Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 166.12 Kb.
bet1/12
Sana23.04.2023
Hajmi166.12 Kb.
#1388571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
geografiya




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI


“Psixologiya” fakulteti

Amaliy psixologiya yo‘nalishi

Oila psixoterapiyasi nazariyalari fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Ko’llarning kelib chiqishi,tiplari va geografik tarqalishi


Jizzax-2023 yil
MUNDARIJA:
I-BOB: Ko’llar…………………………………………………………………..….9

  1. Ko’llarning gnezisi buyicha tasnifi……………………………..….…………...9

  2. O’rta Osiyo ko’llari gnezisi …………………………..……………….……....12

  3. Ko’llarning suv muvozanati …………….…………………………………….15

  4. Xulosa…………………………………………………………………...……..18

  5. Empirik tahlil…………………………………………………………………..19

II. Dengiz, ko`l va botqoqliklarning geologik ishi yer osti suvlari va muzliklarning geologik ishi ……………….…………………………………………………………20
2.1 Dengiz geologik ishining mohiyati.…………………………………………..20
2.2. Ko`llarning geologik ishi …………………………………………………….28
2.3. Suvning litosfera sathini o`zlahstirishdagi mohiyati..………………………..33
Xulosa……………………………………………………………………………..35
Empirik tahlil……………………………………………………………………...36
Xulosa………………………………..…………………..……………………..…39
Empirik tahlil……………………………………………………………………...41
Umumiy xulosa…………………………………………………………………....43
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..45


KIRISH
Suv bor joyda hayot bor degan maqol azaldan halqimizga ma‘lum. Haqiqatdan inson hayotini va uning amaliy faoliyatini butun yer sharida, xususan O’zbekistonda suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv insonga juda zarar ham keltirishi mumkin. Suv bilan bog’liq hodisalarning inson amaliy faoliyatidagi ijobiy roli yoki zararini aniqlash juda murakkab masala bo’lib, u bilan gidologiya fani shug’ullanadi.Gidrologiya Yer tug’risidagi fanlar turkumiga kiradi. Gidrologiya yunoncha suz bulib «gidro» -suv va «logos» -bilim yoki fan degan ma‘noni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv xaqidagi fandir. Yer sharining suv qobigi-gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan. Har bir suv ob‘ekti faqat o’ziga xos xususiyatlarga ega. Gidrologiyaga kengroq ma‘noda quyidagicha ta‘rif berish mumkin:-gidrologiya gidrosferadagi barcha suvlarni, ya‘ni okean va dengizlarni, daryolar va ko’llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ularning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir buladigan xodisa va jarayonlarning atmosfera, litosfera va biosferadagi boshqa xodisalar bilan o’zaro aloqasini o’rganuvchi fandir.
Gidrologiya fani urganiladigan suv ob‘ektlarining turiga qarab ikki qismga bulinadi:
Okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi)
Quruqlik gidrologiyasi.
Okeanologiya okean va dengizlarning umumiy xususiyatlari hamda ularda sodir buladigan xodisa va jarayonlarni atrof-muhit bilan aloqador holda o’rganadi.
Quruqlik gidrologiyasi o’z navbatida quyidagi qismlarga bulinadi:
Potamologiya (daryolar gidrologiyasi)
Limnologiya (ko’llar va suv omborlari gidrologiyasi)
Glyatsiologiya (muzliklar gidrologiyasi)
Talmatologiya (botqoqliklar gidrologiyasi)
Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob‘ektlarining gidrologik tartibini o’rganishdan iborat.

  1. Suv ob‘ektlarini gidrografik tasvirlash.

  2. Har bir suv ob‘ektidagi ma‘lum territoriya, o’lka va materiklar uchun suv zapaslarini, suv resurslarini aniqlab berish.

  3. Daryo, ko’l va suv omborlaridagi deformatsiya hodisasini o’rganish. Deformatsiya-cho’kish, surilish, o’pirilish hodisalari. Suv omborlar uchun ularni loyqalar bilan to’lib qolish qonuniyatlarini o’rganish.

  4. Suv rejmining elementlari va har bir hodisasi uchun hisoblash usullarini emperik tenglamalarini ishlab chiqish.

  5. Suv rejimi elementlarini oldindan aytib berish. (prognoz).

  6. Barcha melirativ tadbirlarni bajarayotgan paytda tuproq tadqiqotlari va agronomik hisoblardan tashqari yana bir qator gidrologik ma‘lumotlarni bilish. (Masalan, daryo suv rejimi).

  7. Tabiatda yo’l qoyilgan xatoni tuzatish. Suv ob‘ektlarining notekis taqsimlanishi.

  8. Suv ob‘ektlarini ifloslanishdan saqlash va ifloslangan suvlarni tozalash usullarini ishlab chiqish.

Urganiladigan muammolar va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish boyicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog’liq holda gidrologiya bir necha bo’limga bo’linadi.


-gidrometriya
-gidrografiya
-gidrologik xisoblashlar
-gidrologik bashoratlar
Ma’lum bir xududda mavjud bo’lgan barcha turdagi suvlar shu xududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri suv zaxiralarini tashkil etadi. XX asrning oxiriga kelib sayeramizda shu zaxirilardan qishloq xujaligi, sanoat va iste‘mol maqsadlari uchun olinadigan va suv ob‘ektlariga qayta tashlanadigan oqova va chiqindi suvlarning ko’lami shu darajaga yetdiki, ular xajmi va sifati boyicha tabiiy holda qayta tiklana olmaydi. Mazkur muammo tufayli gidrologiya fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muxofazasiga taaluqliq quyidagi yangi vazifalar paydo buldi.
Suv zaxiralarini sifat va miqdor jixatdan tejash va muhofaza qilish
Tabiiy va xujalik (antropogen) omillar ta‘sirida ularning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish
Amalga oshirilayotgan suv xujaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini xududlar boyicha kayta taqsimlash va xokazolar)ni iqtisodiy va ekologik nuqtai-nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma‘lumotlar bilan ta‘minlash. Shu tarzda gidrologiyaning yangi yunalishi-gidroekologiya alohida fan sifatida tashkil topmoqda Gidrologiya suv ob‘ektlarining atrof muhit bilan o’zaro bog’liqligi, ular orasida kuzatiladigan hodisa va jarayonlarni-iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiY. geomorfologiya tabiiy geografiya, gidrofizika, gidroximiya, gidrobiologiya, gidrodinamika, gidravlika, matematika, informatika fanlari bilan bog’liq xolda o’rganadi.
2 Tadqiqot usullari
Suv havzalarida kechadigan xodisalar qonuniyatlarini tula o’rganish, tegishli xulosalar chiqarish va ulardan amalda samarali foydalanish maqsadida gidrologiyada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Asosiy tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi.
Statsionar usul
Ekspeditsiya usuli
Tajriba-laboratoriya usuli
Statsionar usulda suv ob‘ektlari (daryolar, ko’llar, muzliklar)ning gidrologik tartibi elementlari ko’p yillar davomida kunning ma‘lum belgilangan soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi.
Statsionar usuldagi kuzatish ishlari fan va amaliyot ehtiyojlarini xisobga olib mutaxassislar tomonidan maxsus tuzilgan yagona dastur va qo’llanmalarga kat‘iy amal qilgan holda bajariladi.
Ekspeditsiya usulida ma‘lum xududdagi nisbatan kam o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan suv ob‘ektlari tug’ridan-tug’ri dala sharoitida umumiy tarzda yoki aniq bir yunalishdagi maqsadni ko’zlab tadqiq etadi.
Tajriba laboratoriya usuli suvning tabiiy va kimyoviy xossalarini aniqlash, gidrodinamika xodisalarni va boshqa jarayonlarni modellash sharoitida o’rganish imkoniyatini beradi.
umumiy xajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas.
Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 Bulardan tashqari nazorat tahlil usuli ham mavjud bo’lib bu usul kuzatish ma‘lumotlaridan va boshqa axborot vositalaridan ilmiy xulosalar chiqarishga asoslangandir.
3 Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilganidek, quruqlikdagi suvlar-daryolar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan, tuproqdagi nalikdan, shuningdek yer osti suvlaridan tashkil topgan.
Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln. km2 yoki uning 29%ni tashkil etadi. Quruqklikdagi barcha ichki suv havzalarining yig’indi maydoni uning umumiy maydonining 3%dan kamrog’ini, muzliklar esa taxminan 1% ni tashkil etadi.
Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bulib, uning yuzasi 39% ni tashkil etadi; janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yug’i 19% ni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi tug’rsidagi ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd. 386 mln.km3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln. km3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln. km3-Yer pustida, 26 mln. km3-muzliklarda, 176 ming km3-ko’llarda, 2,1 mln. km3 esa daryolardadir (1-jadval).Yerdagi suvning mln. km3 deb baholanadi (Yerdagi umumiy suv xajmining 2,3%), uning 68% dan kuprog’i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30% yer osti suvlaridan iboratdir. Xozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bulgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv xajmining taxminan 0,3% ini tashkil etadi.

Gidrosferaning tarkibiy qismlari va ulardagi suv xajmi




Gidrosfera qismlari

Suv xajmi



103 km3



Umumiy xajmga nisbatan % xisobida

Chuchuk suvlar xajmiga nisbatan % xisobida

Dunyo okeani

1338000

96,5

-

Yer osti suvlari (gra-vitatsion va kapillyar)

23400

1,70

-

Chuchuk yer osti suvlari

10530

0,75

30,06

Muzliklar

24000

1,73

68,70

Asriy muzloq minta-qadagi yer osti muz-liklari

300

0,022

0,86

Ko’llar

176

0,013

0,25

Tuproqdagi namlik

16,5

0,0012

0,047

Atmosferadagi namlik (suv bug’lari)

12,9

0,0017

-

Botqoqliklar

11,5

0,0008

0,033

Daryolar

2,1

0,0002

0,006

Hammasi:

1386000

100

100


4 Taniqli olim O.A.Spenglerning yozishicha gidrologiya xaqidagi ilk fikrlar bundan 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo’lgan. Misrliklar qoya toshlarga suv sathini o’zgarishlarini belgilaganlar va keyinroq Nil daryosida buladigan toshqinlar vaqtini qayd etib borganlar.O’sha davrda Nil daryosida 30 ga yaqin gidrologik kuzatish joylari tashkil etishgan. Shulardan biri Koxira yaqinida xozirgacha saqlanib qolgan. Gidrologiya qadimgi Misrdagi kuzatishlardan boshlanib, toki alohida fan bulgunicha bir necha ming yillar utib ketdi. Gidrologiyaning rivojlanish tarixida 17 asr oxirida frantsuz olimi P.Perro va undan so’ng E.Mariott qilgan ishlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ular daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog’ini miqdorini va daryodagi suv miqdorini o’lchadilar. Bu bilan ular suv muvozanatining asosiy tashkil etuvchilari orasidagi munosabatni aniqladilar.
Shu davrda ingliz astronom olimi E.Gelley tajriba asosida suv yuzasidan buladigan bug’lanish miqdorini aniqladi. Bu bilan u Yer sharida suvning aylanish sxemasini tuzishga yakun yasadi. Birinchi marta gidrologiya atamasi 17-asr oxirida anikrogi 1694 yilda nemis olimi E.Milkorning «Uch qismdan iborat gidrologiya» kitobida ishlatiladi.
Rus tilida adabiyotlarda esa bu atama 18-asrning 2-yarmida paydo bo’ldi.
19-asr oxirida gidrologiya tabiiy geografiyaning bir qismi sifatida o’rganiladi.
20-asr boshlarida gidrologiyaning yunalishi aniqlanib AQSH, Frantsiya, Olmoniya va Rossiya Oliy uquv yurtlarida maxsus kurslar uqitila boshlandi.
Rossiyada gidrologiya fanining asoschisi bo’lib V.G.Glushkov hisoblanadi. 1919 yilda V.G.Glushkov rahbarligida Sankt-Peterburgda Davlat Gidrologiya instituti tashkil etildi.
Markaziy Osiyo xaqlari xayotida 1X asrdan X11 asr boshlarigacha bulgan oraliq uyg’onish davri bo’ldi. Shu davrda yashagan buyuk allomalar al-Xorazmiy, Axmad Fargoniy, Saraxiy, Beruniy, nosir Bakron kabilar nafaqat geologiya, matematika, geografiya astronomiya tilshunoslik singari fanlar, balki suv ilmi fanlariga ham ulkan hissa qushdilar.
Markaziy Osiyoda suv xavzalarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910 yildan boshlandi.
Keyingi yillarda olib borilgan gidrologik tadqiqotlar xududda yirik miqyosidagi suv xujaligi tadbirlarining ishonchli loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.A.Shults, A.M.Muxammedov, O.P.Sheglova, A.Z.Zoxidov, N.R.Xamraevlarning xizmatlarini alohida ta‘kidlash lozim.

Download 166.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling