Inson borlig'i falsafasi Xalqaro jurnalistika


Download 0.64 Mb.
Sana03.12.2020
Hajmi0.64 Mb.
#158238
Bog'liq
Falsafa, 113, Dusiyarova

Inson borlig'i falsafasi

Xalqaro jurnalistika

113-guruh talabasi

Dusiyarova Barno

Borliq- bu...

  • Falsafaning borliq haqidagi ta'limotni izohlaydigan qismi —ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo'llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o'rganadi.
  • Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo'ladi, insonning bilimi qancha keng bo'lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi.
  • Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan.

Islomda borliq-

  • Islom ta'limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Ya'ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta'limotlari bo'lgan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta'limotni har taraflama rivojlantirganlar.
  • Masalan. Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o'zidir.
  • Beruniv fikricha borliq shundav umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi. Dеmak borliq hamma narsaning asosidir.
  • Yevropada o'tgan olimlar David Yum va Jorj Benti borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan

Borlig' shakllari:

  • Falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig'i va jamiyat borlig'ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig'i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig'i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo'linadi:
  • azaliy tabiat borlig'i (yoki tabiiy tabiat borlig'i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo'lgan) va
  • odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig'i («ikkinchi tabiat» borlig'i, ya'ni madaniyat).

Ikkinchi tabiat borlig'i-

Ikkinchi tabiat borlig'i esa, o'z navbatida, quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:

  • - inson borlig'i (insonning narsalar olamidagi borlig'i va odamning o'ziga xos bo'lgan insoniy borlig'i);
  • -ma'naviy borliq (individuallashgan va ob'ektivlashgan ma'naviy borliq);
  • - sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig'i va jamiyat borlig'i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi

Inson borlig'i:

Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sosial xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (taqiqlash) shular jumlasidandir.

  • Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (taqiqlash) shular jumlasidandir.
  • Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo‘yish yoki psixologik xususiyatlarni bo‘rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
  • Hozirgi zamon Gʻarb falsafasidagi yirik oqimlardan biri bo‘lgan ekzistensializm vakillari inson mohiyatini bilishda quyidagi qoidalarga asoslanadilar:
  • — inson borlig‘i moddiylik va ma’naviyatning birligidan iboratdir;

-- inson hayoti o‘tkinchi va cheklangandir. Uning hayoti tug‘ilish va o‘lim oralig‘ida kechadi. Shu boisdan moddiy va ma’naviy birlikka xos bo‘lgan abadiylik tushunchasini insonga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Koinot mezonlari inson borlig‘ini o‘lchashga yaramaydi. Inson borlig‘i makonda cheklangandir. Inson uchun tabiiy va ijtimoiy hayot sharoitlari muhim tuyulsada, uning konkret mehnat sharoiti, turmush tarzi, individualligi, kayfiyat va kechinmalari undan ham muhimroqdir;

  • -- inson hayoti o‘tkinchi va cheklangandir. Uning hayoti tug‘ilish va o‘lim oralig‘ida kechadi. Shu boisdan moddiy va ma’naviy birlikka xos bo‘lgan abadiylik tushunchasini insonga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Koinot mezonlari inson borlig‘ini o‘lchashga yaramaydi. Inson borlig‘i makonda cheklangandir. Inson uchun tabiiy va ijtimoiy hayot sharoitlari muhim tuyulsada, uning konkret mehnat sharoiti, turmush tarzi, individualligi, kayfiyat va kechinmalari undan ham muhimroqdir;
  • — inson borlig‘i moddiylik va ma’naviylikning uzviy birligidan iborat bo‘lsada, unda psixologik va ruhiy holat ustuvor mavqeni egallaydi. 3.Freyd va E.Frommning ta’kidlashicha, faqat ong, aql va ruhgina emas, balki ongsizlik, instinktlar va mayllar inson xulq-atvori shakllarini qamrab oladi;

— hozirgi zamon falsafasi inson borlig‘ining individual xarakterini, uning ko‘p qirrali psixikasi xususiyatlarini, inson borlig‘ining ma’nosizligini, insonning boshqa odamlar ustidan yakka hukmronlikka intilishining sabablarini o‘rganishi kerak. Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan.

F. Nitshe inson borlig'ida maxluqlik va xoliqlikning birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan 2500 yil muqaddam shakllangan zardushtiylik talimotini o'rganib yaratgan "Zardusht tavvallosi" asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi. U irodasiz kishilarni irodasi mustahkam insonlar yetaklaydi deb hisoblagan.

F. Nitshe inson borlig'ida maxluqlik va xoliqlikning birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan 2500 yil muqaddam shakllangan zardushtiylik talimotini o'rganib yaratgan "Zardusht tavvallosi" asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi. U irodasiz kishilarni irodasi mustahkam insonlar yetaklaydi deb hisoblagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • "Falsafa asoslari", Q. Nazarov va S. Mamashukurov.
  • " Falsafa asoslari " M. Ahmedova
  • "Falsafa", Toshkent milliy universiteti qo'llanmasi, T, 2005.

Tashakkur!!!


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling