Mundarija O’quv materiallar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA akademik yozuv 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashgulotalr tartibi
- Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish, ish yuritishda qo’llaniladigan blankalar.
- MASHG’ULOTLARI
- Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Ilova 1. Hujjatlar usti ishlash tartibi haqida talabalarning fikri so'raladi Ilova 2. Tashkilotga kelgan xujjat xarakatda buladi - kuchgan ma’noda aytsak “yuradi”. Bu xarakat xujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yigma-jildga yuborilishi yoki topshirilishigacha bulgan jarayonni kamrab oladi. Xujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin: 1. Olinma xujjatlar - boshqa tashkilotlardan keladigan xujjatlar. 2. Junatma xujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladigan xujjatlar. 3. Ichki xujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshkaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan xujjatlar. Olinma xujjatlar quyidagi jarayonlardan o’tadi: - qabul qilish; - dastlabki ko’rib chiqish; - qayd etish; - raxbar tomonidan ko’rib chiqish; - ijro uchun topshirish. Xujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash markazlashtirilgan xolda ishlar boshqarmasi, umumiy bo’linma, devonxona yoki kotib tomonidan amalga oshiriladi. Xujjatlar solingan xatjild (konvert) yoki paket olinar ekan, ular xuquqiy jixatdan qanchalik to’g’ri rasmiylashtirilganligi, ularga ilovalar bor-yo’qligi (bus-butunligi) tekshirib ko’riladi, so’ng ochiladi. Xujjatlar yetishmasligi yoki yaroqsizlanganligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri devonxonada qoladi, ikkinchisi xujjat kelgan tashkilotga jo’natiladi. Jo’natilayotganda, qaytarilish sababi ko’rsatilib, ilova xat yoziladi. Adashib jo’natilgan xujjatlar xujjatga birga kelgan konvertni ilova qilgan xolda belgilangan joyiga yangi konvertlarda jo’natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi. Kelib tushgan xujjatlar konvertlari jo’natuvchining manzilini, xujjatning jo’natilgan va olingan vaktini faqat konvert bo’yicha aniqlash mumkin bo’lgan xollarda, yo’q qilinmaydi. “SHaxsiy ustxati bo’lgan yoki jamoat tashkilotlari nomiga yo’llangan xujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi. Xujjatlar devonxonada dastlabki ko’ruvdan o’tkazilayotganda, bevosita tashkilot raxbari ko’radigan xujjatlar aloxida ajratiladi. Bunday xujjatlarga 111 tashkilot faoliyatining asosiy masalalari buyicha axborotlar mavjud bo’lgan va raxbariyat qarorini talab etuvchi xujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan xujjatlar kiradi. Kolgan xujjatlar raxbar o’rinbosarlariga ular o’rtasida vazifalarning taksimlanishiga muvofiq yo’llanadi. Kundalik tezkor ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, tayin bo’linmaga yoki mansabdor shaxsga yo’naltirilgan xujjatlar raxbariyatga kursatilmasdan o’tkazilishi xam mumkin. Bu raxbarni boshka mas’ul ijrochilar xam xal qilishi mumkin bo’lgan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish imkoniyatini beradi. Xujjatlarni dastlabki ko’rib chikish va ijro etuvchilarga berish ularning kelib tushgan kunida yoki, ish payti bo’lmagan vaqtda kelib tush ganda, birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak. Bir necha tarkibiy bo’linmalar tomonidan ijro etiladigan xujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o’zida nusxalarda beriladi. Xujjatning asli munosabat belgisi (rezolyusiya)da birinchi ko’rsatilgan ijrochiga beriladi. Xujjatlarni ko’paytirish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan belgilanadi. Kelgan xujjatni shoshilinch ravishda ijro zarurati tug’ilganda, tashkilot raxbari kurib chiqqach , uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chikishgai yo’l quyiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezident devoni va Vazirlar Maxkamasidan olingan hujjatlar, olingandan so’ng bir soat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi. Jo’natma xujjatlarni ishlash va jo’natish, amaldagi pochta qoidalariga muvofik, markazlashtirilgan xolda devonxona tomonidan bajariladi. Konvertga joylashtirishdan avval xujjatlarning tug’ri rasmiylashtirilganligi, ilovaning borligi va bus-butunligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To’lik rasmiylashtirilmagan yoki noto’g’ri rasmiylashtirilgan xujjatlar puxta ishlash uchun ijrochiga qaytarilishi kerak. Buyurtma xat-xabarni jo’natish ro’yxati tuziladi, unga devonxona xodimi o’zining familiyasi va jo’natish sanasini qo’yadi. Mashinada o’qiladigan xujjatlarni jo’natish ilova xati bor bo’lganda amalga oshiriladi. Ilova xat nusxasi umumiy asoslarda yig’ma jildga tikiladi. Jo’natish uchun tayyorlangan xujjatlar o’sha kunning o’zida yoki kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ishlanishi va jo’natilishi kerak. Ichki xujjatlar tarkibiy bo’linmalardagi tegishli mas’ul shaxslarga qaydnoma daftariga imzo chektirilgani xolda yoki ro’yxatga olingan shaklda beriladi.Tashkilot xujjatlari (ayrim tarkibiy bo’linmalar va xujjatlar turkumi buyicha) xam tuliq, xam tanlab xisobga olib boriladi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari mustaqil ravishda xisobga olinadi. Xujjatlar sonini xisoblab chiqishda xar qaysi nusxa, shu jumladan, ko’paytirilgan va mashinkada yozilganlari xam bitta birlik sifatida xisoblanadi. Xujjatlar aylanishining xisob-kitob natijasi tashkilot raxbariga vaqti-vaqtida yetkazib turiladi. Bu xujjatlar ustidagi ishlarni takomillashtirishda choralar ishlab 112 chiqishga yordam beradi. Xujjatlarni ro’yxatga olish, bajarish va xisobga olishni talab qiladigan barcha xujjatlar - olinma xujjatlar xam, jo’natma xujjatlar xam, ichki xujjatlar xam, albatta, ro’yxatga olinadi - qayd kilinadi. Xujjatlar bir marta: olinma xujjatlar - kelib tushgan kuni; jo’natma xujjatlar - imzolangan yoki tasdiqlangan kuni ro’yxatga olinadi. Ro’yxatdan o’tkazilgan hujjat bir bo’linmadan boshqasiga berilganda, u qayta ro’yxatga olinmaydi. Lekin umumiy bo’limda (markazlashgan devonxonada) ro’yxatdan o’tkazilmaydigan xujjatlar xam bo’ladi (1-ilovaga karang), ular tegishli bo’linmalarda ro’yxatga olinadi (umumiy bo’limda faqat kelgan sanasi qo’yiladi). Olinma, jo’natma va ichki xujjatlar aloxida-aloxida ro’yxatga olinadi. Olinma va jo’natma xujjatlarning ro’yxatga olinish shartli raqami (indeksi) ro’yxatdan o’tqazish tartib raqami va yig’majildlar nomenklaturasi bo’yicha yig’majild indeksi raqamlaridan iborat bo’ladi 15-dars Mavzu: Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish, ish yuritishda qo’llaniladigan blankalar. Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjatlarni rasmiylashtirishni o’rgatish Darsning vazifalari: 1. Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) bilan tanishtirish. 2. Hujjatlarning rasmiylashtirishni tushuntirish. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) bilan tanishadilar. 2. Hujjatlarning rasmiylashtirishni o'rganadilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 113 2. Asosiy qism ( 25 daq) 1. Talabalarga hujjat na'munalarini berib ularning asosiy rekvizitlarini yozib chiqishni so'raydi. 2. Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirishni tushuntirib beradi. 1. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi va javob berishadi. (ilova 1) 2. Talabalar tinglab savollar berishadi. (ilova 2) 3. Mustahkamlash (25 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. 3. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 13. Hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish, ish yuritishda qo’llaniladigan blankalar. Xujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy koidalarga kura, boshkaruv xujjatlari zaruriy kismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barkdrorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish xujjatlari zaruriy kismlarining tulik, ruyxati kuyidagicha: 1. Uzbekiston Respublikasining gerbi. 2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi). 3. Mukofot tasviri. 4. Vazirlik yoki yukori idoraning nomi. 5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi. 6. Tarkibiy tarmokning nomi. 7. Alokd muassasasining shartli rakami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon rakami, faks rakami, bankdagi xisob-kitob rakami. 114 8. Matn sarlavx,asi. 9. Sana. 10. SHartli rakam. 11. Keladigan xujjatlarning sanasi va shartli rakamiga xavola. 12. Tuzilgan yoki nashr kilingan joyi. 14. Xujjatni oluvchi (adresat). 15. Tasdiklash ustxati. 16. Munosabat belgisi (rezolyusiya). 17. Xujjat turining nomi. 18. Nazorat xakida kayd. 19. Matn. 20. Ilova mavjudligi xakddagi kayd. 21. Imzo. 22. Kelishuv ustxati. 23. Rozilik belgisi (viza). 24. Muxr. 25. Nusxaning tasdiklanishi xakidagi kayd. 26. Ijrochining familiyasi va telefon razami. 27. Xujjatning bajarnlganligi va uni xujjatlar yishajildiga yunaltirilganligi xakidagi kayd. 28. Axborot mashinaga kuchirilganligi xakidagi kayd. 29. Xujjat kelib tushganligi xakdsa qayd. Albatta, xujjatning xar bir turi mazkur zaruriy kismlarning barchasini uz ichiga olmaydi. Xujjatning muayyan turiga muvofik, ravishda bu kismlarning ayrim bir turkumi xukukdy talablarni ta’minlash darajasida kullanadi. SHu narsa xam muximki, ayni kismlarning xujjatda joylashishida kat’iy tartib mavjud, ular joylashishidagi kat’iy ketma-ketlik xujjatning xuku- kiy kuchini ta’minlash, xujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muximdir. Mazkur 29 ta zaruriy kismning untachasi nisbatan kup kullanadi, shuning uchun asosiy zaruriy kismlar deb xam yuritiladi: xujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy xujjatda imzo kuyuvchi shaxe), xujjat turining nomi, sarlavxa, xujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiklash, imzo, muxr, ilova mavjudligi xakidagi kayd. Kullanmaning tegishli urinlarida zaruriy kismlarning kullanishi va ularning xar bir xujjat turida joylashish tartibi bilan botiq xususiyatlar batafsil bayon kilingan. Zaruriy kismlar (rekvizitlar)ni standart qog’oz varag’aga joylashishi va ular uchun ajratilgan joy 1- ilovada (38-bet) keltirildi. Kuyida xar bir asosiy kismning moxiyati va ularning rasmiylashtirilishi ustida to’xtab o’tamiz. (T)-(T). “UzR gerbi”, “Mukofot tasviri” tijorat tashkilotlari tuzilmasidagi xujjatlarga kuyilmaydi. Agar tashkilot (korxona) belgilangan tartibda qayd etilgan tovar belgisiga ega bulsa (egalik xuquqi guvoxnoma bilan tasdiqlanadi), bu belgidan tashkilot (korxona) xujjatlarida ramziy belgi - emblema sifatida foydalanish mumkin. Emblema tasviri xujjatning chap tomonida, tashkilot (korxona) nomi katorida 115 yoki tashkilot nomining yuqori qismida o’rtada qo’yiladi. ( 4 ) - ( 5 ) . “Vazirlik yoki yukori idoraning nomi”, “Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi” xukukiy xujjatlar: tashkilot ustavi yoki nizomidagi nomiga aynan muvofik, keladigan tarzda yoziladi. Tashkilotning umumiy kabul kilingan (xukukiy xujjatlarda tasdiklangan) kiskartma nomi bulsa, u aloxida satrda kavsga olinmay beriladi. Masalan: “Uzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti UzME (6).“Tarkibiy tarmokning nomi” odatda fakat ichki xujjatlarda (arizalar, bildirishnoma, tushuntirish xataari, ta’tillar grafiklari va sh.k.da) kursatiladi. (7 ). “Tashkilotning manzil ma’lumotlari” faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki xujjatlarda umuman qo’yilmaydi. Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon alokalari uchun, shuningdek, banklarda pul-xisob muomalalari (xujjatda xisob rakami kursatilgan buladi) o’tkazish uchun zarur bo’ladi. Pochta va telegraf manzil i Uzbekiston Respublikasi Aloka vazirligining pochta koidalari talablariga muvofik rasmiylashtiriladi, ya’ni aloqa bo’limi raqami, respublika, o’lka, viloyat, tuman, shaxar, ko’cha, uy va ofis raqami qo’yiladi. Tezkor aloqal ar uchun telefon, telefaks, teletayp, teleks, elektron pochta rakamlaridan foydalaniladi. Bank rekvizitlari fakat xisob-pul muomalalari masalapari buyicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida kuщladi. (8). “Matn sarlavxasi”. Aksariyat xujjatlar uchun xujjat mazmunini aks ettiruvchi kiska va anik sarlavxa bulishi kerak. Tashkilot nomidan sung katta xarflar bilan yoziladi. Masalan: “K,OMUSLAR BOSH TAXRIRIYATI” NOMINI VA TUZILMASINI KAYTA TASHKIL ETISH XAKIDA“. Xujjatning chap tomonidagi yukori burchakda (ba’zi xollarda o’rtaga) blanka rekvizitlaridan so’ng qo’yiladi. A 5 (148x210) o’lchamidagi xujjatlarda va telegrammalarda matnga sarlavxa qo’yilmasligi mumkin. Q9). “Sana”. Imzo chekilish sanasi, tasdiklash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar raqam usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida aloxida satrda ko’rsatiladi. Masalan: 2000.30.10; 2000. 21 . 12. Moliyaviy tusdagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan xujjatlar matnida sana ko’rsatilganda, so’z bilan ifodalangan sana qo’yiladi. Masalan: 2000 yil 30 yanvar; 2000 yil 21 dekabr. (K)) . "SHartli raqam” (“Indeks”) qaydlov raqami bo’lib, xar bir kelayotgan yoki chiqayotgan xujjat rasmiy indekslash tizimiga muvofiq ro’yxatga olinganda qo’yiladi. (P) . “Keladigan xujjatlarning sanasi va shartli raqamiga xavola”. Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida bo’ladi; “sana” va “shartli raqam”dan pastga qo’yiladi. © • “Tuzilgan yoki nashr kilingan joyi” . Bu rekvizit pochta manzili 116 kuyilgan xatdan tashkari xar bir xujjatda buladi; “sana” va “shartli raqam”dan pastga joylashtiriladi. Uni yozishda mamlakatning ma’muriy-xududiy bo’linishi e’tiborga olinadi. (N ) . “Xujjatni oluvchi” zaruriy qismi xujjatning o’ng burchagi yuqorisiga qo’yiladi. Xujjat tashkilot, uning tarkibiy bo’linmasiga yoki aniq mansabdor shaxsga yo’naltiriladi. Bunda tashkilot nomi, tarkibiy bo’linma va mansabdor shaxs lavozimi bosh kelishikda, familiyasi esa jo’nalish kelishigida ko’rsatiladi. Xujjat tashkilot raxbariga jo’natilganda, tashkilot nomi oluvchi lavozimining tarkibiga kiradi. YUkorida kursatilgan tartib tashkilot ichidagi yozishmalarda, xususan tashkilot yoki bulinma raxbari nomiga bildirishnoma, tushuntirish xati va sh.k. tayyorlanayotganda xam qo’llanadi. Agar xujjat bir turdagi bir necha tashkilotlarga jo’natilayotgan bo’lsa, ularni umumlashgan xolda ko’rsatish lozim. Masalan: Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo’limlar boshliqlariga Xujjat turli tashkilotlarga jo’natilayotganda, “Oluvchilar” rekviziti to’rttadan oshmasligi kerak. “Nusxa” suzi ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi oluvchilar oldida ko’rsatilmaydi. Xujjatni to’rttadan ko’p manzilga jo’natganda, tarqatish (yuborish) ro’yxati tuziladi va xar qaysi xujjatda faqat bitta oluvchi ko’rsatiladi. Xujjatni xususiy shaxsga jo’natayotganda, avval pochta manzili, keyin ismi va otasining ismi (bosh xarflari), familiyasi yoziladi. Masalan: 700000. Toshkent sh., Xamid Olimjon kuchasi, 5-uy, 18-xonadon, T.A.Axmedovga 117 MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 118 Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Talabalarga “Akademik yozuv” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi: 1)mavzular bо‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta о‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul о‘quv materialiga diqqatni kо‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi; 2)О‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari davomida olgan bilimlarini о‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik kо‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, о‘z-о‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b.; 3)fan bо‘yicha qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil о‘rganish uchun berilgan mavzular bо‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qо‘shimcha о‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi; 4)INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini о‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bо‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qо‘shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi; 5) mavzuga oid masalalar. Keys-stadilar va о‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish; 6) amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash; 119 7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish; 8) masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bо‘yicha metodik kо‘rsatmalar tayyorlash va h.k. Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil о‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yо‘llarini aniqlash. Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar tо‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tо‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni о‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Mustaqil ishni tashkil etish bо‘yicha uslubiy kо‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar tо‘plami ishlab chiqiladi. Bunda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bо‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar beriladi. Akademik yozuv 1 fanidan talabalarning mustaqil ishlash uchun shaxsiy varaqasi № Mustaqil ta’lim mavzulari Berilgan topshiriqlar Bajar. muddat. Hajmi (soatda) I semester 1 Ma’lumot hujjatlarini yozish Tarjimai hol, ariza turlari, tilxat, tushuntirish xati yozish 1,2,3,4- haftalar 5 2 Hujjat turlari bilan ishlash Rezyume, tavsifnoma, tavsiyanoma,hisobot yozish 5,6,7- haftalar 5 3 Yozma axborot tayyorlash Tashkiliy hujjat turlari 8,9,10,11- haftalar 5 4 Xizmat yozishmalari va diplomatik yozishmalar mavzu bo’yicha taqdimot tayyorlash 12,13,14, 15 - haftalar 5 Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling