I bob. Protozoologiya. Sarkomastigoforalar tipi


O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi


Download 0.73 Mb.
bet6/12
Sana11.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1259034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PROTOZOOLOGIYA

O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi
Bu kenja sinfga kiruvchi bir hujayralilarning ko’pchiligi yashil rangli bo'lib yorug'lik ta’sirida fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning ta­ nasi duksimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda bo ‘Iishi mumkin. Tanasi tashqi tomondan kletchatka yoki unga yaqin pellikula bilan qoplangan .. 0 ‘simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlar soni 1-2 tadan bir necha yuztagacha, hatto mingtagacha bo iishi mumkin. Odatda tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar sonI juda ko’p bo’lganida ular tana yuzasida bir tekis joylashadi. Xivchinlaming uzunligi ham har xil ,ba’zan tana uzunligidan ham oshadi. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o'xshab buralib kirishi natijasida oldingi tomoni bilan suzib ketadi. Ko'pchilik turlarida yorug'likni sezishga yordam beradigan qizil ko’zchasi - stigma ham boladi. Foraminiferalarning kattaligi odatda 0,1 dan 0,5 sm gacha, ba'zi turlari 100 mm dan 20 sm gacha. Yashil xivchinlilar tanasidagi xlorofil saqlovchi xromatoforlarning tuzilishi o'simliklardagi xloroplastlarga o'xshash boiadi. Xromotoforlar plastinka yoki donga o'xshash ular har bir hujayrada 1-2 ta yoki juda ko’p bolishi mumkin. Yashil xivchinlilar ham o’simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot va fosforni o ‘zlashtirishi hisobiga organik moddalarni sintez qiladi. Yorug’lik energiyasi hisobiga oziqlanish avtotrof ya’ni golofit deyiladi. Qorong‘i joyga tushib qolganida yoki muhitda erigan organik moddalar ko‘p bo'lganida yashil rangini yo'qotib, saprofit oziqlanishga o'tishi mumkin. Ba’zi bir evglenasimonlar birdaniga ikki xil avtotrof (fotosin- tez) va geterotrof (saprofit) oziqlanish xususiyatiga ega. Bu xildagi aralasfi oziqlanish miksotrofdeyiladi. Ayrim о‘simliksimon xivchinlilar xlorofillim tamoman yo’qotib, organik moddalarga boy bo'lgan muhitda yashashga moslashgan. Yashil xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o'xshaydigan karbonsuvlar (masalan, paramila) sintez qiladi. Ulaming sitoplazmasida kraxmal va unga o'xshash bo'lgan paramila to'planadi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan xivchinlilarda osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo 'lmaydi. Ko'pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo'linish orqali jinssiz ko'payadi, bunda dastlab yadro mitoz usulda bo'linadi, so'ng tanasi oldingi tomon­ dan orqaga qarab asta-sekin bo'linadi. Xivchini esa yosh hujayralardan biriga o'tadi; ikkinchisida esa yangidan hosil bo'ladi. Boshqa hollarda bo 'linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil bo'lishi mumkin. Bir qancha hollarda hayvonlar sista davrida ham ko'payadi. Bu vaqtda ular xivchinini tashlab, yumaloqlanadi va tana sirti­ ga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. Sista ichida hayvon tana­ si bir necha marta ketma-ket bo'linadi. Hayvon tanasi o'smasdan bo'linganidan juda kichik hujayralar hosil bo'ladi. Hujayralami shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo'linishipalintomiya deyiladi. Palintomiya ko'p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga o'xshab ketadi. Koloniya bo’lib yashovchi yashil xivchinlilar. O'simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo'lib yashaydi. Koloniya bo'linishdan keyin hosil bo'lgan hujayralami ajralib ketmasdan bir-biri bilan bog'langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashil plastinkachaga o'xshash goniutn (Gonium pektorale) koloniyasi ko 'p uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralar­ dan tuzilgan. Hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o'zaro tutash. Xivchinlaming eshkakka o'xshab bir me’yorda harakat qilishi natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko'pincha 32 ta (ba’zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan tuzilgan, bo'lib, shar shaklda bo'ladi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil jipssiz bo'linib ko'payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o'zida ko'payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo’linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo ‘lgan yosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng boiadi. Keyinchalnk ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslarning sharsi­ mon koloniyasi juda murakkab tuzilgan. Masalan, Volvox au­ reus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, V.globatoresa 20 minggacha hujayradan iborat boiib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralaming o’zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig’iz po’stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qa­ torjoylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan toiib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog’ko’zcha) va ikkita xivchin boiadi. Hujayralar sitoplazmatikipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me’yorda tebranishi natijasida dumalayotgan sharga o’xshab suzib yura- di. Koloniya doimo muayyan bir tomoni bilan olg'asuzadi. Koloniyaning bu tomonidagi hujayralar ko'zchalari qarama-qarshi tomondagi ko'zchalarga nisbatan yirikroq boladi. Volvoks oloniyasidagijuda ko’p hujayralar orasida faqat bir qism (4- 10 ta) hujayralar boiinish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniya­ ning pastki tomonidajoylashgan boiib, ular vegetativ hujayralar deb ata­ ladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo ‘linib, yosh koloniy- alami hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniy­ alar hosil bo’ladi Yosh koloniyalar o’sib, yiriklashgan sari onakoloniyaichigasig’masdanqoladi. Onakoloniyayorilibnobudboiadi, yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit boiganida ona koloniyadan chiqmagan yosh koloniyalar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin. Yuqorida ko ‘rsatib о ‘tilgan о ‘simliksimon xivchinlilar koloniyasi palintomik koloniyalar hisoblanadi. Chunki koloniyadagi tamma hujayralar (go- nium, zudorina) yoki faqat vegetativ hujayralar (volvoks) о‘sib yiriklash- masdan ketma-ket boiinish (palintomiya) bilan birdaniga bir necha yosh koloniyalami hosil qiladi. 0 ‘simliksimon xivchinlilaming ko'pchilik turlari faqatjinssiz ko'payadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling