I bob. Protozoologiya. Sarkomastigoforalar tipi


Kurs ishini yakunida quyidagi xulosalarga kelindi


Download 0.73 Mb.
bet11/12
Sana11.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1259034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PROTOZOOLOGIYA

Kurs ishini yakunida quyidagi xulosalarga kelindi: «Sarkomastigaforalar tipi» mavzusini o’qitish jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan innovatsion pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumotlar yig’ildi va o’rganildi. Mavzuni o’qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalardan keys stadi, blits-so’rov, sinkveyn kabi interfaol metodlardan, klaster, insert jadvali, atamalar xujumi kabi grafik organayzerdan foydalanishning dars ishlanmasi ishlab chiqildi. 2. Mavzuni o’qitishda ma’ruza mashg’ulotlari uchun muammoli ta’lim va xamkorlikda o’qitish texnologiyalaridan: aqliy hujum, blits-so’rov, sinkveyn va klaster uslublarini, amaliy mashg’ulotlar uchun esa insert jadvali, bumerang, atamalar xujumi kabi grafik organayzerlardan foydalanib o’qitish mashg’ulot samarasini oshiradi. Oliy ta’lim muassasalari Biologiya yo’nalishlarida «zoologiya" fanini o’qitishda foydalaniladigan o’zbek tilidagi yangi avlod adabiyotriga ehtiyoj borligi bois «zoologiya» fanidan o’zbek tili, lotin grafikasida, innovatson pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari tavsiya etilgan adabiyotlarni ishlab chiqish va yaratish zarurati mavjud.  O’quv fanlari bo’yicha ta’lim texnologiyalarini yaratishda xilma-xillik, ijodiylik, innovatson yondashuvlarga asoslanish, har bir fanning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Mazkur jarayonda fanlarning, mashg’ulot shakllari, mavzularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish o’rinli bo’ladi; Oliy ta’lim muassasalari biologiya yo’nalishlarini o’quv rejalarini qayta o’rganib chiqish hamda sohaga oid yangi innovatsiyalarga asoslangan holda qo’shimcha o’zgartirishlar kiritib borish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Masalan, bakalavriat yo’nalishi talabalarini fan soxalari yutuqlari bilan tanishtirib borish maqsadida biologiya o’quv rejasiga tanlov fan sifatida yangi kirib kelgan yo’nalish «Genomika asoslari», magistratura mutaxassisligi tashkil etilib, «molekulyar zoologiya, biologiyada tizimli taxlil va bioinformatika» kabi fanlarini kiritish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

ILOVA


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling