I bob. Protozoologiya. Sarkomastigoforalar tipi
Download 0.73 Mb.
|
PROTOZOOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGN ADABIYOTLAR……………………………………....….33 KIRISH “ Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo’ygan
PROTOZOOLOGIYA MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. PROTOZOOLOGIYA.SARKOMASTIGOFORALAR TIPI 1.1.Sarkomastigoforalarning tipi sinflarga bo’linishi……………………………...6 1.2.Foraminiferalarning hajmi va morfologiyasiga aloqador omillar…………….12 II BOB.XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) SINFI 2.1. Xivchinlarning tuzilishi. O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi………………………………………………………………………………..17 2.2.Opalinlar kenja tipi………………………………………………………..21 2.3. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi…………………………….………………23 2.4. Sporalilar (Sporozoa) tipi…………………………………………………..25 2.5. Infuzoriyalar (Infusoria) tipi………………………………………………….27 XULOSA…………………………………………………………………...….....29 ILOVA……………………………………………………………………………31 FOYDALANILGN ADABIYOTLAR……………………………………....….33 KIRISH “Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo’ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz”1 Sh.Mirziyoyev Kurs ishing dolzarbligi. Respublikamizda xalq farovanligini yanada yaxshilash masalariga juda katta e’tibor berilmoqda. Ishlab chiqarishning turli sohalari, sanoat, qishloq xo’jaligi kabi tarmoqlariga yangi-yangi texnologiyalarni joriy etish, takomillashtirish borasida juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekistonimizning kelajagi bo’lgan yoshlarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish, ularni kelgusidagi amaliy hayotga tayyorlash, jamiyatimizning faol a’zolari bo’lmish, vatanparvar, mehnatsevar, ma’naviy barkamol, milliy qadriyatlarimiz talabalari asosida shakllangan, ahloq-odobli insonlar bo’lib takomillashuvlari talab qilinmoqda. Yoshlarda yuqoridagi xususiyatlarni hosil qilish, takomillashtirishda o’quv maskanlaridagi turli fanlardan berilayotgan bilimlar muhim rol o’ynaydi. Ta’lim muasassalarida o’qitilayotgan turli fanlar qatorida zoologiya o’qitishni yanada yaxshilash uni zamon talablari darajasida tashkil etib o’tkazish amalda qo’llanilib kelayotgan ish uslublarimizni qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Ma’lumki, ta’limda uzoq yillardan beri qo’llanilib kelnayotgan ananaviy o’qitish tizimi o’quvchilarni fan asoslaridan puxta bilim olishlariga etarli imkon bermas edi. Bizga ma’lumki ananaviy ta’limda o’quvchilar o’qituvchilarning mavzuga oid hikoyasini tinglash, suxbatida qatnashish, ko’rgazmali qurollaridan foydalanish u yoki bu amaliy ishni takrorlab berish bilan kifoyalanar edi. Qisqacha qilib aytganda, ananaviy ta’lim o’quvchidan o’qituvchining hattiharakatlarini takrorlab berishni talab etardi. Bu esa o’quvchilarning ba’zi muammolarini xal qilishda ularning analiz-sintez qilish xususiyatlarini rivojlanmasligiga, mavzuni passiv eshitishlariga aylantirib qo’yar edi. Shu sababli ta’lim samaradorligini keskin yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar va ularning turli tashkili shakllaridan 4 foydalanish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi va o’qituvchilar, uslubchi olimlar tomonidan ta’lim samaradorligini keskin oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ularning turli tashkiliy shakillariga doir qator turkum-kitoblar, uslubiy qo’llanmalar chop etila boshlandi. Biologiya fanlari tizimida «Zoologiya» fanining alohida o’rni bo’lib, uni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Hayvonlar va ularning tuzilishi bilan bog’liq bilimlarni chuqur o’rganish talabalar ongida ilmiy dunyoqarashni chuqur shakllantirish uchun asos bo’ladi, chunki hayvonlarning foyda va zararini bilish, insonlar hayotidagi o’rnini chuqur anglab etish, hayotning barcha organizmlar singari hayvonlarsiz mavjud bo’lmasligini talqin etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling