O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti
Download 5.13 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2-ilova) 1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlari tarkibi. Ularning energenik bahosi.
- Odam organizmi uchun bir kecha – kunduzda zarur bo`ladigan vitaminlar miqdori
- 2. Energiyaning o’zgarishi va uning sarfi. Tana harorati. Energiya sarfi.
- Tana harorati.
(1-ilova) REJA: 1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlari tarkibi. Ularning energenik bahosi. 2. Energiyaning o’zgarishi va uning sarfi. Tana harorati. 3. Modda va energiya almashinuvining yoshga bog’liq xususiyatlari. 4. Organizmning energiyaga bo’lgan sutkalik ehtiyoji. (2-ilova) 1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlari tarkibi. Ularning energenik bahosi. Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv va vitaminlar kiradi. Asosan, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar energiya hosil qiladi, qolganlari hosil qilmaydi. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo‘lishi energiya almashinuvi deyiladi. Oqsillarning ahamiyati. Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism bo‘lib, organizmning plastik funksiyasi va quvvatini oshiradi. Oqsil hujayraning asosiy tarkibiy qismini va 83 hujayralararo tizimini tashkil qiladi. Oqsil umumiy tana og‘irligining 16-17 % ini tashkil qilishi, quruvchi qism sifatida uning ahamiyati birinchi darajali ekanligini ko‘rsatadi. Asosiy hayotiy jarayonlar oqsil bilan bog‘liq bo‘lib, ular organizmning ko‘payish va o‘sish qobiliyati, sezuvchanlik, moddalar almashinuvi, qisqarish harakatining turli ko‘rinishi va bir qancha faoliyatiga egadir. Oqsil katalizator - tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Oqsil bolalar organizmida immunitet hosil bo‘lishida qatnashadi. DNK va RNK tarkibi oqsil molekulalaridan tuzilganligi hozirgi zamon genetik axborot berilishini ko‘z oldimizga keltiradi. Oqsil moddalar energiyasi sarflanishi jarayonida ham qatnashadi. Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan 20 ta aminokislotadir. Ularni 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan - eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leysin, izoleysin, valin, sistoin, fenilalanin) aminokislotalardir. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo‘lgan aminokislotalardir. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, 2 xil bo‘ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida ko‘rsatilgan 10 ta almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar mavjud. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar (ayniqsa organizm sintez qilishi mumkin bo‘lmagan aminokislotalar) soniga qarab, biologik qiymat qo‘yiladi. Bolalar ovqatida aminokislotalarni noto‘g‘ri muvozanatlash, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning biror-bir taʻsirining etishmasligi organizm rivojlanishiga salbiy natija berishi mumkin. Hozircha oziq-ovqatlarda 26 xil aminokislotalar uchraydi. Aminokislotalarning biologik qiymatini belgilovchi mezon - bu ularning bir kompleksda bo‘lishi va ularsiz organizmda oqsil sintezi bo‘lishi mumkin emasligidadir. Oqsillar almashinuvi jarayonida oqsillar organizmda kislorod ishtirokida oksidlanib, parchalanadi, o‘zidan energiya ajratadi. 1 g. oqsil parchalanganda 4.1 kkal. energiya ajratadi. Gistidin - gemoglobin hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Qon tomirlarini o‘tkazish qobiliyatiga taʻsir qiluvchi moddalarni gistaminlarni hosil qiladi. Yog‘larning ahamiyati. Yog‘ oqsil singari asosiy oziqa moddadir, ammo uning quvvati oqsildan 2,5 marta kuchlidir. Yog‘ organizmning mehnat faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishida katta ahamiyatga ega. 1 g yog‘ kuvvati 9 kkal ga teng keladi, 1 g oqsil va 1 g karbonsuv faqat 4 kkal kuchga ega. Yog‘lar hujayralar tarkibiga kiradi. Hujayra funksiyasida yog‘ning ahamiyati katta. U moddalar almashinuvida qatnashib, oqsil, mineral moddalar va vitaminlarning organizmga singishiga yordam beradi. Yog‘ tarkibiga fiziologik ahamiyati yuqori bo‘lgan fosfatidlar, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari kiradi. Yog‘ bilan birga organizm yog‘da eriydigan vitaminlar bilan taʻminlanadi. Nerv to‘qimasi va bosh miya yarim sharlarida fosfatidlarning ko‘pligi aniqlangan. 84 Fosfatidlar organizmda, jigar va qonda qisman sintezlanadi. O‘simlik moyi, tuxum, sariyog‘ kabi yog‘ moddalar fosfatidlar manbai hisoblanadi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotasi ( KTYOK) - linol, linolen, araxidon organizmda sintez bo‘lmaydigan, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri. Biriktiruvchi to‘qima va xujayra qobig‘ining hosil bo‘lishi linolen moddasiga bog‘liq. KTYOK qon tomir devoriga taʻsir qilib, uning elastikligini oshiradi, o‘tkazuvchanliginn kamaytiradi va organizmning himoya kuchini oshiradi. Bolalardagi KTYOKga bo‘lgan talab kattalarnikiga nisbatan ko‘p, masalan, katta yoshdagilarda KTYOK kunlik meʻyori ratsiondagi kunlik kuch qiymatining 1 foizini tashkil qiladigan bo‘lsa, bolalarda 2 foizdan kam bo‘lmasligi zarur. Uglevodlarning ahamiyati. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati ularning energetik xususiyati bilan aniqlanadi. Har qanday fiziologik holatda uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoj ko‘proq. Uglevodlar hujayra va to‘qima tarkibida bo‘lib, plastik va kuch rolini bajaradi. Hujayralar va to‘qimalararo moddalar murakkab uglevodlardan iborat. Miya yarim sharlarining to‘g‘ri vazifa bajarishi, muskul ishi, jigar va buyrakda boruvchi murakkab reaksiyalar uglevodlar hisobiga amalga oshadi. Qisqa vaqt ichida oz miqdorda qon tarkibidagi glyukoza miqdorining o‘zgarishi nerv sistemasiga bog‘liq bo‘lgan organizmdagi bir qancha funksiyali buzilish bilan namoyon bo‘ladi. Uglevodlar organizmda turli ko‘rinishda oddiy monosaxaridlar, disaxarid, polisaxarid, erkin holatda, qolaversa lipid, mikroelementlar va oqsillar bilan murakkab komplekslar hosil qilgan holda uchraydi. Uglevodlar jigar va mushaklarda glikogen to‘rda to‘plam hosil qiladi. Glikogen polisaxaridlarga kiradi. Disaxaridlar va polisaxaridlar ichakda monosaxaridlarning oddiy birikmalariga qadar parchalanadi v a q onga so‘riladi. Ular darvoza vena bo‘ylab jigarga tushadi, bu erga glyukozadan glikogenga sintezlanadi va oqibat natijada moddalar almashinuvida qatnashadi. Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan ko‘pi uglevodlar hisobiga qoplanadi. Organizm uglevodlarga ayniqsa, mushak ishi paytida ehtiyoj sezadi. Uglevodlar tana, yurak mushagi, shuningdek, samarali aqliy mehnat uchun zarur bo‘ladi. Ovqatlanish to‘g‘ri tashkil qilinganda, sutka mobaynida o‘smir 438-500 gramm uglevod isteʻmol qilishi kerak. Bolalar va o`smirlarning bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida bo`ladigan oqsil, yog` va uglevodlar me`yori Bolalar va o`smirlarning yoshi Oziq moddalar miqdori (g) Shu moddalardan ajraladigan energiya (kkal) oqsil yog` uglevodlar 5-7 65-75 75-80 250-300 1800-2300 8-11 75-90 80-90 350-450 2400-2800 12-14 90-100 90-100 400-450 2800-3200 16-16 100-120 100-110 450-500 3200-3500 85 Katta odamlarda 100-120 80-110 450-500 3200-3500 Vitaminlarning ahamiyati. Vitaminlar ham yog‘lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853-1938) 1880 yilda organizm uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo‘lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan ular vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan maʻnoni anglatadi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ular organizmning o‘sishiga, modda almashinuviga, immun holatiga, yurak va qon-tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga taʻsir ko‘rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meʻyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi. O‘smirning ovqatlanishi vitaminlar jihatidan ham to‘la sifatli bo‘lmog‘i kerak. Vitaminlar organizmning normal o‘sishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur. Ular almashinuv jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va boshqaruvchilar sifatida, ayniqsa, assimilyasiya jarayonida katta ahamiyatga ega. Vitaminlar mehnat qobiliyatini va organizmning turli kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshiradi. Organizm uchun ayniqsa, vitamin A, V 1 V 2 RR, V 6 , S larning ahamiyati juda muhim. Ovqatda vitaminlar etarli bo‘lmaganda, odam juda jahldor bo‘lib qoladi, salga charchaydi, ishtahasi va mehnat qobiliyati pasayadi, baʻzan og‘ir kasalliklar kelib chiqadi. Biroq, shuni bilish kerakki, vitaminlarni, ayniqsa, vitamin preparatlarini ortiqcha miqdord a isteʻmol qilish ham juda zararli. Vitamin A - organizmning o‘sish va rivojlanish vitamini. O‘smir ovqati tarkibida vitamin A yoki karotinning bo‘lmasligi (u ovqat bilan organizmga tushib, jigarda vitamin A ga aylanadi), ko‘z kasalligi - shapko‘rlik paydo qiladi, organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligini susaytiradi, bu vitaminsiz yuz va qoʻl terisi g‘adir-budir bo‘lib qoladi, dag‘allashadi, sochlar xiralashib, to‘kiladi. Vitamin A sut yog‘larida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, sutda, baliq moyida, jigarda, sabzida, pomidorda, qovoqda, o‘rikda, xurmoda, salatda, ismaloq va naʻmatakda ko‘p bo‘ladi. Odam organizmi uchun bir kecha – kunduzda zarur bo`ladigan vitaminlar miqdori Vitaminlar (mg) hisobida Dinter- national birliklarda A В В С РР Katta yoshli odam Homilador, emizikli ayollar 7 yoshgacha bo`lgan bolalar 7 yoshdan katta bolalar 1 2-2,5 1 1 1-3 3 1 1,5-2 2 2 2 2 50-75 75-100 35 50 12-20 18-20 12 12 100 gacha 500-1000 500-1000 500-1000 Mineral moddalar. Mineral moddalarsiz organizm yashay olmaydi. Ular xuddi oqsillar kabi muhim qurilish materiali hisoblanadi, skelet suyaklarining tuzilishida, tish to‘qimalarining shakllanishida ishtirok etadi. 86 Mineral tuzlar organizmdagi biologik suyuqliklar osmotik bosimini maʻlum darajada tutib turish, organizmda kislota-ishqor muvozanatini boshqarish uchun zarur bo‘ladi. Bir qator hayotiy jarayonlar faqat mineral moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi. O‘smirlik Yoshidagi organizmning mineral tuzlarga bo‘lgan ehtiyoji katta yoshlilarga nisbatan katta. Bunga organizmning tez o‘sishi va shakllanishi, shuningdek, moddalar almashinuvining juda jadal kechishi imkon beradi. Mineral tuzlar ikkiga: makroelementlar va mikroelementlarga bo‘linadi. Makroelementlarga - natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa, suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Mikroelementlarga - rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar tarkibida oz mikdorda bo‘ladi. Yod - mikroelementlari etishmasligidan endemik kasalliklari kelib chiqadi. Yodning fiziologik ahamiyati qalqonsimon bez faoliyatiga bo‘lgan ijobiy va salbiy taʻsiri bilan xarakterlanadi. Organizmda yod etishmasligi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi va bo‘qoq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 2. Energiyaning o’zgarishi va uning sarfi. Tana harorati. Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya uch qismdan iborat. 1. Asosiy moddalar almashinuvini ta'minlash uchun sarflandigan energiya. Bu energiya nafas olish, yurak, buyrak, jigar va boshqa hayotiy muhim organlar normal ishlab turishini ta'minlash uchun sarflanadi. Bu energiyaning miqdori 1 soatda 1kg tana vazniga 1 kkal ga teng. 2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya iste'mol qilingan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichak, jigar, me’da osti bezi kabi organlarning ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi. Sarflangan energiyaning miqdori ovqat tarkibiga bog'liq. 3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiya miqdori har bir odamning kasbiga, ko'p yoki oz harakatlanishiga bog'liq. Aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilar kam, jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar ko'p energiya sarflaydi. 87 1 g oqsil organizmda kislorod bilan oksidlanganda 4,1 kkal, 1g yog` 9,3 kkal, 1g uglerod 4,1 kkal energiya hosil qiladi. Odamda kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo'ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo'lishi kerak. Bolalar va o'smirlarda iste'mol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiyaga nisbatan ko'proq bo'lishi lozim. Chunki ma'lum miqdorda energiya yosh organizmning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Organizmdagi moddalar almashinuvining hamma jarayonlari kimyoviy energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi bilan birga davom etib boradi. Shunga ko'ra moddalar almashinuvi va energiya almashinuvi bir-biriga bog'langan bo'ladi va bitta yagona jarayon deb ko'zdan kechiriladi. Energiya almashinuvi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining jadalligiga bog'liq boladi. Ayni vaqtda energiyaga boy moddalar energetik potensiali kamroq bo'ladigan birikmalarga aylanadi va u yoki bu turdagi energiya ajralib chiqadi. Oksidlanish paytida ajralib chiqadigan energiya organizmda issiqlik, mexanik, nur, elektr energiyasiga aylanadi va shu holda organizm tomonidan sarflanadi. Energiyaning bir qismi organizmda beto'xtov boiib turadigan sintetik jarayonlarga sarf boiadi. Energiyaning kattagina qismi issiqlik energiyasi ko'rinishida ajralib chiqadi, taxminan 20—25 foizi muskullar qisqarishining mexanik energiyasiga aylanadi, juda kichik ulushi elektr energiyasi ko'rinishida namoyon boiadi. Biroq, mexanik energiya ham muskullar ishi paytida pirovard natijada issiqlik energiyasiga aylanadi. Masalan, yurak muskulining mexanik ishi harakat qilib turadigan qonning kinetik energiyasiga o'tadi. Mana shu kinetik energiya tomirlardagi qon qarshiligini yengishga sarflanadi va qonning tomirlar devoriga ishqalanishida chiqadigan issiqlikka aylanadi. Tana muskullari qisqari-shining mexanik energiyasi ham issiqlikka aylanadi. Shunday qilib, mexanik ishga sarflangan energiya issiqlik energiyasi ko'rinishida atrofdagi muhitga o'tadi. Energiyaning oddiy moddalardan birmuncha murakkab moddalar sinteziga sarflangan qismiga kelganda, bu energiya ham yo'qolmaydi, balki ko'paygan kimyoviy energiya zaxirasi ko'rinishida organizmda saqlanib turadi. Organizm tomonidan ajratib chiqarilgan energiya miqdori butun organizm energiya sarfming mezonidir. Organizm tomonidan sarf etilgan energiya to'g'risida tasavurga ega bo'lmoq uchun atrofdagi muhitga ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini o'lchash kifoya. Ana shunday hisoblar uchun yutilgan kislorod va ajratib chiqarilgan karbonat angidrid gazi miqdorini aniqlashdan tashqari nafas koeffitsiyenti degan narsani ham bilish zarur. Nafas koeffitsiyenti deb, ajratib chiqarilgan karbonat angidrid gazi hajmining yutilgan kislorod hajmiga nisbatiga, ya'ni ^- nisbatiga aytiladi. Uglevodlar, yog'lar va oqsillar oksidlanganida nafas koeffitsiyenti kattaligi har xil bo'ladi. Chunonchi, bir molekula glukoza oksidlanganida mana bu tenglamaga muvofiq 6 molekula kislorod kerak bo'ladi: C 6 H 12 O 6 + 6O 2 = 6CO 2 + 6H 2 O; bu holda nafas koeffitsiyenti-6CO 2 /6O 2 = 1 bo'ladi. Yog'lar oksidlanganida nafas koeffitsiyenti 0,7 ga teng bo'lsa, oqsillar oksidlanganida 0,8 ga tengdir. Odam odatdagicha aralash ovqatlar bilan ovqatlanib yurganida nafas koeffitsiyenti 0,85—0,9 ga teng bo'ladi. 1 1 kislorod yutilganida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori nafas koeffitsiyentiga bogiiqdir. Asosiy almashinuv. Odam tinch turgan vaqtida ham muayyan miqdor energiya sarflaydi. Shu energiya beto'xtov davom etib turadigan hayot jarayonlari uchun zarur. Bu holda energiya yurakning ishlab turishi va qonning tomirlarda yurishi, nafas 88 muskullarining ishlashi, buyrak, jigar va hazm organlarining faoliyati, skelet muskullari tonusini saqlab turish, to'qimalardagi sintetik jarayonlarga sarflanadi. Mana shu jarayonlar davomida energiya ajralib chiqishi tana temperaturasini doimiy bir darajada saqlab turish uchun zarur issiqlik hosil qilib borishni ta'minlab beradi. Atrofdagi muhit temperaturasi 18—20 0 C bo'lib, organizm tamomila tinch turgan mahalida uning nahorga (ovqatdan 12—16 soat o'tganidan keyin) sarf qiladigan energiyasi miqdori asosiy almashinuv deb ataladi. Tanasining massasi (70 kg) va bo'yi (165 sm) o'rtacha bo'lgan katta yoshli sog'lom odamda asosiy almashinuv 1 kg tana massasiga 1 soat davomida 1 kkalga teng bo'ladi. Asosiy almashinuv o'rtacha olganda sutkasiga 1x70x24 = 1680 kaloriyaga teng. Asosiy almashinuv odamning jinsi, yoshi, bo'yi va tanasining massasiga bog'liqdir. Tananing massasi, bo'yi va boshqa sharoitlar bir xil bo'lganida ayollarda asosiy almashinuv erkaklardagiga qaraganda 10% kamroq bo'ladi. Bolalarda 1 kg tana massasiga qarab hisob qilina-digan asosiy almashinuv kattalardagiga qaraganda ko'proq bo'ladi. Almashinuv yosh ulg'aygan sayin kamayib boradi, 1 kg tana massasiga to'g'ri keladigan yuqoridagi o'rtacha kattalikka yetadi va 20 yoshdan to 40 yoshgacha shu darajada saqlanib turadi. 40 yoshdan keyin, ayniqsa yosh qaytib qolgan chog'da 1 kg tana massasiga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv kamayib ketadi. Oziq moddalar organizmda oksidlanganida quyidagicha miqdorda issiqlik hosil bo'ladi: 1 g oqsildan 4,1 kkal; 1 g uglevodlardan 4,1 kkal; 1 g yog'dan 9,3 kkal. Yeyiladigan ovqat tarkibiga ana shu oziq moddalardan qancha kirganligini bilgan holda organizmga kiradigan energiya miqdorini hisoblab topish mumkin. Masalan, odam kun davomida 100 g oqsil, 500 g uglevodlar, 50 g yog'lardan iborat ovqat yegan bo'lsin. Kaloriyalar hisobidagi energiya kirimi quyidagicha bo'ladi: 100x4,1 =410 kkal, 500x4,1 =2050 kkal, 50x9,3 = 465 kkal. Hammasi bo'lib 2925 kkal. Turli- tuman oziq-ovqat mahsulotlari kaloriyalarini hisoblash uchun maxsus jadvallar bor. Ish vaqtida energiya sarfi. Yuqorida aytib o'tilganidek, odam tamomila tinch turgan paytda o'rtacha 1700 kkal atrofida energiya sarflaydi. Muskul ishi vaqtida energiya sarfi kuchayadi; mehnat nechog'li zo'r bo'lsa, energiya sarfi ham shuncha ko'p bo'ladi. Chunonchi, o'tirib, yengil ish bajaradigan odamlar uchun (idora, hisob ishlari va boshqalar) sutkasiga 2400—2600 kkal kerak. Endi muskulga sal zo'r berish bilan ishlaydigan odamlar uchun 3400— 3600 kkal talab etiladi. Og'ir muskul ishini bajaradigan odamlar uchun 4000—5000 kkal va bundan ko'ra ko'proq energiya zarur bo'ladi. Ravshanki, bu raqamlar taxminiydir. Har bir holda energiya sarfini mazkur konkret muskul ishi vaqtidagi gazlar almashinuvini tekshirib ko'rish yo'li bilan aniqlab olish kerak. Aqliy mehnatga kamroq miqdorda energiya sarflanadi. Biroq, aqliy mehnat ko'pincha bir qadar jadal muskul faoliyati bilan birga davom etib boradi, masalan, o'qituvchilar, tadqiqotchilar, administratorlar, shifokorlar, artistlar, rassomlar, laboratoriya va dorixona xodimlari va boshqalarning mehnati ana shunday bo'ladi. Shunga ko'ra aqliy mehnatning xiliga qarab shu mehnat ahllari uchun ham asosiy almashinuvga qaraganda ancha ko'p miqdor energiya zarurdir. Bordi-yu, aqliy mehnat kechinmalar, his-hayajonlar bilan birga davom etib boradigan bo'lsa, masalan, ijodiy mehnatda, fikrlar kurashi mahalida ko'pincha shunday bo'ladi, u holda qo'shimcha energiya talab etiladi. Zo'r kechinmalardan keyin moddalar almashinuvi 10—20% kuchayadi va bir necha kun davomida shu darajada qolaveradi, deb hisoblanadi. Bu narsa odam markaziy nerv sistemasi oliy boiimlarining moddalar va energiya almashinuvi jarayonlariga zo'r ta'sir qilib turishini tasdiqlaydi. 89 Tana harorati. Evolutsion taraqqiyot jarayonida sut emizuvchi hayvonlar, qushlar va odamda atrofdagi muhit temperaturasi o'zgarib tursa ham tana temperaturasini doimo bir xilda saqlab borish xususiyati paydo bo'lgan. Ana shu xususiyat metabolik jarayonlarning bir xilda o'tib turishini ta'minlab beradi va organizmni tashqi temperatura o'zgarishlariga kamroq qaram qilib qo'yadi. Temperaturani doimo bir xilda saqlab turish faqat issiq qonli (go-moyoterm) hayvonlarga xosdir. Sovuq qonli (poykiloterm) hayvonlarda bunday xususiyat yo'q, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning talaygina qismi ana shunday sovuq qonli hayvonlar jumlasiga kiradi. Tana temperaturasi ikkita omilga: organizmda issiqlik hosil bo'lib turishi (issiqlik hosil qilish) jadalligiga va undan yo'qoladigan issiqlik (issiqlik chiqarish) kattaligiga bog'liqdir. Organizmda issiqlik oziq moddalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi va oksidlanishi hisobiga hosil bo'ladi. Bu jarayonlar barcha organlarda sodir bo'lib turadi. Biroq, ular muskullarda, ayniqsa ish vaqtida hammadan zo'r bo'ladi. Og'ir ish vaqtida muskullarda issiqlik hosil bo'lishi 4—5 barobar ortadi. Jigar va buyraklarda, faol fiziologik faoliyatida bo'lib turgan organlarda anchagina issiqlik hosil bo'lib boradi. Organizmda hosil bo'ladigan issiqlik tashqi muhitga beto'xtov chiqarib turiladi. Tamomila ravshanki, issiqlik hosil bo'lishi bilan issiqlik chiqarib turish bir-biriga baravar bo'lgandagina temperatura doimiy darajada saqlanib turishi mumkin. Aks holda odam yo haddan tashqari qizib ketadi, yoki sovqotib qoladi, bu og'ir ahvolga va hatto o'limga olib borishi mumkin. Odamning hayoti davom etib bora oladigan temperatura doiralari keng emas — 23° dan 40° C gachadir. Tana temperaturasining o'zgarmay turishi va issiqlik hosil qilish bilan issiq chiqarishning baravar davom etib borishi issiqlikning idora etilishi, ya'ni termoregulatsiya deb ataladigan fiziologik jarayonlar yig'indisiga bog'liqdir. Kimyoviy va fizik termoregulatsiya tafovut qilinadi. Download 5.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling