Islom dinining markaziy osiyoga kirib kelishi. Payg‘ambar Muhammad s a. V
Download 13.65 Kb.
|
ISLOM DININING-WPS Office
ISLOM DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng u kishining eng yaqin izdoshlari Abu Bakr (632-634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) (r.a.)lar musulmonlar jamoasiga rahbarlik qildilar. Bu davr islom tarixida «Xulafoi-roshidin» (To‘g‘ri yo‘ldagi o‘rinbosarlar) davri deb ataladi. Usmon ibn Affon (r.a.) davriga kelib musulmonlar hozirgi Turkmaniston hududlariga kirdilar. Sekin-asta arab-musulmon qo‘shinlari Xuroson va Movarounnahr hududlarini egallab, islom dinini tarqata boshladilar. Lekin arablar egallagan yerlarning aholisi bir zumda musulmonlarga aylanib qolmadi. Markaziy Osiyoda IX asr o‘rtalariga kelibgina, ya'ni Movarounnahr fathidan bir yarim asr o‘tgach, islom mahalliy aholining asosiy diniy e'tiqodiga aylandi. Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi bilan mintaqada ijtimoiy-ma'naviy soha rivojlana boshladi. O‘lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi, dunyoviy va diniy fanlar tez sur'atlar bilan rivojlandi. O‘zbekiston hududida islom dinining sunniylik yo‘nalishi, xususan, Hanafiy (Imom A'zam) mazhabi qaror topdi. *Islom ta'limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar nomi zikr etilganda unga hurmat yuzasidan «sollallohu alayhi vasallam» (qisqacha: s.a.v.: «unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin») yoki «alayhis-salom» (qisqacha: a.s.: «unga salom bo‘lsin») iborasini aytish lozim O‘ZBEKISTONDA ISLOM MANBALARINING O‘RGANILISHI. Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan Qur'oni karim mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan o‘rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. Qur'oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 1990-1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e'lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi. 1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952- 2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgannashri 2011-2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 2013-2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari rus tiliga ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi. Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi va tafsiri «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda Qur'oni karim ma'nolari arabcha matn atrofida o‘zbek o‘quvchisiga o‘z ona tilida ravon va tushunarli qilib, kerakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta'sirchanligiga katta e'tibor bergan holda taqdim etilgan. Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan Qur'oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning arabiy matni ham berilgan. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida professor Mutallib Usmonov mas'ul muharrirligida Qur'oni karim o‘n besh porasining («Fotiha» surasidan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib nashr etilgan. Unda Qur'oni karimning nozil bo‘lish davri tarixi ham qisqacha yoritilgan.Muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ham hozirgacha Qur'oni karimning o‘n besh porasi tafsir qilinib chop etildi. «Tafsiri Irfon»ning boshqa tafsirlardan ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, unda oyatlar ma'nosi zamondoshlarimiz uchun tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilingan. Hadisi shariflarni O‘zbekistonda o‘rganish XX asrning o‘rtalariga borib taqaladi. 1968-yildan chop etila boshlagan «Sovet Sharqi musulmonlari» jurnali sahifalarida muhaddislar va hadislar haqidagi ayrim maqolalar berilar edi. Mustaqillik davrida bu jurnal «Movarounnahr musulmonlari» va keyinchalik «Hidoyat» nomi bilan chop etila boshladi. Jurnal hozirgi kunda ham o‘z sahifalarida hadis va muhaddislarga oid maqolalarni muntazam berib bormoqda. Mustaqillik davrida hadis bo‘yicha chop etilgan ilk kitoblardan biri Shamsuddin Boboxonov, shayx Abdulaziz Mansur kabi olimlar tomonidan odobaxloq, maishiy hayot masalalariga oid hadislarni o‘z ichiga olgan «Ming bir hadis» kitobidir. Keyinchalik akademik Ne'matulla Ibrohimov va shoir Mirzo Kenjabek tahriri ostida Imom Buxoriyning «al-Jome as-sahih», «al-Adab al-mufrad» kitoblari tarjima qilindi. Oxirgi yillarda Toshkent islom universiteti qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan samarqandlik mashhur Imom Dorimiyning «Sunani Dorimiy» hadislar to‘plami hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan «Oltin silsila» rukni ostida Imom Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy» asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. *TARIXGA NAZAR Abu Bakr Siddiq (632-634) davrida Qur'on ilk bor sahifalarda jamlandi. Xalifa Usmon ibn Affon (642-654) davrida Qur'on ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi. Bu vazifa Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo‘lgan sahoba — Zayd ibn Sobit tomonidan amalga oshirildi. Yagona Mus'hafdan bir necha nusxa ko‘chirildi va har bir mintaqaga bittadan yuborildi. * Download 13.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling