O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.04 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT KIMYO‐TEXNOLOGIYA INSTITUTI  
“MENEJMENT VA KASB TA’LIMI” FAKUL’TETI 
 
“KASB TA’LIMI” KAFEDRASI 
 
 
«TASDIQLANDI» 
                 __________________ 
                 O’quv ishlari o’yicha 
                                 prorektor 
dots. T.T. Safarov 
“___” _________ 2020 yil 
 
 
«SHAXSNING FIZIOLOGIK RIVOJLANISHI» 
FANIDAN 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
Toshkent–2020 


 
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 20_____ 
yil __________ gi ______ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur 
asosida tayyorlandi. 
 
 
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “Kasb ta’limi” kafedrasi majlisining 2020 yil “__”  
“________”dagi  ___  -sonli  majlisida  ko’rib  chiqilib,  fakultet  Ilmiy-uslubiy 
Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. 
 
 
Mazkur  o‘quv-uslubiy  majmua  “M  va  KT”  fakulteti  Ilmiy-uslubiy  Kengashining 
2020 yil “___” _______  dagi   ___ - sonli majlisida tasdiqlandi.  
 
 
Tuzuvchilar
 
dots.G.SH.Aripova  - 
Toshkent  kimyo-texnologiya  instituti,  “Kasb  ta’limi”  kafedrasi
 
mudiri.               
 
ass.K.YU.Salixova 
–  Toshkent  kimyo-texnologiya  instituti,  “Kasb  ta’limi”  kafedrasi 
assistenti.
 
 
Taqrizchi:  
 
I.T. Aliyev - Toshkent arxitektura instituti “Binova inshootlar qurilishi” fakul’teti 
dekani p.f.n dotsent. 
 
 
 
 
 “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri 
 “___” _________”  2020 yil               __________          dots. G.SH.Aripova  
                                                                   (imzo) 
 
 
 
 
“M va KT” fakul’teti dekani 
 “___” _________”  2020 yil               __________         prof. G’.X.Hamroqulov 
                                                                   (imzo) 
 
 


 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.“Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fanining  predmeti, 
maqsad va vazifalari.   
2.“Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fanining  boshqa 
fanlar bilan aloqasi. 
3.“Shaxsning 
fiziologik 
rivojlanishi” 
fanining 
rivojlanish tarixi va barkamol avlodni tarbiyalash 
jarayonida tutgan o’rni. 
4.Gigiena va sanitariya masalalari. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Avlodni  jismonan  sog‘lom,  aqliy  va  ruxiy  jihatdan  tetik,  qaddi-qomati  kelishgan 
qilib  tarbiyalash  uchun  o’qituvchi-pedagoglar  “Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fani 
asoslari  haqidagi  bilimga  ega  bo’lishlari,  fanning  predmeti,  maqsadi  va  vazifalari, 
boshqa  fanlar  bilan  aloqasi,  hamda  ahamiyatini  o’rganish,  gigiena      va  sanitariya 
masalalarini  inson  hayoti  uchun  muhimligini  tushuntirish,  rivojlanish  tarixini  ochib 
berish
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  “Shaxsning 
fiziologik 
rivojlanishi” 
fanining 
predmeti, 
maqsad va vazifalari haqida ma’lumot 
berish; 

  fanining  boshqa  fanlar  bilan 
aloqasi,  rivojlanish  tarixi  va 
barkamol  avlodni  tarbiyalash 
jarayonida  tutgan  o’rni  ochib 
berish; 

  “Shaxsning 
fiziologik 
rivojlanishi”  fanining  chet  ellardagi 
o’qilayotgan  dasturlar  bilan  uzviy 
bog’liqligini yoritib berish; 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan 
holda o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Talabalarni mustaqil fikrlashga 
va  mustaqil  faoliyat  yuritishga 
o‘rgatish. 

  “Shaxsning 
fiziologik 
rivojlanishi” 
fanining predmeti, maqsad va vazifalari haqida 
ma’lumotni qabul qiladi; 

  “Shaxsning 
fiziologik 
rivojlanishi” 
fanining 
boshqa 
fanlar 
bilan 
aloqasi, 
rivojlanish  tarixi  va  barkamol  avlodni 
tarbiyalash  jarayonida  tutgan  o’rnini 
tushunadi; 

  Fanning 
ta’lim-tarbiyadagi 
o’rnini 
aniqlaydilar; 

   “Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fani 
doirasida  olib  borilayotgan  islohatlarni  aytib 
bera oladi.  
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “Aqliy hujum” va 
“Sinkveyn” usuli
 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter slaydlari
doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan o‘quv 
xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
1 – MAVZU: 
«SHAXSNING FIZIOLOGIK RIVOJLANISHI» 
FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI. 


 
1.2. «Shaxsning fiziologik rivojlanishi» 
fanining predmeti, maqsad va vazifalari mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. O’quv kursi bo’yicha ma’lumot beradi, 
o’quv kursi strukturasi bilan tanishtiradi  
Tinglaydilar 
1.2.  O’quv  kursi  bo’yicha  baholash 
mezonlari bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
II-boqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
 
2.2.  Mavzuning  mazmun-mohiyatini  reja 
asosida tartib bilan ochib beradi (2-ilova) 
 
2.3. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(4-ilova) 
 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (5-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
3.2.  Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash 
maqsadida  “Fiziologiya”,  “Gigiena”  va 
“Sanitariya”  tushunchalariga  “Sinkveyn” 
tuzib kelish vazifasini topshiradi (3-ilova) 
3.3  O’quv  kursi  bo’yicha,  xususan,  mavzu 
bo‘yicha  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati 
bilan tanishtiradi  (6-ilova) 
Uyga berilgan 
topshiriqni yozib 
oladilar 
 
Tayanch tushunchalar 
va adabiyotlar 
ro’yxatini yozib 
oladilar 
 
(1-ilova) 
REJA:  
 
1. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.   
2. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
3.  “Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fanining  rivojlanish  tarixi  va  barkamol 
avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o’rni. 
4. Gigiena va sanitariya masalalari. 
(2-ilova) 
1. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
Human  physiology  is  the  study  of  the  functioning  of  the  normal  body, 
and  is  responsible  for  describing  how  various  systems  of  the  human  body 
work.  Explanations  often  begin  at  a  macroscopic  level  and  proceed  to  a 
molecular  level.  In  1926,  Fritz  Kahn  portrayed  the  body  as  a  complex 
chemical plant, as seen in the painting on the right. This textbook provides 
an  introductory  explanation  of  the  workings  of  the  human  body,  with  an 
effort  to  draw  connections  between  the  body  systems  and  explain  their 


 
interdependencies.  A  framework  for  the  book  is  homeostasis  and  how  the 
body  maintains  balance  within  each  system.  This  is  intended  as  a  first 
introduction  to  physiology  for  a  college-level  course.  As  such,  some 
material  is  deliberately  left  out  (but  references  will  be  provided  within 
chapters for students wishing to learn more).
1
 
         Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi  fani  biologiyaning  mustaqil  bir  tarmog`i 
hisoblanib,  ikkita  alohida  fanning  birikmasidir.  Bu  fanlar  o`zaro  bir-birini  to`ldiradi  va 
yosh  avlodni  tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  ham  Shaxsning 
fiziologik rivojlanishi fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv 
rеjasiga kiritildi.   
Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi  fani  -  turli  yoshdagi  bolalar  va  o`smirlarning 
organizmlarida  kеchadigan  o`sish  va  rivojlanish  jarayonlarini,  organlari,  to`qimalari  va 
tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi. 
Shaxs fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalar va o`smirlardir. 
Maqsadi-yosh  avlodning  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  uyg`un  rivojlanishi,  sog`lom 
hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat.  
Shaxs  fiziologiyasining  vazifasi  o‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochib  berish, 
bir  butun  organizm,  uning  tizimlari,  organlari  to‘qimalari  va  hujayralarini  ishlash 
xususiyatlarini  turli  yoshga  aloqador  davrlarda  aniqlashdir.  Shaxs  fiziologiyasi 
organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi,  
fiziologik  jarayonlarni  o‘zaro  munosabatlari    va  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanish  sabablarini 
aniqlaydi.  Shu  bilan  birga  yuksak  darajada  tuzilgan  materiya,  yaʻni  bosh  miya 
po‘stlog‘ining  organlar  va  umuman  butun  organizm  faoliyatida  etakchi  rol  o‘ynashini 
tushunib  olishga  yordam  beradi.  O‘sib  rivojlanib  kelayotgan    bola  organizmining  turli 
davrlarida, har xil organ va tizimlarning faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bilan 
harakterlanadi.   
Shaxs  fiziologiyasi  o`sib  rivojlanib  kelayotgan  organizmning  yoshiga  oid 
morfologik  xususiyatlari,  nerv  sistemasi,  yurak-qon  tomir,  tayanch  harakatlanish 
fiziologiyasi  va  rivojlangan  organizmning  xususiyatlari,  kasalliklarning  oldini  olish, 
sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi.   
Shuningdek,  o`sib  kelayotgan  organizmdagi  turli  bosqichlarga  xos  bo`lgan 
funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli 
omillariga  bo`lgan  gigiyenik  talab  va  normativlarini  hamda  bolalar  va  o`smirlarning 
normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga 
qo`yishda muhim ahamiyatga ega.  
 
Fiziologiya  fani  biologiya  fanlarining  muhim  tarmoqlaridan  bo‘lib,  organizm, 
undagi  aʻzolar,  to‘qimalar  hujayralar,  va  hujayra  strukturasi  elementlarining 
funksiyalarini tashqi muhitga bog‘lab, har tomonlama chuqur o‘rganadi.  
“Fiziologiya”  so‘zi  grekcha  so‘z  bo‘lib,  “tabiat”  va  “bilim”  degan  maʻnoni 
anglatadi.  Fiziologiya  anatomiya  fani  bilan  chambarchas  bog‘liqdir,  chunki  anatomiya  
aʻzolarning  tuzilishini    ularning  vazifasiga  bog‘liq  holda  shakllanib  borishini  o‘rgansa, 
fiziologiya fani organlar va organizm hayoti jarayonlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Fiziologiya  fani  hamisha  fizika,  kimyo    qonunlariga  tayanadi,  organizm  va  har  bir 
                                                            
1
 
Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 2 p 


 
hujayra    faoliyati  fizik  va  kimyoviy  jarayonlar  asosida  sodir  bo‘ladi.  Fiziologiya  ko‘p 
tarmoqli  fan    bo‘lib,  mehnat  fiziologiyasi,  jismoniy  tarbiya  fiziologiyasi,  ovqatlanish 
fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi. 
Shaxs  fiziologiyasi  turli  yoshdagi  organizmlarning  rivojlanish  jarayonida  organlar 
tizimi  va  butun  organizmda  sodir  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  o‘ziga  xos  yosh 
xususiyatlarini  o‘rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. 
Demak,  bola  organizmi  faqat  katta  odam  qolipi  bo‘lmay,  balki  hajmi,  fiziologik 
xususiyatlari  va  tashqi  muhitga  moslashishi  bilan  farq  qiladi.  Bolalar  va  o‘smirlar 
fiziologiyasining  asosiy  o‘rganadigan  obʻekti  bolalardir.  Binobarin,  pedagoglar  taʻlim 
tarbiya  ishlarini  yosh  fiziologiyasi  maʻlumotlariga  asoslangan  holda  olib  borishlari 
muxim ahamiyatga ega. O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy – 
foydali mehnatda, sog‘lomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik 
xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak.  
O‘sib  rivojlanib  kelayotgan  organizm  salomatligini,  jismoniy  va  aqliy  qobiliyatini 
baholash, sog‘lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga  
bog‘liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir. 
 “Gigiena”  tushunchasi  grekcha  so‘z  bo‘lib,  “foydali”  degan  ma’noni  bildiradi.  U 
tashqi muhit omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va hokazo) inson salomatligiga 
taʻsirini  o‘rganadigan  va  olingan  ma’lumotlarga  tayangan  holda  tashqi  muhitni 
sog‘lomlashtirish,  inson  sog‘lig‘ini  mustahkamlashning  meʻyor  va  qoidalarini  ishlab 
chiqadigan,  ayniqsa,  yuqumli    kasalliklarning  oldini  oladigan,  ishlash  qobilyatini 
oshiradigan,  umrni  uzaytirish  tadbirlarini  ishlab  chiqadigan  fandir.  Gigiena  inson  bilan 
atrof-muhitning  uzviyligini  taʻminlaydi.  Muhit  sog‘lom  bo‘lmay  turib,  tan-sog‘liqni 
taʻminlash  qiyin.  Shu  maʻnoda  gigiena  tabiiy-ijtimoiy  muhit,  borliqning  odam 
organizmiga  ijobiy  va  salbiy  taʻsirini  ham  o‘rganadi,  tavsiyalar  beradi.    Gigiena  fani 
tavsiyalari  amaliyotga  sanitariya  (lotincha  so‘z  bo‘lib,  “sog‘liq”  degan  maʻnoni 
anglatadi) muassasasi tomonidan joriy qilinadi, garchi ular orasida mustahkam bog‘lanish 
bo‘lsa ham ularning vazifalarini ajrata bilish lozim.  
Buyuk  fiziolog  olim  I.P.  Pavlov:  “Zamonaviy  tibbiyot  kasalliklarning  hamma 
sabablarini  bilib  olgandagina  kelajak  tibbiyotga,  yaʻni  keng  ma’nodagi  gigiyenaga 
aylanadi” deb be’jiz aytmagan. Gigiyena fani bolalar va o‘smirlar gigienasi, kommunal 
gigiyena,  ovqatlanish  gigiyenasi,  mehnat  gigiyenasi  va  gigiyenaga  oid  boshqa  fanlarni 
o‘z ichiga oladi.  
Bolalar  va  o‘smirlar  gigienasi  gigiena  fani  sohalaridan  biri  bo‘lib,  tashqi  muhit 
omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyati, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o‘rganadi 
va  o‘sayotgan  avlodning  sog‘lig‘ini  mustahkamlash  hamda  jismoniy  va  maʻnaviy  
jihatdan  bekamu-ko‘st rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Bolalar va o‘smirlar gigienasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.  Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash;  
2.  Bolalar va o‘smirlar faoliyati gigiyenasi;  
3.  Tashqi muhit gigiyenasi; 
4.  Bolalar va o‘smirlar ovqatlanish gigiyenasi; 
5.  Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish;  
6.  Psixogigiyena. 
Психогигиена  деганимизда  инсонлар  аро  муносабатларнинг  ҳамда  таълим 
тарбия  жараёнида  болалар  соғлигини  сақлаш  ва  неврозларни  олдини  олишни 
тушунамиз. 


 
Неврозлар  –  бу  нерв  системасини  фаолиятининг  вақтинчалик  сусйиши 
(тормозланган ёки қўзгалган турида). 
Психогигиенанинг амалга ошириш сабаблари қўйдагича: 

боланинг айрим характериологик фазилатларини устунрок бўлиши; 

хаддан ташқари кучли (жисмоний, психик ва маънавий) таъсир этиш; 

фобиларни мавжудлиги (қўрқиш, чўчиш ҳамма нарсадан  шубҳаланиш); 

дидактоген неврозларни яъни тарбиячи ва ота-оналар

депривация ҳолати (кам мулоқатли бўлиш ёки мулокатга чанқоқ бўлиши); 

ота-оналарнинг педагогик савиясини ошириш, оилани МТМ билан ҳамкорлигда иш 
олиб бориш; 

чиниқтириш, жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулантириш; 

турли хил касалликларни олдини олиш; 

оптимал микроклиматик ва психологик муҳитни яратиш; 

кун тартибини асосий принципларига риоя қилиш ва ҳ.қ. 
 
2. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
“Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa 
barcha tibbiyot shuningdek, pedagogika  fanlariga yaqindan bog‘liq. Ish jarayonida yosh 
fiziologiyasi  va  gigienasi  umumiy  gigiena,  umumiy  fiziologiya,  mikrobiologiya, 
epidemiyalogiya, biokimyo, bolalar va o‘smirlar ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda 
yutuqlaridan foydalanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagoglar  ta’lim-tarbiya  ishlarini  “Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi” 
fanining  bergan  ma’lumotlariga  asoslangan  holda  olib  borishlari  muhim 
ahamiyatga  ega.  Pedagog  bilib  olishi  shart  bo’lgan  birinchi  narsa,  bu  bola 
tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va fiziologiyasi, hamda 
uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo’lish mumkin emas. 
  
 
 
 
 
 
 
 
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika, va boshqalar fiziologik 
hodisalar  va  jarayonlarning  tabiiy  fiziologik  mexanizmlarini  tushunish  va  shu 
orqali  ularning  kechishi  qonuniyatlarini  ob’yektiv  o’rganish  uchun  material 
beradi.  Аyniqsa,  bosh  miyaning  hamda  markaziy  asab  tizimining  fiziologik 
faoliyatlarini  boshqarishla  va  ularni  muvofiqlashtirishdagi  rolini  e’tirof  etgan 
Shaxsning fiziologik 
rivojlanishi va 
PEDAGOGIKA
Shaxsning fiziologik 
rivojlanishi va 
TABIIY FANLAR


 
holda  yosh  fiziologiyasi  va  gigiyena  fani  tabiiy  fanlar  erishgan  yutuqlar  va 
ulardagi  tadqiqot  uslublaridan  omilkorona  foydalanadi.  Shaxs  qobiliyatlarini 
diagnostika  qilish,  uning  tug’ma  layoqatlari  hamda  orttirilgan  sifatlarini  bir 
vaqtda  bilishda  fiziologiyaning  qator  usullaridan(miya  assimetriyasi  qonunlari, 
miya  bioritmlarini  yozid  olish,  neyrodinamik  hodisalarni  aniqlash,  qon  aylanish 
va tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
Kibernetika  fani  sohasidagi  erishilgan  yutuqlar  yosh  fiziologiyasi  va 
gigiyenasi  uchun  ham  ahamiyatli  va  zarur  bo’lib,  u  inson  shaxsining  o’z-o’zini 
boshqarish  va  fiziologik  jarayonlarni  takomillashtirish  borasida  axborotlar 
texnologiyasi  va  kibernetika  tomonidan  qo’lga  kiritilgan  yutuqlar  va  tadqiqot 
metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanai. 
Masalan,  oddiy  mulogot  jarayonini  yanada  takomillashnirish,  har  bir 
so’zning shaxslararo munosibatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda 
ana  shuday  ijtimoiy  faoliyat  jarayonida  shaxs  fiziologik  nizimini 
takomillashtirishda  turli  kibernetik  modellardan  o’rinli  foydalanish  zamonaviy 
fiziologiya, psixologiya va pedagogikaning jamiyatdagi o’rni va ro’lini oshiradi, 
maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami 
sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Texnika fanlari bilan fiziologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi hozirda 
yaggol  sezilmoqda.  Bir  tomondan  murakkab  texnikani  boshqaruvch  inson  ongi 
muammosini  yechishda,  ikkinchi  tomondan,  fiziologik  hayotning  murakkab 
girralarini  ochishda  maxsus  texnik  vositalardan  foydalanish  zarurati  bu  ikki 
yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 
Murakkab  zamonaviy  texnika  sir-asrorlarini  bilish,  uning  jamiyat  va  fan 
ravnaqiga  xizmatini  ta’minlash  o’ta  dolzarb  masala  va  inson  aqliy  va  jismoniy 
salohiyatini oqilona sffarbar qilinishini taqozo etadi. 
 
 
3. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining rivojlanish tarixi va barkamol 
avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o’rni. 
Inson  sog‘lig‘ini  muhofaza  qilish  va  mehnat  qobiliyatini  ko‘tarish  haqida 
g‘amxo‘rlik  qilish  muhim  davlat  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  vazifalarni  hal 
Shaxsning fiziologik 
rivojlanishi va 
KIBERNETIKA 
Shaxsning fiziologik 
rivojlanishi va 
TEXNIK FANLAR


 
etishda,  jumladan,  kasalliklarning  oldini  olish,  sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib  qilishda 
tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch bo‘lib xizmat qiladilar. 
Zamonaviy  bilim  berish  uchun  avvalo  murabbiy  o‘sib,  rivojlanib  kelayotgan 
avlodning  turli  davrlardagi  o‘zgarishlarini,  tashqi  muhit  sharoitining  bola  organizmiga 
taʻsirining gigienik ahamiyatini bilib olgandagina o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil 
eta oladi. 
Avlodni  jismonan  sog‘lom,  aqliy  va  ruxiy  jihatdan  tetik,  qaddi-qomati  kelishgan 
qilib  tarbiyalash  uchun  har  qanday  o‘qitish  shaklidagi  bilim  muassasalari  tarbiyachi  va 
o‘qituvchilari    “Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fani  asoslari  haqidagi  bilimga  ega 
bo‘lishlari kerak. 
O‘qituvchi  bolalar  va  o‘smirlarning  anatomik-fiziologik  xususiyatlarini    o‘rganar 
ekan,  ayrim  tizim  va  organlarning    (suyak-muskul,  nafas  olish,  qon  aylanish  va  nerv 
sistemasi,  sezgi  organlari,  oshqozon-ichak  trakti,  ichki  sekretsiya  bezlari,  ayiruv 
organlari)  tuzilishi,  xususiyatlari  hamda  ularning  faoliyatlari  gigienasi  bilan  tanishadi. 
Ayniqsa,  uyqu  va  aqliy  mehnatni  maqsadga  muvofiq  ravishda  tashkil  qilish,  o‘quv 
yuklamalarini  o‘quvchining  yoshiga  mos  ravishda  belgilash  uchun  nerv  sistemasining 
o‘ziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. O‘sib, rivojlanib kelayotgan bolalar 
va  o‘smirlar  anatomiyasi  va  fiziologiyasini  bilmay  turib,  o‘quvchilar  shaxsiy  gigienasi, 
darsdan tashqari ishlar gigienasi va o‘quv tarbiyaviy ishlar gigienasi masalalarini yechib 
bo‘lmaydi.  
Organizmdagi  har  bir  sistemaning  fiziologiyasi  va  gigienasi  aniq  tadbirlarni 
boshqarishni,  masalan:  suyak-muskul  sistemasining  gigienasi,  harakat  rejimini,  partada 
to‘g‘ri o‘tirish, ishlash jarayonida gavdani to‘g‘ri tutish, yozayotganda qoʻl barmoqlarini 
ishlatilishini  meʻyorga  solish  va  hokazolarni  talab  etadi.  Bu  tadbir  choralarni  yo‘lga 
qo‘yish,  ularga  rioya  qilish,  o‘sib  rivojlanib  kelayotgan  bolalarni  salomatligini 
mustahkamlashga,  uni  muhofaza  qilishga  va  turli  kasalliklarni  oldini  olishga  imkon 
beradi. 
“Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fani  talabalarga,  bo‘lajak  o‘qituvchilarga 
rivojlanayotgan organizm organ va sistemalarining o‘ziga xos yosh xususiyatlari, uning 
tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi, bolalar va o‘smirlarda uchraydigan turli kasalliklar 
va ularni oldini olish yo‘llarini o‘rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.  
“Shaxsning  fiziologik  rivojlanishi”  fanining  asosiy  maqsadi  –  yosh  avlodning 
zuvalasini  pishiq  qilib,  jismoniy  va  maʻnaviy  jihatdan  uyg‘un  rivojlanishini 
taʻminlashdan iborat. 
“Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining rivojlanish tarixi. Odamning 
hayot  faoliyati  eramizdan  avval  yashab,  ijod  etgan  olimlar  tomonidan  o‘rganilgan. 
Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash 
mumkin. 
 


Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling