O‘qitish metodikasi turli fanlarning zamonaviy yutuqlariga tayanadi


Download 1.07 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1376092
Bog'liq
Презентация4


O‘QITISH METODIKASI
Turli fanlarning zamonaviy yutuqlariga tayanadi:
  • Iqtisodiyot (kontent)
  • Didaktika (o‘qitish uchun umumiy maqsadlar,shakllar, vositalar)
  • Umumiy didaktik usullarni moslashtirish,umumiy ta‘lim tamoliyillarini o‘rganish va boshqalar)
  • Psixologiya (talabalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, zamonaviy psixologik tushunchalarga asoslangan: ta‘lim faoliyatini nazariyasi, shaxsiy yo‘naltirilgan ta‘lim va boshqalar).
  • *Fiziologiya (talabalarning fiziologik xususiyatlarini hisobga olish)
  • * Informatika (ta‘limda IT texnologiyalaridan foydalanish) va boshqalar.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kungakuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o’quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, musatqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
O`QITISHNING TEXNIK VOSITALARI
Fan va tehnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda o`quvchi va o`qituvchining mehnat unumdorligini oshirish, ya'ni o`quv- tarbiya jarayonini jadallashtirish masalasi pedogogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda . Darhaqiqat, fan-texnikaning rivojlanishi tufayli o`quvchilarga yetkazilishi zarur bo`lgan axborot miqdori nihoyatda ko`payib bormoqda. Bu axborotni o`quvchilarga an'anaviy usul va vositalar yordamida yetkazib berish esa murakkablashib bormoqda. Shunga qaramay ko`pgina ilmiy kashfiyot va yangiliklarni ma'lum asbob va apparatlar vositasida yoritib berish ta'lim jarayonini ancha osonlashtirishi mumkin.
Bunday sharoitda o`quv muddatini o`zgartirma o`quv-tarbiya jarayonini opti-mallashtirish, talabalarga puxta va chuqur bilim berish, ularda mustaqil ravishda bilim olish ko`nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarni amalga oshirishda ta'limning texnik vositalari alohida o`rin tutadi.
Texnik vositalar bilan jihozlangan mahsus o`quv xonalari-avtomatlash- tirilgan auditoriyalar, zal^ar bulishi maksadga muvofikdir. har bir mavzu materiali bo`yicha texnik vositalardan foydalanish metodikasi aniq va puxta ishlab chiqilgan va amalda sinalgan bo`lishi lozim, ularga hos maxsus didaktik materiallar esa uzluksiz ravishda takomillashtirilib borilishi zarur. Inson faoliyatida texnikaning qo`llanilishi, ayniqsa uning o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida ishlatilishi o`ziga xos omillarga egadir. Bu omillar birinchidan, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining keskin o`zgarishiga, ikkinchidan, o`quvchiga yetkazilishi kerak bo`lgan voqea va hodisalarning chuqurroq o`rganilishi va uzlashtirilishiga zamin tayyorlashdan iboratdir.
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling