I bob. Protozoologiya. Sarkomastigoforalar tipi


Sporalilar (Sporozoa) tipi


Download 0.73 Mb.
bet9/12
Sana11.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1259034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PROTOZOOLOGIYA

2.4. Sporalilar (Sporozoa) tipi
Sporalilar tipiga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi 5000 ga yaqin bir hujayrali hayvonlar kiradi. Ularning harakatlanish organoidlari bo`lmaydi. Ko`pchilik sporalilar hayotining ma'lum davrida spora hosil qilish xususiyatiga ega. Spora hayvonni tashqi muhitning noqulay sharoitidan saqlaydi. Hamma sporalilar murakkab rivojlanish sikliga ega bo`ladi. Bu tip vakillari orasida koksidiyasimonlar ko`p uchraydi. Koksidiyalar (Coccidiomorpha) turkumi. Koksidiyalar turli umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichak devori epiteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Quyon, tovuq va boshqa ba'zi bir chorva mollari ichagida parazitlik qiluvchi eymeriya keng tarqalgan. Koksidiyalar ichakda parazitlik qilib, ichburug`ga o`xshash kasallikni qo`zg`atadi. Koksidiyalarning rivojlanish jarayoni jinsiy va jinssiz bo`g`inlarning gallanishi orqali murakkab yo`l bilan boradi. Rivojlanishi sista hosil qilish bilan tugallanadi. Sistasi axlat bilan tashqariga chiqadi va atrof-muhitga sochiladi. Hayvonlar oziqlanganida koksidiyalarning sistasini yuqtiradi. Sista ichida parazit faqat kislorod yetarli bo`lgan nam sharoitda rivojlana oladi. Koksidiyalar chorva mollarining mahsuldorligini kamaytirish bilan xalq xo`jaligiga katta zarar yetkazadi. Qon sporalilari (Haemosporidia) turkumi. Sporalilar orasida qon sporalilari turkumining vakillari, ayniqsa, eng xavfli parazit hisoblanadi. Ular sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va odam qoni eritrositlarida parazitlik qilib yashaydi. Shuning uchun ular qon sporalilari deyiladi. Qon sporalilari ham hujayra ichida parazitlik qiladi. Qon sporalilaridan bezgak plazmodiysi (Plaasmodium vivax) eng xavfli parazitlardan biri hisoblanadi. Bezgak parazitlarining hayot siklida jinssiz va jinsiy ko`payish takrorlanib turadi. Parazit odam qonida jinssiz ko`payadi, bezgak chivini ichagida esa jinsiy ko`payadi. Shuning uchun odam parazitning oraliq xo`jayini, bezgak chivini esa asosiy xo`jayin hisoblanadi. Chivin qon so`rayotganida odamga parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. Sporozoitlar eritrositlarga kirib olib, bo`linib ko`paya boshlaydi va juda ko`p merozoitlar hosil qilganidan so`ng eritrositlarni yemirib, qon zardobiga chiqadi. Merozoitlar boshqa eritrositlarga kirib oladi va yana ko`payadi. Har doim eritrositlar yorilib, uning ichidan parazitlar chiqqanida odamda bezgak xuruj qiladi. Chivin kasal odamni chaqqanida parazitni qayta yuqtiradi. Uning oshqozonida parazitlar jinsiy hujayralarga aylanadi. Urug`langan tuxum hujayrasi (zigota) harakatchan bo`ladi. U oshqozon devoriga kirib olib, jinssiz bo`lina boshlaydi va juda ko`p sporozoitlarni hosil qiladi. Bu hujayralar chivin oshqozon devoridan uning so`lak bezi yo`liga o`tadi. Chivin odamni chaqqanida parazitlar yana odam qonidagi eritrositlarga o`tadi. Sporalilar orasida foydali hasharotlarda va uy hayvonlarida parazitlik qiluvchi turlari ham keng tarqalgan. Nozema sporalisi (Nosema) tut ipak qurtida va asalarilarida parazitlik qiladi. Kasallangan ipak qurtlarining tanasi qorayadi. Shu sababli bu kasallik "qorason" yoki "pebrina" deb ataladi. Pebrina yuqumli og`ir kasallik bo`lib, kasallangan qurtlar ko`plab nobud bo`ladi. Shuning uchun kasallangan qurt topilgan so`kchaklardagi hamma qurtlar kuydirib tashlanadi. Pebrina asalarilarida og`ir ich ketishni paydo qiladi. Sporalilar tipiga mansub bo`lgan piroplazmidlar qoramollar, otlar, itlar va boshqa sutemizuvchilar qonida parazitlik qilib, qon kasalliklarini paydo qiladi. Piroplazmidlarni hayvonlarga qon so`ruvchi kanalar yuqtiradi. Sutemizuvchilar va qushlarning muskulida go`sht sporalilarining sporasi uchraydi. U yaxshi pishirilmagan go`sht orqali odam va yirtqich hayvonlar ichagiga o`tadi. Olimlardan K.Marsinovskiy, E.N.Pavlovskiy, N.I.Xodukin, V.N.Beklemishev va N.M.Isayev bezgak paraziti va uni tarqatuvchi bezgak chivini hayotini o`rganish sohasida tekshirishlar olib borganlar. Bezgakka qarshi kurashda bezgak chivinlarining ko`payadigan ko`lmak suvlarni quritish katta ahamiyatga ega. Qondagi bezgak parazitlarini yo`q qilish uchun xininli dorilardan foydalaniladi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling