O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 485.95 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-ma`ruza Bilish faoliyati diagnostikasi Reja
- Tayanch tushunchalar
- Shakllarni joylashtirish bo`yicha topshiriqlarni bajarish qarori.
- 14.2.Diqqat psixodiagnostikasi LINK KUBI.
- 14.3.Xotira, tafakkur diagnostikasi
- Tadqiqot bosqichlari
- KO`RIB ESDA OLIB QOLINGAN NARSANI QAYTA TIKLASh.
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1.
Individning shaxsiy va kasbiy sifatlari munosabatlari? 2.
Etnik muammolarni psixodiagnostik metodikalar bilan bog`liqligi haqida. 3.
Etnik muammolarni individni huquqlarini ta`minlanganligi bilan bog`liqligini diagnostika qilish. 4.
5.
Maxfiylik, psixologo-diagnoz mutaxassisning asosiy-ijtimoiy psixologik etnik qoidalari haqida. 6.
Ma`lumot natijalarini shartlashganligi haqida.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 73.
Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter Kom, 1999 god. -528 c. 74.
Gamezo M.V., Domashenko I.A. “Atlas po psixologii”. Inform.-metod. posobie k kursu “Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c.
37 75. Djek Palmer, Linda Palmer. Evolyutsionnaya psixologiya. Sekretы povedeniya HOMO SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 76.
Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 77.
god. -512 c. 78.
Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008
14-ma`ruza Bilish faoliyati diagnostikasi Reja: 1.
Bilish jarayonlariga umumiy tavsif. 2.
Diqqat psixodiagnostikasi. 3.
Xotira, tafakkur diagnostikasi. Tayanch tushunchalar: Bilish jarayonlariga umumiy tavsif, diqqat psixodiagnostikasi, xotira, tafakkur diagnostikasi. 14.1.Bilish jarayonlariga umumiy tavsif. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o`z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor xarakatlarni o`rganishga mo`ljallangan metodlar qo`llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirishda sodda xarakatlarni yoki og`zaki qo`llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam, qog`oz, plastilin va boshqa o`quv vositalari qo`llaniladigan topshiriqlar bola katta bo`lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Bolalarni psixologik tekshiruvda chet va sobiq sovet psixologlari foydalangan an`naviy metodikalarni ko`rib chiqamiz. Insonning sensamotor sohasi asosiy nerv jarayonlari xarakatchanligi tipini, ixtiyoriy dikkat darajasini, ishga qobiliyatlik sur`atini xarakterlaydi. Ma`lumki bola xayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishda sensamotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarining mustahkamlanishiga imkon beradi. (Ya.P.Frumkin, S.M.Livishin,1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda, xissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga imkon beradi. (E.A.»olubeva,1980:E.B.Ayurova.1986). Masalan 1-2 yoshli bolalar sensamotor soxasini tekshirishda an`anaviy metodlardan foydalanib, u yoki bu xarakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ular ma`lum yosh davridagi o`rtacha ko`rsatkichga qanchalik mosligiga e`tibor beriladi. Ko`pincha bu tadqiqotlar bolalar motor xarakati rivojlanishidagi kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo`lishining ob`ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta yurgan bola o`z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi.(R.N.Myussen,1987). Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi xaqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o`yinchoqlar bilan xarakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O`yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevara-atrofidagi xodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko`nikmalarning mavjudligini aniqlab beradi. Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab, so`zli topshiriqlarni bajarish bo`yicha yo`l-yo`riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo`ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo`ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish xolatida bo`ladi.
38
DoskaQ Sinaluvchi xarakatlari Ko`rsatil gan yordam turi
Topshiriqni bajarish vaqti
Bu metodika juda sodda bo`lib, 3 yoshdan katta bolalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Bolalar figuralarni o`yin deb qabul qilib,bu topshiriqlarni qiziqib o`ynaydilar. 14.2.Diqqat psixodiagnostikasi LINK KUBI. Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, xissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o`tkazish uchun 3H3sm, kattalikda bir xil 27 kichik kubchalardan iborat kub kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo`yalgan bo`ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo`lsin. Bolaga bir xil rangli kub kursatiladi (masalan qizil), so`ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana kurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo`shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, tez bajarishiga, xissiyotiga axamiyat beriladi.
R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, 7-14 yoshli bolalar va kattalarning ko`rish va eshitish xotirasini o`rganishda qo`llaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat: Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish xotirasi o`rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o`qib bergan so`zlarni, predmetlarini eshitib esda olib qolish qobiliyati o`rganaladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o`tkazilmaydi. Xotiraning o`rganilayotgan Meyli testi uchun qo`zg`aluvchi material –6 jadval, Tadqiqot bosqichlari Rasmlar-ning 1 seriyasi Rasmlar-ning II-seriyasi So`zlar-ning 1 qatori
So`zlarning 2 qatori Nuxat Chig`anoq Karton jadval
Eshak Krovat`
Vagon Xafta
Kalit Truba
Dexqon So`m
Arava Nok
Pianino qarg`a
Qo`ng`iroq-cha Supurgi Botinka Dom na pech` va xakozo hammasi bo`lib 6-ta so`zlar tuplami mavjud. Tajriba o`tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta rasm ikki seriyada va 60 ta so`zlar to`plami – 2 qatorda kerak bo`ladi. Ko`rish xotirasi o`rganilayotganda qo`yidagi qo`llanma beriladi: «`Xozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko`rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasizlar .. «`Rasmlarning har biri 2 soniya ko`rsatiladi, 10 soniya tanaffusdan keyin sinaluvchi predmetlarni ham, rasmda yo`q bo`lgan qo`shib qo`yilgan predmetlarning nomini yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasi boshqa kuni, so`zlar qatori bo`yicha tajribalar ham boshqa kunlar o`tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo`llanma beriladi: «`Men hozir sizga so`zlar qatorini o`qib beraman, siz bo`lsa eshitib bo`lganingizdan so`ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz»`.. Tadqiqotchi tadqiqot qatoriga sinaluvchi aytgan barcha so`zlarni takrorlanganlarini ham, yo`q so`zlarini qo`shib qo`yganlarni ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o`lchash orqali qilinishi mumkin.
Ko`rish xotirasi xusuiyatlarini D.Veksler (1945)taklif etilgan metodika yordamida o`rgani mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o`rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik shakllar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi. Xar bir rasm sinaluvchiga 10 39 soniya ko`rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog`ozga ko`rgan narsasini qayta esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish mumkin. Shakl A: 1) ikki kesishgan chiziq va ikki bayroq-1 ball: 2) to`g`ri joydlatirilgan bayroq-1 ball. Chiziqlar kesishda to`g`ri burchak-16 ball. Eng yuqori –3 ball. Shakl B: 2) katta kvadrat ikkita diametri bilan –1 ball: 2) katta kvadartda 4ta, kichik kvadratda 4ta kichik kvadrat -1 ball: 3) ichki diametr barcha kvadrat ichki kvadratchalar bilan 1- ball: 4) kvadaratchalardagi 4ta nuqtalar –1ball: 5) aniq taqsimlangalik –1ball: Sinaluvchi olish mumkin bo`lgan eng yuqori baho 5-ball va o`ng yoki chap tomonlari esga tushirilganda eng yuqori baho 3 ballga teng xisoblanadi. Shakl G: 1) katta to`g`ri burchak ichida kichik to`g`ri burchak –1ball: 2) ichki to`g`ri burchakning hamma uchlari tashqi to`g`riburchak uchlari bilan birlashtirilgan-1ball: 3) kichik to`g`ri burchak katta to`g`ri burchakda aniq joylashtirilgan-1ball: Eng yuqori baho 3 ball: Eng yuqori natija –14 ball. Bu metodikadan bolalar bog`chalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarini hamda boshlang`ich sinf o`quvchilarini tekshirishda foydalanish mumkin. Bu topshiriqlarni bajarganlaridan so`ng bolalarni nafaqat geometrik shakllarni xotirada olib qolishi va uni esga tushirish qobiliyatlari haqidagina emas, balki xotira bo`yicha rasm chizish malakalarining shakllanganligi, sesamator faoliyat xolati haqida ham bila olishga imkon beradi.
1.
Bilish jarayonlariga umumiy tavsif Bering. 2.
Diqqat psixodiagnostikasi haqida. 3.
Xotira, tafakkur diagnostikasi haqida. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 79.
Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter Kom, 1999 god. -528 c. 80.
Gamezo M.V., Domashenko I.A. “Atlas po psixologii”. Inform.-metod. posobie k kursu “Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 81.
Djek Palmer, Linda Palmer. Evolyutsionnaya psixologiya. Sekretы povedeniya HOMO SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 82.
Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 83.
god. -512 c. 84.
Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008
Download 485.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling