog‘liq boshqa hollarda vujudga kelganda hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bizning misolda keltirilgan bosh injenerning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchinchi guruh bo‘yicha nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa summasi to‘lov koeffisiyentiga ko‘ra 9120 so‘mni (15200x 0,6 ) tashkil qiladi. 4. Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo‘lgan kalendar ish kunlari soniga ko‘paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 45600 so‘mni (9120*5) tashkil qiladi. Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki oylik ish haqi va o‘rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisob-kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.
birinchi yili 6 oy ishlaganlaridan so‘ng, keyingi yillarda esa mehnat ta’tili grafigi yoki xodimning arizasiga muvofiq mehnat ta’tilini olish huquqiga egadirlar. Mehnat ta’tilini qaysi sanadan boshlab necha kunga berilishi korxona rahbarining 32
buyrug‘ida ko‘rsatiladi. Buyruq asosida mehnat ta’tili haqi quyidagi tartibda hisoblanadi. 1. Ishbay ishlovchilar uchun Oldingi mehnat ta’tilidan keyingi mehnat ta’tiligacha olgan ish haqi summasi, shuningdek shu davrda olgan mukofatlarining summasi topilib, ushbu summa ishlagan oylar soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir oylik to‘lov summasini bildiradi. Aytaylik, xodimning o‘tgan yilda olgan ishbay ish haqi summasi 2450000 so‘mni, olgan mukofatlari 420000 so‘mni tashkil qilgan, deylik. Unda ushbu xodimga o‘rtacha bir oylik to‘lov 241666 so‘mni ((2450000+450000 ) /12 ) tashkil etadi. O‘rtacha oylik to‘lov summasi oydagi o‘rtacha ish kunlari soniga (25,4 kun) bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini bildiradi. Bizning misolimizda ushbu to‘lov 9666 so‘mni (241666:25,4) tashkil qiladi. O‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi buyruq bo‘yicha berilgan mehnat ta’tili kunlari soniga ko‘paytiriladi. Topilgan summa xodimning mehnat ta’tili haqini bildiradi. Agar xodimga 15 kunlik mehnat ta’tili berilgan bo‘lsa, u holda uning mehnat ta’tili haqi 145000 so‘mni (9666x 15 ) tashkil qiladi.
bir oylik olgan mukofatlari summasi mehnat ta’tili haqini hisoblashga asos qilib olinadi. hisob-kitoblarning qolgan qismi yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. Ish haqining hisoblangan barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko‘rsatiladi. (6-jadval) Hisoblangan qo’shimcha ish haqi hisoblash bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi; 6-jadval
33
• Moddiy
yordamlar, hisoblanga kompensatsiyalarga 6990 6710
Hisob-to’lov qaydnomalari, Buyruqlar, naryadlar, hisbotlar, tabel • Kasal kunlar uchun hisoblangan
nafaqa summasiga 6990
6710 kasal varaqalari va boshqa hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq mehnat haqi to‘lovlaridan ushlab qolishlarni quyidagilarga taqsimlash mumkin: -majburiy ushlab qolishlar -ish beruvchi tashabbusi bilan ushlab qolishlar -xodim tashabbusi bilan ushlab qolishlar Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Mehnat haqidan majburiy ushlab qolishlarga quyidagilar kiradi: -O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i; -Sudning qarorlari va boshqa ijrolar hujjatlarini ijro etish uchun ushlab qolishlar; Ish beruvchining tashabbusi bo‘yicha quyidagilar ushlab qolinadi: -xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchunagar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasayaroqsiz mahsulot uchun ushlanmalar. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolish O‘zR Soliq kodeksining «Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq» 3-bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2002 yil 14-mart 1110-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 34
hisoblab chiqarish hamda budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan: -mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar; -jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi; -jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi.
Ixtiyoriy ushlanmalarga hayriya sifatidagi ushlanmalar,kasaba uyushma va boshqa uyushmalarga a’zolik to‘lovlari,jamg‘arma shotlariga ushlanmalar,turli kommunal xizmatlar uchun ushlanmalar va xodimning o‘z arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan boshqa ushlanmalar kiradi. Ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari va ularning jami summasi hisob- to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda aloxida tushunchalarda ko‘rsatilgan.Mehnat kodeksiga muvofiq (164-modda) xodimning ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori hisoblangan ish haqining 50%dan oshib ketmasligi lozim. Solik kodeksining 171 moddasida jismoniy shaxslarning jami daromad tarkibi keltirilgan. Unga muvofik jismoniy shaxslarning jami daromadiga kuyidagilar kiradi:
1) mexnatga haq tulash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) boshka daromadlar. Soliq kodeksiga muvofiq (186-modda) xodimlardan ushlanadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqish va ushlab kolish tartibi soliq solinadigan baza va stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab yil boshidan o‘sib 35
boruvchi yakun bo‘yicha har oyda xodimning asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Har bir hisobot yilining boshida O'zbekiston Respublika Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiktisodiy kursatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to'g'risida» karoriga (2013 yil 25 dekabr, PF-1887 son) asosan belgilangan stavkalar buyicha amalga oshiriladi. Hisoblangan ish haqidan turli ushlanmalar qilinadi, ularni ikki guruh ajratish mumkin:
Download 303.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling