Ma’ruza 4 osmon sferasining sutkalik aylanishi
Download 171.5 Kb.
|
4-MA’RUZA OSMON SFERASINING SUTKALIK AYLANISHI
MA’RUZA 4 OSMON SFERASININGSUTKALIK AYLANISHIREJA: YOritqichning sutkalik harakati YOritqichlarni kulminatsiyalardagi gorizontal koordinatalari. YOritqichni chiqish, botish momentlari va azimutni aniqlash. 1. SHimoliy yarim sharda turgan kuzatuvchi uchun kuzatish joyining kengligi ni hp ga, ya’ni dunyo shimoliy qutbini gorizontdan balandligiga teng ekanini ko‘rgan edik. Demak turli kengliklardagi er sirtidagi nuqtalar uchun yulduzli osmonning ko‘rinishi va osmon yoritqichlarining sutkalik harakatining kinematikasi turlicha bo‘ladi. Erning turli uchta nuqtalarida, ya’ni Erning shimoliy geografik qutbida, er ekvatorida va shimoliy kengligi 0°dan 90° gacha bo‘lgan nuqtada turgan kuzatuvchi uchun yulduzli osmonning va osmon yoritqichlarining sutkalik harakatini ko‘rib chiqamiz. Er shimoliy qutbidagi kuzatuvchi uchun =90°, demak dunyo shimoliy qutbining gorizontdan balandligi hp =90° bo‘ladi, ya’ni R dunyo shimoliy qutbi kuzatish joyining zeniti Z ga mos keladi, dunyo janubiy qutbi R' esa nadir nuqtasi Z ga mos keladi. Osmon ekvatori osmon gorizontiga mos tushadi (17-shakl). 17-шакл. Ер шимолий ќутбида ёритќичларнинг кўриниши. P'=Z' Osmon sferasining shimoliy yarim sharidagi barcha yulduzlar doimo gorizontdan yuqorida bo‘ladi va osmon gorizontiga parallel tekisliklarda AA', VV' sutkalik parallellarni hosil qilishadi. Erning shimoliy qutbida turgan kuzatuvchi uchun shimoliy yarim shardagi barcha yulduzlar botmaydigan bo‘ladi. Janubiy yarim shardagi barcha yulduzlar esa aksincha ko‘rinmaydigan bo‘ladi. Bunga sabab ularning sutkalik parallellari gorizont ostida joylashgan bo‘ladi (masalan SS' va DD' sutkalik parallellari). 18-шакл. Ер экваторида ёритќичларнинг кўриниши. Er ekvatorida turgan kuzatuvchi uchun geografik kenglik ham dunyo qutbining gorizontdan balanligi hr ham nolga teng bo‘ladi. SHu sababdan RP' dunyo o‘qi gorizont -tekisligida yotadi va yarim kunlik chizig‘i NS ga mos tushadi: R dunyo shimoliy qutbi shimol nuqtasi N ga, R' - dunyo janubiy qutbi esa janub nuqtasi S ga mos tushadi (18-shakl). Osmon ekvatori QQ' birinchi vertikalga mos tushib, ekvatorning yuqori nuqtasi Q zenit Z ga, quyi nuqtasi O esa nadir Z' ga to‘g‘ri keladi. Barcha yulduzlarni AA'; VV', SS va DD' parallellari gorizontga perpendikulyar bo‘lib, gorizont ularni ikkiga bo‘ladi SHu sababdan barcha yulduzlar gorizontga nisbatan perpendikulyar tarzda a', b', d', s' nuqtalarida chiqadi va a, b, c, d nuqtalarida botadi. YUlduzlarni gorizontdan yuqorida bo‘lishi, ularni gorizontdan pastda bo‘lish vaqtiga teng bo‘ladi. Kuzatuvchi osmon sferasining ikkala yarim sharidagi yulduzlarni ko‘radi, ularnishg barchasi botuvchi va chiquvchi bo‘ladi. O‘rta kenglik ya’ni 0° < < 90°dagi kuzatuvchi uchun yulduzlar gorizont tekisligiga nisbatan uch xil ko‘rinishga ega bo‘ladi 1) botmaydigan, 2) botuvchi va chiquvchi, 3) chiqmaydigan. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling