Qurbonov Dilshod 1 savol javobi


Download 20.48 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi20.48 Kb.
#186305
Bog'liq
2 mavzu


Qurbonov Dilshod

1 savol javobi

Ilmiy  boshqaruv  to'g'risida  yozgan  mualliflar  o'z  tadqiqotlarini  asosan 
ishlab  chiqarish  menejmentiga  bag'ishlaganlar.  Ular  menejment 
bo'yicha  past  darajada  samaradorlikni  oshirish  ustida  ishlashgan. 
M a ’muriy  maktabning  vujudga  kelishi  bilan  mutaxassislar  tashki­
lot  boshqaruvini  umuman  mukammallashtirish  uchun  muntazam 
ravishda  yondashuvlar  ishlab  chiqa  boshlaganlar.
Teylor  va  Gilbret  o'z  faoliyatlarini  oddiy  ishchidan  boshlagan 
va  bu,  shubhasiz,  ularning  tashkilot  bilan  menejment  to'g'risidagi 
tasavvurlariga  ta’sir  etgan  edi.  Ulardan  farqli  ravishda,  ko'proq 
klassik  maktab  kabi  tanish  bo'lgan  ma’muriy  menejment  maktabi-

ning  mualliflari  katta  biznesda  menejmentning  oliy  bo‘g‘ini  rahbar- 


lari  sifatida  bevosita  ish  tajribasiga  ega  edilar.  Ismi  shu  maktabning 
vujudga  kelishi  bilan  bogliq  bo'lgan  va  ba’zan  menejmentning  ota- 
si  deb  atashadigan  Anri  Fayol  ko'mir  qazib  oluvchi  katta  fransuz 
kompaniyasiga  rahbarlik  qilgan.
Urvik  Angliyada  menejment  masalalari  bo'yicha  maslahatchi 
bo'lgan.  A.K.  Reyli  bilan  birgalikda  ilmiy ishlarni  yozgan  Jeyms  D. 
M uni  Alfred  P.  Sloun  boshchiligida  «Jeneral  Motors»  kompani- 
yasida  ishlagan.  Ilmiy  menejment  nazariyasini  yaratuvchilar  kabi 
klassik  maktabning  tarafdorlari  ham  menejmentning  ijtimoiy  jihat- 
lari  to'g'risida  unchalik  tashvishlanmaganlar.  Bundan  tashqari,  ularning 
ishlari  ilmiy  uslubiyotga  asoslanmagan  holda  ma’lum  darajada  shax- 
siy  kuzatishlardan  kelib  chiqadi.  «Klassiklar»  tashkilotlarga  porloq 
kelajak  nuqtai  nazaridan  qarashga  harakat  qilardilar,  shuningdek, 
ular tashkilotlarning umumiy  tavsiflarini  va  qonuniyliklarini  aniqlash- 
ga  urinar  edilar.  Klassik  maktabning  maqsadi  menejmentning  uni­
versal  tamoyillarini  ishlab  chiqishga,  shu  bilan  birga,  bu  tamoyilar- 
ga  amal  qilish  tashkilotni  shubhasiz  muvaffaqiyatga  olib  keladi  de- 
gan  g'oyaga  asoslangan  edi.
Bu  tamoyillar  ikkita  asosiy  jihatlarga  to'xtalib  o'tadi.  Ularning 
biri  tashkilot  boshqaruvining  oqilona  tizimini  ishlab  chiqish  edi. 
Biznesning  asosiy  tamoyillarini  aniqlab,  nazariyotchi  «klassiklar» 
tashkilotni  bo'linmalar  va  ishchi  guruhlarga  bo'lishning  eng  yaxshi 
usulini  topishlariga  ishonch  hosil  qilganlar.  Bu funksiyalar an’anaviy 
bo'lib,  moliya,  ishlab  chiqarish  va  marketing  hisoblanar  edi.  Bu 
bilan  menejmentning  asosiy  funksiyalarini  aniqlash  ham  chambar- 
chas  bog'liqdir.  Fayolning  menejment  nazariyasiga  qo'shgan  asosiy 
hissasi  -  u  menejmentni  universal  protsess  kabi  ko'rib  chiqdi,  bu 
protsess  rivojlantirish  va  tashkil  qilish  kabi  bir  nechta  bir-biri  bi­
lan  bog'langan  funksiyalardan  iborat  edi.
Klassik  tamoyillarning  ikkinchi  kategoriyasi  tashkilot  tuzil- 
masining shakllanishiga va  ishchilarni  boshqarishga tegishli bo'lgan. 
Bunga  misol  bo'lib  yakkaboshchilik  tamoyili  xizmat  qilishi  mumkin, 
shunga  muvofiq  inson  faqatgina  bitta  boshliq  tomonidan  buyruq 
olishi  va  faqatgina  unga  buysunishi  kerak.  Misolda  Anri  Fayolning 
menejment  bo'yicha  14  ta  tamoyillarining  qisqacha  bayoni  keltiril-

gan,  ulardan  ko'plari,  Fayol  ularni  birinchi  bor  ta’riflab  bergan  payt- 


dan  beri  sodir  bo'lgan  o'zgarishlarga  qaramay,  hozirgacha  foyda- 
lidir.
Misol:  A nri  Fayolning  menejment  tam oyillari1
1.  M ehnat  taqsimoti. 
Ixtisoslashtirish,  odatdagidek,  tabiiy- 
dir.  Mehnat taqsimotining maqsadi  shu  tirishishda ishni ko‘p hajmda 
va  sifatliroq  bajarishdir.  Bunga  e’tibor  va  kuchlar  yo'naltirilgan 
maqsadlar  soni  qisqarishi  hisobiga  erishiladi.
2.  Vakolat  va  javobgarlik. 
Vakolat  bu  buyruq  berish  huqu- 
qi, javobgarlik esa  uning qarama-qarshisining tuzuvchisidir.  Qayerda 
vakolat  berilsa,  u  yerda  javobgarlik  paydo  bo'Iadi.
3.  Intizom . 
Intizom  firma  va  uning  ishchilari  o'rtasida  erishil- 
gan  bitimlarga  bo'ysunish  va  hurmatni  ko'zda  tutadi.  Intizomiy 
rasmiyatchilikni  keltirib  chiqaradigan  firma  va  ishchilarni  bog'lovchi 
bu  bitimlarni  o'rnatish  industriya  rahbarlarining  eng  muhim  vazi- 
falaridan  biri  bo'lib  qolishi  kerak.  Intizom  adolatli  qo'llaniladigan 
sanksiyalarni  ham  ko'zda  tutadi.
4.  Yakkaboshchilik. 
Ishchi  buyruqlarni  faqat  bevosita  bir 
boshliqdan  olishi  kerak.
5. Y o'nalishning birligi. 
Bir maqsad doirasida amalda  bo'lgan 
har  bir  guruh  yagona  reja  bilan  birlashgan  bo'lishi  va  bir  rahbarga 
ega  bo'lishi  kerak.
6.  Shaxsiy  m anfaatlarning  um um iylarga  bo'ysunishi. 
Bir  ishchining  yoki  ishchilar  guruhining  manfaatlari  katta  masshtab- 
dagi  kompaniya  yoki  tashkilotning  manfaatlaridan  ustun  kelishi 
mumkin  emas.
7.  X odim larni  mukofotlash. 
Ishchilarning  vafodorligini  va 
madadini  ta’minlash  uchun  ular  o'z  xizmati  uchun  adolatli  ish  haqi 
olishlari  kerak.

2 savol javobi

Teylor  shuni  aniqladi-ki,  agar  ishchilar  21  funt  (8,6  kg 
atrofida)  sig'imli  belkurak-kurakchalardan  foydalansa,  temir  ruda 
va  ko'mirning  maksimal  miqdori  oshirilishi  mumkin.  Oldingi  tizim- 
ga  nisbatan  bu  fenomenal  yutuqni  berdi.
Ilmiy  menejment  insoniy  omilni  e’tiborsiz  qoldirmasdi.  Ishlab 
chiqarish  samaradorligini  va  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishda 
ishchilami  qiziqtirish  maqsadida  rag'batlantirishdan  muntazam  ravish- 
da  foydalanish  shu  maktabning  muhim  hissasi  bo'ldi.  Shuningdek, 
ishlab  chiqarishda  qisqacha  dam  olishlar  va  muqarrar  tanaffuslar

imkoniyati  ham  ko'zda  tutilgan  edi,  shu  sababli,  belgilangan  top- 


shiriqlarni  bajarishga  ajratilgan  vaqt  miqdori  realistik  va  adolatli 
belgilangan  edi.  Bu  rahbariyatga  ishlab  chiqarishning  bajarilishi 
mumkin  bo'lgan  me’yorlarni  belgilashga  imkoniyat  bergan  va  kirn 
belgilangan  minimumdan  oshgan  bo'lsa,  ularga  qo'shimcha  haq 
to'lanardi.  Bu  yondashuvda  muhim  element  shuki,  kim  ko'p  ishlab 
chiqarsa,  o'sha  ko'p  taqdirlanardi.  Ilmiy  menejmentga  oid  ishlar 
mualliflari  ham  o'zlari  bajarayotgan  ishlarga  jismoniy  va  ma’naviy 
jihatdan  mos  keladigan  insonlarni  tanlashning muhimligini  tan  olar- 
dilar va  ular,  shuningdek,  yo'qotishning ulkan  ahamiyatini  ta’kidlab 
o'tganlar.
Ilmiy  menejment,  shuningdek,  rejalashtirish  va  chuqur  mulo- 
haza  qilish  funksiyalarini  ishlarni  haqiqatan  bajarishdan  ajratishni 
himoya  qilgan.  Teylor  va  uning  zamondoshlari  menejment  bo'yicha 
ish  -  bu  aniq  mutaxassislik  va  agar  har  bir  ishchilar  guruhi  o'zi 
muvaffaqiyatli  qiladigan  narsaga  e’tiborini  mujassam  etsa,  unda 
tashkilot  umuman  yutuqqa  erishishini  tan  olganlar.  Bu  yondashuv 
ishchilar  o'z  ishlarini  o'zlari  rejalashtiradigan  eski  tizimga  keskin 
qarama-qarshi  edi.
Ilmiy  menejment  konsepsiyasi  keskin  burilish  bosqichi  bo'lib 
qoldi,  shu  tufayli  menejment  ilmiy  tadqiqotlarning  mustaqil  sohasi 
kabi  keng  tan  olindi.  Birinchi  bor  omilkor  rahbarlar  va  olimlar  ilm- 
fan  va  texnikada  foydalaniladigan  usullar  va  yondashuvlar  tashki­
lot  maqsadlariga  erishish  amaliyotida  ham  samarali  ishlatilishi 
mumkinligini  ko'rdilar.

3 savol javobi

Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan. Ular:


  • Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar

  • Oqil va sog’lom fikr

  • Jozibali va e’tiborli mahsulot

  • Intizom

  • Xodimga nisbatan e’tiborli bo’lish

  • Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisobot

  • Dispetcherlash

  • Me'yor va jadvallar

  • Sharoit bilan ta'minlash

  • Jarayonlarni me'yorlash

  • Standart yo'riqnomalar tayyorlash

Unumdorlikni rag'batlantirish

4-savol javobi



Bizga tarixdan ma’lumki, yurtimiz uzoq yillik davlatchilik asoslariga ega. Eng qadimgi davrlarda ham vatanimiz hududida Xorazm, Sug’diyona, Parfiya, Baqtriya davlatlari hukm surgan. Keyinchalik Amir Temur davriga kelib o'zbek davlati dunyoning eng kuchli mamlakati bo’lgan.Hozirgi kunda hamyurtimiz o’zining boshqaruv prinsiplariga ega davlat hisoblanadi. Misol tariqasida marhum yurtboshimiz Islom Karimovning muallifligi asosida ishlab chiqilgan O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish rejasi – “O’zbek modeli”ni aytib o'tish mumkin. Ushbu model 5ta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:

  • Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;

  • Davlat – bosh islohotchi;

  • Qonunning barcha sohalarda ustuvorligi;

  • Kuchli ijtimoiy siyosat;

  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling