Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi «tasdiqlayma n»
Download 1.58 Mb.
|
Umumta'lim geometriya ijtimoiy ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Умумий қоидалар
- II. Рейтинг тизимининг мақсад ва вазифалари
- III. Рейтинг тизимининг асосий тамойиллари ва назорат турлари
- Ўқувчиларнинг билим савиясини баҳолаш ва якуний рейтинг кўрсаткичларини аниқлаш
- V. Рейтинг мониторинги ва таҳлил гуруҳи.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI AKADEMIK LITSEYI «T A S D I Q L A Y M A N» Akademik litsey direktori ______________ Z.B.Kuziyev
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2020-yil 14-avgustdagi № 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Tayyorlov yo’nalishi: Ijtimoiy - gumanitar fanlar yo’nalishi o’quvchilari uchun. Kafedraning 2020 yil 30 sentabr yig’ilishida muhokama etilgan kafedra mudiri: ____________ N.N.Raximov Samarqand-2020 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 25 avgustda tasdiqlangan namunaviy o’quv reja asosida ishlab chiqilgan ishchi o’quv rejasiga ko’ra GEOMETRIYA fanidan o’quvchining umumiy o’quv yuklamasi 108 soat, shu jumladan mashg’ulot turlari bo’yicha ajratilgan soatlar:
Tuzuvchilar: 1. Raximov Nasriddin, SamDCHTI akademik litsey matematika fani bosh o’qituvchisi. 2. Rayimqulov Pardamurod, SamDCHTI akademik litsey matematika fani yetakchi o’qituvchisi. 3. Pulatov Oybek, SamDCHTI akademik litsey matematika fani yetakchi o’qituvchisi.
Bayonnoma №2. .
Uqtirish xati………………………………………………………..………………….. Fan (moduli) ning mashg’ulotlari bo’yicha mavzular rejasi va mazmuni……………. O’quv fani (moduli) ning moddiy-texnik ta’minoti ……...................................……... Fan (moduli) ning o’zlashtirish darajasining nazorati va baholash…………………… Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro’yxati…….....................................………….. Ekspert guruhi xulosasi................................................................................................... GEOMETRIYA (108 soat, haftasiga 2 soat) I. O‘quv fanining dolzarbligi va ta’limdagi o‘rni Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillar asos qilib olindi: - uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash; - mavzu va boblarni mantiqiy ketma-ketligi saqlash; - o‘quvchilarni uzluksiz ta’limni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirishga tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi ekanligi; - mavzularni ta’lim turlarida bir xil talqinda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishish; - matematika fanini o‘zlashtirishning yagona va effektiv yo‘li masala hamda misollar yechishga alohida e’tibor berishdan iboratligi; Akademik litseyda matematika fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: -o‘quvchilarni kundalik hayotda, mehnat faoliyatida, shuningdek, kelgusida bilim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘ladigan matematik bilim va malakalar sistemasini chuqur va ongli ravishda o‘zlashtirishini ta’minlash; -o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql- zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashish; - o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib topishi va rivojlanishini ta’minlash; - o‘quvchilarni qomusiy olimlarimizning matematika rivojiga qo‘shgan ulkan xissalaridan xabardor qilish; -jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirish Ushbu o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Geometrya» fani bo‘yicha o‘quv metodik kengashida muhokama qilingan va namunaviy o‘quv dasturi sifatida tavsiya etilgan. II. Fanning maqsadi va vazifalari - akademik litseydai o‘rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo‘lgani uchun ham bu yerda matematika o‘qitishda o‘quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o‘stirish; - o‘quvchilarni funkstiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o‘rgatish; - tenglama va tengsizliklarni echishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o‘rgatish; - fazoviy jismlarning xossalarini o‘rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini echishga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish; - o‘quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar echish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat. III. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar Fazoviy geometrik shakllar (jismlar), ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar, ko‘p yoqliklar: prizma, parallelepiped, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va ularning elementlarini tasavvur qiladi va biladi, ba’zi ko‘p yoqliklarning yon sirti va to‘la sirtini hisoblash formulalaridan foydalana oladi. kesishuvchi, parallel va ayqash to‘g‘ri chiziqlar, kesishuvchi va parallel tekisliklar, fazoda to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari biladi va ko‘pyoqliklarning sodda kesimlarini yasaydi; fazoda ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda ikki tekislikning o‘zaro joylashuvi, parallel to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari farqlaydi, fazoviy jismlarni tekislikda tasvirlaydi; fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi tushunchalari, perpendikulyar to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari, perpendikulyar va og‘ma, fazoda masofalarni aniqlash, nuqtadan to‘g‘ri chiziqqacha va tekislikkacha bo‘lgan masofalarni hisoblashlarni biladi, fazoda ortogonal proyeksiya va undan texnik chizmachilikda foydalanadi. o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida, berilgan kichik o‘quv-tadqiqot mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi. Fazoda dekart koordinatalari, ikki nuqta orasidagi masofa, kesma o‘rtasining koordinatalarini tasavvur qiladi; fazoda simmetrik almashtirishlar: markaziy va o‘q simmetriya, tabiatda va texnikada simmetriya, fazoda harakat va parallel ko‘chish, fazoviy jismlarning o‘xshashligi, ikki to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri chiziq va tekislik, ikki tekislik orasidagi burchaklarni biladi, ko‘pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzi formulasidan foydalanadi, fazoda vektorlar va ular ustida amallarni bajaradi, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi, vektor uzunligi va ikki vektor orasidagi burchakni topadi; prizma, uning turlari va kesimlarini biladi; prizmaning yon sirti, to‘la sirti va hajmini hisoblaydi; prizma yoyilmasi va uni yasash ishlarini bajaradi; silindr, uning elementlari va kesimlarini tasavvur qiladi; silindrning yon sirti va to‘la sirtini hisoblaydi; silindr yoyilmasi va uni yasashga doir masalalarni yechadi; prizmaga ichki va tashqi chizilgan silindrlarni tasavvur qiladi; silindrning hajmini hisoblaydi; piramida, uning turlari va kesimlari, muntazam piramidaning xossalaridan foydalanadi; piramidaning yon sirti, to‘la sirti va hajmini hisoblaydi; piramida yoyilmasi va uni yasashga doir ish bajaradi; konus, kesik konus, ularning elementlari va kesimlarini biladi; konus va kesik konusning yon sirti va to‘la sirtini topadi; konus yoyilmasi va uni yasashni bajaradi; piramidaga ichki va tashqi chizilgan konuslarni tasavvur qiladi; konusning hajmini topadi; sfera, uning elementlari va kesimlari biladi; sferaning sirti sferik segment va kamarning sirtini topadi; shar, uning elementlari va kesimlarini tasavvur qiladi; sharga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqliklar, konuslar va silindrlarga doir bilimlarga ega; sharning hajmi, shar sigmenti, sektori va qatlamining hajmini topadi; muntazam ko‘pyoqliklar va ularning turlarini biladi; sharga tashqi chizilgan ko‘pyoqlikning hajmini hisoblaydi; muntazam ko‘pyoqliklarning yoyilmalari va ularni yasaydi va yechadi. o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida, berilgan kichik o‘quv-tadqiqot mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi.
Planimetriyani tizimli takrorlash.Planimetriyaning mantiqiy tuzilishi. Geometrik masalalar va ularni yechish usullari. Bobni takrorlashga doir amaliy mashqlar. Uchburchaklar, to’rtburchaklar, aylana va doira. Yuzalar. II BOB. STEREOMETRIYAGA KIRISH (6 soat) Fazoviy geometrik shakllar.Ko‘pyoqlar: prizma, parallelepiped, kub, piramida va ularning elementlari. III BOB. FAZODA TO‘G‘RI CHIZIQLAR VA TEKISLIKLAR (6 soat) Fazoda ayqash, parallel va kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar.To‘g‘ri chiziqning tekislikka parallelligi. Kesishuvchi va parallel tekisliklar. Stereometriya aksiomalari va ulardan kelib chiquvchi natijalar. IV BOB. FAZODA TO‘G‘RI CHIZIQLAR VA TEKISLIKLARNING PARALLELLIGI (6 soat) Fazoda parallel to‘g‘ri chiziqlar va ularning xossalari.Parallelepipedning xossalari.To‘g‘ri chiziqlarning ayqashlik alomati. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak. Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. Tekislikka parallel to‘g‘ri chiziqlar va ularning xossalari. Tekislikka parallel to‘g‘ri chiziqlar va ularning xossalari. Parallel tekisliklar va ularning xossalari. Parallel tekisliklar va ularning xossalari. Fazodagi shaklni tekislikka parallel proyeksiyalsh. Parallel proyeksiya va uning xossalari. V BOB. FAZODA TO‘G‘RI CHIZIQ VA TEKISLIKNING PERPENDIKULYARLIGI (6 soat) Fazoda perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. Tekislikka perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. Fazodagi perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlarning xossalari. To‘g‘ri chiziqlarning perpendikulyarlik alomati. Umumlashgan Pifagor teoremasi. Fazoda tekislikka tushirilgan perpendikulyar va og‘ma. Nuqtadan tekislikkacha bo‘lgan masofa. To‘g‘ri chiziqdan unga parallel bo‘lgan tekislikkacha bo‘lgan masofa. Parallel tekisliklar orasidagi masofa. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa. Uch perpendikulyarlar haqidagi teoremava unga teskari teorema. Ikki yoqli burchak va uning elementlari.Ikki yoqli burchakning chiziqli burchagi.Tekisliklar orasidagi burchak.Fazoda perpendikulyar tekisliklar. Tekisliklarning perpendikulyarlik alomati va undan kelib chiqadigan natijalar. Fazoda ortogonal proyeksiya.Ko‘pburchakning ortogonal proyeksiyasining yuzi. Ortogonal proyeksiyadan texnikada foydalanish.
Takrorlashga doir masalalar. II BOB. FAZODA DEKART KOORDINATALARI VA VEKTORLAR (12 soat) Fazoda dekart koordinatalari.Ikki nuqta orasidagi masofa. Sfera va shar tenglamasi. Kesma o‘rtasining koordinatalari. Fazoda vektorlar va ular ustida amallar. Kollinear va komplanar vektorlar. Vektorlarning skalyar ko‘paytmasi. Vektor uzunligi va ikki vektor orasidagi burchak. Fazoda geometrik almashtirishlar: Harakat va parallel ko‘chish. Fazoda markaziy simmetriya.Tekislikka nisbatan simmetriya. Burish va o‘qqa nisbatan simmetriya. Tabiatda va texnikada simmetriya. Fazoyiy jismlarning o‘xshashligi. VIII BOB. PRIZMA VA SILINDR (6 soat) Ikki yoqli burchak va uning elementlari. Ko‘pyoqli burchaklar. Geometrik jism va ko‘pyoq. Qavariq ko‘pyoqlar. Eyler teoremasi va uning natijalari. Muntazam ko‘pyoqlar. Prizma va uning elementlari. To‘g‘ri va og‘ma prizmalar. Muntazam prizma. Prizmaning balandligi. Prizmaning kesimlari. Diagonal va perpendikulyar kesimlar. Parallelepiped va uning xossalari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped va uning o‘lchamlari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped diagonalining uzunligi. Kub va uning xossalari. Prizmaning yon va to‘la sirtini hisoblash formulalari. Hajm tushunchasi. Birlik kub. Parallelepipedning hajmini hisoblash formulalari. Prizmaning hajmini hisoblash formulalari. Silindr. Silindrning o‘qi, yasovchisi, asoslari. Silindrning yon va to‘la sirti. To‘g‘ri va og‘ma silindr. Silindrning balandligi. Silindrning o‘q kesimi. Silindrga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlar. Silindrning hajmi.
Piramida va uning elementlari. Piramidaning balandligi. Piramidaning yon va to‘la sirti. Muntazam piramida va uning apofemasi. Muntazam piramida xossalari. Kesik piramida va uning elementlari. Kesik piramidaning yon sirti. Piramidaning hajmini hisoblash formulalari. Kesik piramidaning hajmi. Konus. Konusning o‘qi, yasovchisi, asosi. Konusning yon va to‘la sirti. To‘g‘ri va og‘ma konus. Konusning balandligi. Konusning o‘q kesimi. Konusga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlar. Konusning hajmi. Kesik konus va uning elementlari. Kesik konusning yon va to‘la sirti. Kesik konusning hajmi. O‘xshash jismlarning hajmlari haqidagi teorema. X BOB. SFERA VA SHAR (12 soat) Shar va sfera. Ularning elementlari va tenglamalari. Shar kesimlari.Sharning diametr tekisligi. Sharga urinma tekislik va urinma to‘g‘ri chiziq. Tashqi va ichki chizilgan sharlar. Kavalyeri prinsipi.Sharning hajmini hisoblash formulasi.Shar bo‘laklari: shar halqasi, shar segmenti, shar sektori, shar kamari va ularning elementlari. Shar bo‘laklari hajmini hisoblash formulalari. Sfera sirtining yuzi formulasi va undan kelib chiqadigan natijalar. XI BOB. TAKRORLASH (12 soat) Stereometriya kursini takrorlash. Yakuniy nazorat ishi.Nazorat ishi tahlili, xatolar ustida ishlash. O’quv rejasida “GEOMETRIYA” faniga ajratilgan soat miqdori va dars turlari bo’yicha taqsimoti
2-kurs O’quv rejasida “GEOMETRIYA ” faniga ajratilgan soat miqdori va dars turlari bo’yicha
O’QUV FANI (MODULI)NING MODDIY-TEXNIK TA’MINOTI ”Geometriya” fani o’qitishda o’quv jihozlar, O’quv ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalaridan samarali foydalanish usullari O’qitishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish pedagogikaning asosiy masalalaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab mutafakkirlar fikrlarini bildirgan va xar qanday ta’limda ko’rgazmali usulning samarali ekanligini ta’kidlaganlar. Hozirgi kunda xam o’qitishda ko’rgazmali vositalarning o’rni muhim hisoblanadi, ya’ni ta’lim oluvchilarga zarur bilimlarni yetkazishda asosiy axamiyatli metodik ob’yekt sifatida ko’rgazmali vositalardan foydalanish samarali ekanligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim jarayonida o’qitilayotgan fanlardan «Geometriya» fanini o’qitishda bu usul katta samara beradi. Mashxur didakt Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida kurgazmali vositalardan foydalanishga asosiy urgu berilib: «... o’quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo’lgan narsalarni, albatta, sezgilari vositasi bilan, ya’ni –ko’rish mumkin bo’lgan narsalarni ko’z bilan ko’rib, eshitish mumkin bulgan narsalarni quloq bilan eshtib, ushlab sezish mumkin bo’lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak, deyiladi. Ya’ni talaba (o’quvchi) xaqiqatni o’zlari o’rganishlari, xaqiqiy dunyoni bevosita idrok qilish asosida bilishlari lozim. O’qitish jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali vositalarga quyidagilar kiradi: - real obyektlarni aks etgaruvchi maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar plakatlar, sxemalar, rasmlar, fotosuratlar; - ko’rgazmalilikning texnik namoyish kilish vositalari - axborot texnologiyalarining zamonavii vositalari. Ushbulardan kelib chiqqan holda ko’rgazmalilikni ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: Illyustrasiyon va namoyish qilish usullari. O’qitishning illyustrasiya usuli o’z ichiga plakatlar, xaritalar, sxemalar, rasmlar, fotosuratlar, jadvallar va boshkalarni ko’rsatishni oladi. Namoyish qilish usuli esa, zamonaviy texnika vositalari yordamida (kompyuter, proyektor) dinamik qo’llanmalar, asl holidagi tabiiy obyektlarni ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ya’ni o’rgatuvchi dastur – bu o’quvchining o’quv faoliyatini boshqaruvchi dastur va odatda qisman, o’qituvchi vazifalarini bajaradi. O’rgatuvchi dasturida quyidagi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin: - o’quv materiallari (matnlar, rasmla, sxemalar, masalalar, savollar va x.k) - aynan qanday o’quv materialini va o’quvchiga qanday ketma-kutlikda taqdim etishni aniqlovchi maxsus dastur. Ko’rgazmali vositalar quyidagi tamoyillariga javob berishi lozim: 1-tamoyil: Vositaning fanda o’qitiladigan mavzular uzluksizligini qamrab olishi, ya’ni jami o’tiladigan o’quv materiallari uchun yetarli manba sifatida qo’llashga mosligi. 2-tamoyil: Tarixiy materiallardan foydalanish, ya’ni fanning rivojlanish bosqichlarida erishilgan yutuqlarni ifoda etilishi. 3-tamoyil: Qiziqtirish tamoyili, ya’ni yoritilgan materiallarning foydalanuvchi uchun ishonchliligi; 4-tamoyil: Izlanishga o’rgatish tamoyili – ko’rgazmali vositada yoritilgan materiallar negizida yangi fikrlar tug’ilishiga asos bo’lishi. 5-tamoyil: Fan uchun umumiy axborotlarning jamlanganligi. Ya’ni Davlat ta’lim Standartlariga mos ravishda, doimo asosiy bilim, ko’nikma malakalarni olishga asosiy manba bo’lib qolishi ko’zda tutilmog’i lozim. MODDIY-TEXNIK TA’MINOT RO’YXATI Kompyuterlar; Videoproyektor; Videoglaz (videoko’z); Printer, skaner; Mikrafon, Ovovz kononkalari (akustik kolonkalar); Vebkamera; Modemlar (ichki, tashqi, USB-modemlar); Fleshkalar, disklar; Raqamli foto va video kameralar; Plotter; Planshet; Академик лицей ўқувчиларининг билим савияси, кўникма ва малакаларини назорат қилишнинг рейтинг тизими тўғрисидаги низом Ушбу Низом ЎМКҲТ Марказининг 2005 йил 17 августдаги 192-сонли буйруғи билан тасдиқланган «Академик лицейлар ва касб-ҳунар коллежлари ўқувчиларининг билим савияси, кўникма ва малакаларини назорат қилишнинг рейтинг тизими тўғрисидаги Муваққат Низом» асосида ишлаб чиқилган ва SamDCTI академик лицей илмий-педагогик кенгаши томонидан тасдиқланган.1. Умумий қоидаларАкадемик лицей ўқувчиларининг билим савияси, кўникма ва малакаларини назорат қилишнинг рейтинг тизими Ўзбекистон Республикасининг «Кадралар тайёрлаш миллий дастури тўғрисида»ги қонуни ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 13 майдаги «Ўзбекистон Республикасида ўрта махсус, касб-ҳунар таълимини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида» 204-сонли қарорига мувофиқ ташкил этилади. Академик лицей ўқувчиларининг билим савияси, кўникма ва малакаларини назорат қилишнинг рейтинг тизими Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2000 йил 16 октябрдаги «Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими Давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 400-сонли қарори билан тасдиқланган «Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими Давлат таълим стандартлари»нинг таркибий қисми бўлиб, жорий этилади ва мазкур Низом асосида амалга оширилади. II. Рейтинг тизимининг мақсад ва вазифалариРейтинг тизимининг мақсад ва вазифалари қуйидагилардан иборат: Академик лицей ўқувчиларида Давлат таълим стандартларига мувофиқ тегишли билим, кўникма ва малакалари савиясини шаклланганлиги даражасини назорат қилиш; Ўқувчилар билими, кўникма ва малакаларини баҳолашнинг асосий тамойиллари: стандартга асосланганлик, аниқлик, ҳаққонийлик, ишончлилик ва қулай шаклда баҳолашни таъминлаш; Ўқувчилар билими, кўникма ва малакалари даражаларини таққослаш ва таълим жараёнида ўзаро мусобақа муҳитини яратиш; Ўқувчиларнинг фанлар бўйича комплекс ҳамда узлуксиз тайёргарлигини таъминлаш; Ўқитувчининг фаолиятидаги масъулиятини ошириш ва унинг педагогик меҳнати самарасини ҳолисона баҳолаш; Ўқувчиларнинг ҳар бир фан ва амалиёт турлари бўйича ўзлаштириш даражасини аниқлаш; Ўқувчилар билим, кўникма ва малакалари савиясини шакллантириш суръатини мунтазам равишда таҳлил қилиб бориш. III. Рейтинг тизимининг асосий тамойиллари ва назорат турлариЎқитиш савияси ва ўзлаштириш даражасининг давлат таълим стандартларига мувофиқлигини таъминлаш учун қуйидаги назорат тадбирларини ўтказиш назарда тутилади: -жорий назорат (ЖН) – оғзаки сўровлар, коллоквиумлар, семинарлар, ёзма ишлар (диктант, баён, иншо), лаборатория ишлари, уй вазифалари, тестлар ва шу каби сўров шакллари орқали амалга оширилади; -оралиқ назорат (ОН) - фаннинг маълум бир қисми, бўлими якунлангандан сўнг ўтказилади. Оралиқ назоратни ўтказиш тартиби ва шакли академик лицейнинг тегишли кафедралари томонидан белгиланади; -якуний назорат (ЯН) – семестр тамом бўлгандан кейин амалга оширилади. Фан тугалланишида якуний назорат «Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларида ўқувчилар билимини баҳолашда рейтинг тизимининг якуний баҳолаш босқичида таянч сўз ва ибораларга асосланган «Ёзма иш» усулини тадбиқ этиш бўйича муваққат Низом» талабларига мувофиқ ўтказилади. Бошқа ҳолларда якуний назоратни ўтказиш тартиби ва шакли академик лицейнинг илмий-педагогик кенгаши томонидан белгиланади. Рейтинг тизимини жорий қилишда қуйидаги асосий тамойилларнинг бажарилиши зарур; - ҳар бир предмет бўйича тегишли кафедралар томонидан мақулланган вариантлар асосида бошланғич назорат (БН) ўтказилади. Бошланғич назоратнинг рейтинг мониторинги ва таҳлил гуруҳи томонидан ўтказилиши мақсадга мувофиқ; - ўқув дастурининг мантиқан тугалланган бўлими бўйича ўқувчи албатта баҳоланиши шарт ва натижа ўтиш бали - 3 баллдан паст бўлганда шу бўлим бўйича қайта назорат белгиланади. Ушбу бўлимларни тегишли кафедралар аниқлайди; - якуний назорат кафедралар томонидан тузилган вариантлар асосида рейтинг мониторинги ва таҳлили гуруҳи кузатуви остида ўтказилади. Семестр мобайнида ўқув юкламаси 24 соатдан кам бўлган фанлардан оралиқ назорат ўтказилиши шарт эмас.
Ўқувчиларнинг билим савиясини баҳолаш ва якуний рейтинг кўрсаткичларини аниқлашЎқувчиларнинг билим савияси, кўникма ва малакаларини назорат қилишнинг рейтинг тизими асосида ўқувчининг ҳар бир фан (предмет) бўйича ўзлаштириш даражасини баллар орқали ифодалаш ётади. Ҳар бир назорат (сўров) тури қандай шаклда ўтказилишидан қатъий назар 5 баллик («5», «4», «3», «2») усулда бутун сонлар ёрдамида баҳоланади. Бошланғич назоратнинг натижаси бошқа назоратдан олинган балларга қўшилмайди. У ўқувчининг семестр давомида ушбу фан бўйича ўзлаштириш суръатини таҳлил қилишда, ўқитувчининг ўқувчилар билан ишлаш фаолиятининг самараси мезони сифатида қўлланилади. Муайян фан (предмет) бўйича ўқувчининг семестр мобайнида тўплаши мумкин бўлган умумий бали (Rcеместр) максимум 5 бални ташкил қилиб, қуйидагича ҳисобланади: бу ерда: ЖН – ўқувчининг семестр давомида жорий назорат бўйича, бутун сонга яхлитланган, ўртача бали ОН – ўқувчининг семестр давомида оралик назоратлар бўйича, бутун сонга яхлитланган, ўртача бали. Агар фаннинг семестр бўйича юкламаси 24 соатдан кам бўлиб, оралиқ назорат ўтказилмаган тақдирда, бўлади.Муайян фан ёки ўқув амалиёт бўйича йиллик умумий балл сифатида семестрларда тўпланган умумий балларнинг ўртачаси олинади Ҳар бир фан бўйича умумий рейтинг балл R йиллар бўйича тўпланган умумий рейтинг балларининг ўрта қиймати каби аниқланади ( масалан, фан уч йил ўқитилса), Касбий амалиёт учун ҳам максимал балл 5 баллни ташкил этади. Давлат имтиҳон (аттестация)лари ва курсдан-курсга ўтиш имтиҳонлари 5 баллик («5», «4», «3», «2») усулда баҳоланади. Агар назоратлар (имтиҳонлар) тест кўринишида ўтказилса, унда тўғри жавобларнинг фоиз ҳисобига кўра балл қуйидаги жадвал асосида аниқланади:
V. Рейтинг мониторинги ва таҳлил гуруҳи.Академик лицейда рейтинг тизимини тўлақонли жорий этиш, ўқитувчиларга услубий ёрдам кўрсатиш, рейтинг натижаларини доимий равишда таҳлил қилиб бориш мақсадида кафедра мудирлари, ЭҲМ оператори, рухшунос ва бошқа тажрибали ўқитувчилардан иборат рейтинг мониторинги ва таҳлил гуруҳи тузилади. Унга директорнинг ўқув ишлари бўйича ўринбосари раҳбарлик қилади. Рейтинг мониторинг ва таҳлил гуруҳи ўз фаолиятини мазкур Низом ҳамда «Таълим муассасасининг рейтинг мониторинги ва таҳлил гуруҳи тўғриси»даги Низомларга мувофиқ амалга оширади. SamDU qoshidagi 2-son akademik litseyi Informatika matematika fanlar kafedrasi geometriya fanidan talabalarni baholash mezoni (5 ballik tizim bo’yicha) JORIY NAZORAT 1.O’quvchi o’tilgan mavzuni ketma-ket va to’liq bayon qilib, teorema va ta’riflarni bayon qilib isbotlasa va mavzuga doir masala va misollarni me’yoriga yetkazib yechsa qo’shimcha savollarga javob bersa “5” ball qo’yiladi. 2.O’quvchi o’tilgan mavzuni to’liq bayon qilib, ta’rif va teoremalarni bayon qilib bilganlarini masalaga taqbiq eta olsa, qo’shimcha savollarga javob bersa “4” ball qo’yiladi. 3.O’quvchi o’tilgan mavzuni to’liq bayon qila olmasa, ta’rifni tushuntira olmasa, misollarni me’yoriga yetkaza olmasa, qo’shimcha savollarga chala javob bersa “3” ball qo’yiladi. 4.O’quvchi o’tilgan mavzuni aytib bera olmasa, qo’shimcha savollarga javob bera olmasa, oddiy misollarni yecha olmasa “2” ball qo’yiladi.
1.O’quvchi o’tilgan mavzuni ketma-ket va to’liq bayon qilib, teorema va ta’riflarni bayon qilib isbotlasa va mavzuga doir masala va misollarni me’yoriga yetkazib yechsa qo’shimcha savollarga javob bersa agar nazorat ishlari test savollaridan iborat bo’lib, savollarning 85% ziyotiga javob bera olsa “5” ball qo’yiladi. 2.O’quvchi o’tilgan mavzuni to’liq bayon qilib, ta’rif va teoremalarni bayon qilib bilganlarini masalaga taqbiq eta olsa, qo’shimcha savollarga javob bersa agar nazorat ishlari test savollaridan iborat bo’lib, savollarning 75% ziyotiga javob bera olsa “4” ball qo’yiladi. 3.O’quvchi o’tilgan mavzuni to’liq bayon qila olmasa, ta’rifni tushuntira olmasa, misollarni me’yoriga yetkaza olmasa, qo’shimcha savollarga chala javob bersa agar nazorat ishlari test savollaridan iborat bo’lib, savollarning 57% ziyotiga javob bera olsa “3” ball qo’yiladi. 4.O’quvchi o’tilgan mavzuni aytib bera olmasa, qo’shimcha savollarga javob bera olmasa, oddiy misollarni yecha olmasa agar nazorat ishlari test savollaridan iborat bo’lib, savollarning 57% kamiga javob bersa “2” ball qo’yiladi. Kafedra mudiri:_______________ N. N. Raximov FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mal Coad and other. Mathematics for the international student: Mathematical Studies SL second edition (For use IB diploma programme). Haese and Harris Publications 2010. 2. Bill Roberts, Sandy MacKenzie. Mathematics: Higher level for the IB diploma (CD inside). Oxford University Press 2007. 3. Mathematics Syllabus. Pre-University H2 mathematics. Ministry of Education . Cirriculum Planning and Development Division. Singapore. 2015 4. Mathematics Syllabus. Secondary One to Four. Normal (Technical) Course. Ministry of Education . Cirriculum Planning and Development Division. Singapore. 2012 5. I.Isroilov va b. Geometriyadan masalalar to’plami-T.:2001,2010 6. A.V.Pogorelov Geometriya. O’rta maktabning 7-11-sinflari uchun darslik –T.: O’qituvchi, 1992 7. I.Isroilov va b. Geometriya 1,2-qism-T.:2010 8. I.Isroilov va b. Geometriya 2-qism-T.:2010 9. M.I. Skanavi. Matematikadan masalalar to’plami. T:2019 10. Geometriya 10-sinf 1, 2-qism. B. Q. Haydarov. T.:2017 11. Geometriya 11-sinf. B. Q. Haydarov. T.:2018 12. X.M. Sayfullayeva. Geometriya T.: 2002 13. T.R. To’laganov. Uchburchak geometriyasi. T.:1997 14. Matematikadan mavzulashtirilgan testlar to’plami. 1996-2007. II. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. A’zamov A., B. Haydarov. Matematika sayyorasi. Toshkent. «O‘qituvchi», 1993. 2. M. A. Mirzaaxmedov, A. A. Raximqoriyev, 5- sinfda matematika,o‘qituvchilar uchun qo‘llanma, Toshkent, «O‘zbekiston ensiklopediyasi» 2007. 3. M. A. Mirzaaxmedov, A. A. Raximqoriyev, Matematika – 5, masalalar to‘plami, Toshkent, «O‘zbekiston ensiklopediyasi», 2007. 4. Saitov Yo. «Matematika va matematiklar haqida». Toshkent. «O‘qituvchi», 1992. 5. Yosh matematik qomusiy lug‘ati. Toshkent. «O‘zbekiston ensiklopediyasi», 1991. 6. A.Qo‘chqorov., Ismailov Sh. Mantiqiymasalalar/ Toshkent, 2008 y. 7. B.Abdurahmonov. Matematik induksiya metodi/ Toshkent, 2008 y. 8. I.Isroilov, I.Pashaev Geometriya. Darslik. -T.: O‘qituvchi, 2011. 9. Sh.Ismailov, A. Qo‘chqorov, B. Abdurahmonov. Tengsizliklar-I-III. Isbotlashning klassik usullari / Toshkent, 2008 y. 10. Sh.Ismailov, O. Axmedov, M. Ro‘ziboev. Matematikadan olimpiada testlari Toshkent, 2008 y. 11. Sh.Ismailov. Sonlar nazariyasi/ Toshkent, 2008 y. 12. Кордемский Б. А. Математическая смекалка. Москва. «Наука», 1991. 13. Максимовская М. А. Тесты по математике 5–11 классы. Москва, «Олимп», 1999. 14. Кузнецова Л. В., Сафонова Н. В. Математика 5-класс, Тематические тесты, Москва, «Просвещение», 2010. 15. Г. В. Дорофеев и др., Математика 5-класс, Дедактические материалы, Москва, «Просвещение», 2010. 16. Г. В. Дорофеев и др. Математика 5-класс, Учебник, «Просвещение», 2010. 17. Е. А. Бунимов и др., Математика 5-класс, Рабочая тетрадь, Москва, «Просвещение», 2010. 18. И. Ф. Шарыгин. Задачи на смекалку, Москва, «Просвещение», 2010. 19. Л. Г. Петерсон, И. Г. Липатникова, Устные упражнения на уроках математики 5-класс, Москва, «Школа 2000», 2008. 20. Н. Я. Виленкин и др. Математика 5-класс, учебник, Москва,«Мнемозина», 2008. 21. М. А. Кубышева. Сборник самостоятельных и контрольных работ, Москва, «Школа 2000», 2008. 22. Э.Р.Нурк, А.Э.Тельгмаа, Математика – 5, учебник, Москва, «Просвещение», 1992. 23. М. А. Кубышева, Математика 5, Методические материалы, Москва, «Школа 2000.», 2006. 24. Г. В. Дорофеев, Л. Г. Петерсон, Математика – 5, учебник, Москва, «Ювента», 2010. 25. Roy Edwards, Mary Edwards, Alan Ward, «Cambridge mathematics» Module 5, 1-6 Books, Cambridge University press» 1998. 26. Roy Edwards, Mary Edwards, Alan Ward, «Cambridge mathematics»Module 6, 1-6 Books, Cambridge University press» 1998. 27. Johannes Paasonen «Ahaa mathematiikkaa 5-9», Porvoo-Helsinki-Juva, 1993. 28. Nicole Pene, Philippe Deprasle «Decimale, Math 5», Berlin, Paris, 1999 29. Jennie M. Bennett and others, «Pre-Algebra» Holt, Rinehart and Winston, New York, 2004 30. Александров А. Д., Вернер А, Л., Рыжик В, И. Геометрия для 10–11-х классов: учеб.пособие для учащихся шк. и классов с углубленным изучением математики – 3-е. изд. – М.: Просвещение, 1992. – 464 с. 31. Ал-Хоразмий Муҳаммад ибн Муса. Танланган асарлар. Математика, астрономия, география.— Тошкент: Фан, 1983. 32. Асадова М. Ўрта Осиё машҳур олимлари ва уларнинг математикага оид ишлари.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1983. 33. Афонина С. И. Математика ва гўзаллик — Тошкент: «Ўқитувчи», 1987. 34. Бевз Г. П. Геометрия: Учебник для 7-11 кл. / Г. П. Бевз, В. Г. Бевз, Н.Г. Владимирова. – М.: Просвещение, 1990. 35. Виноградов И. М. Основы теории чисел.— М.: Наука. 1981.—168 бет 36. Гайштут А., Литвиненко Г. Стереометрия. Задачник к школьному курсу 10–11-го класса. – М.: АСТ-ПРЕСС,1998. – 156 с. 37. Геометрия: Учеб.для 10 – 11 кл. общеобразоват. учреждений/ А. С. Атанасян, В. Ф. Бутузов, С. Б. Кадомцев и др. – М.: Просвещение, 1998. 38. Гиндикин С. Г. Физиклар ва математикалар ҳақида хикоялар.—Тошкент: «Ўқитувчи», 1989. 39. Гнеденко Б. В., Хинчин А. Я. Элементарное введение в теорию вероятностей.— М.: Наука, 1982.—168 бет. 40. Жуманов К. О. Математика чукур ўргатиладиган синфларда геометрия. — Тошкент: «Ўқитувчи», 1984. 41. Зив Б. Г. И др. Задачи по геометрии для 7–11-х классов /Б.Г.Зив,В.М.Мейлер,А. Г. Баханский.– М.: Просвещение,1991. – 171 с. 42. Исхоқов И. Ш. Математика олимпиадаларига тайёрланиш қўлланмаси,— Тошкент: «Ўқитувчи», 1975. 43. Киселев А. П. Элементарная геометрия. Книга для учителя / А. П. Киселев. – М.: Просвещение, 1980. – 287 с. 44. Колмогоров А. Н., Журбенко И. Г., Прохоров А. В. Введение в теорию вероятностей.—М.: Наука, 1982.—160 бет— («Квант» кироатхонаси). 45. Крамор В. С. Повторяем и систематизируем школьный курс по геометрии / В. С. Крамор. – М.: Просвещение,1992.– 320 с. 46. Левитас Г. Г. Ҳужумда... математика. — Тошкент: «Ёш гвардия», 1989.47. Мавашев Д. Математик олимпиадаларда бериладиган масалалар.—Тошкент: Ўқитувчи», 1974. 48. Мавашев Д. Математикадан тугарак машғулотлари.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1972. 49. Международные математические олимпиады.— М.: Просвещение, 1976.—288 бет. 50. Мирзаахмедов М.А. ва бошқалар. Математика. 1-2 қисмлар, 10-синф.Дарслик – Т.: МЧЖ “Еekstremumpress”, 2017 й. 51. Мостеллер Ф. Пятьдесят занимательных вероятностных задач с решениями.— М.: Наука, 1975.—112 бет. 52. Мухамедов К. Элементар математикадан қўлланма.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1971. 53. Нурметов А., Қодиров И. Математикадан синфдан ташқари ва факультатив машгулотлар.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1980. 54. Отажонов Р. К. Векторлар алгебраси ва уларнинг геометрияга татбиқи.— Тошкент.: «Ўқитувчи», 1976. 55. Отажонов Р. К. Геометрик ясаш методлари.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1978. 56. Перелман Я. И. Қизиқарли арифметика.— Тошкент: Ўздавнашр, 1967. 57. Перелман Я. И. Қизиқарли геометрия.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1967. 58. Погорелов В.А. Геометрия.7-11. – Тошкент: Ўқитувчи,2001. 59. Понтрягин Л. С. Математический анализ для школьников.— М.: Наука, 1980.—88 бет. 60. Сирожиддинов С. X. ва бошқалар. Абу Райхон Беруний асарлари.Математика ва астрономия.— Тошкент: «Фан», 1973. 61. Смирнова И. М. Геометрия: учебное пособие для 10-11 кл. гуманит. профиля. / И. М. Смирнова- М.: Просвещение, 1997. 62. Собиров М. А. Математикадан русча-ўзбекча луғат.— Тошкент:«Ўқитувчи», 1973. 63. Содиқов С. 7- синфда математикадан тўгарак машғулотлари.—Тошкент:— «Ўқитувчи», 1979. 64. Сорокин П. И. Математикадан қизиқарли масалалар.— Тошкент:—«Ўқитувчи», 1970. 65. Стройк Д. Я. Краткий очерк истории математики.— М.: Наука, 1984.—184 бет. 66. Хикматов А.Ғ. Мактаб математика курсида экстремал масалалар.–Тошкент. «Ўқитувчи», 1987. 67. Ҳайдаров Б., Сариқов Е., Қўчқоров А. Геометрия. 9-синф.–Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2014 й. 68. Шарыгин И. Ф. Геометрия 10 – 11 классы. / И. Ф. Шарыгин //Математика – 2006 - №3 - С. 36-38. 69. Шклярский Д. О., Ченцов Н. Н., Яглом И. М. Избранные задачи и теоремы элементарной математики. Арифметика и алгебра.— М.: Наука, 1976.—384 бет. 70. Штейнгауз Г. Математический калейдоскоп.— М.: Наука, 1981.—160 бет. 71. Штейнгауз Г. Сто задач. – М.: Наука, 1977. 72. Энциклопедический словарь юного математика. / Сост. А. П. Савин. –М.: Педагогика, 1985. – 352 с. 73. Юсупов А. Е. Математик кечалар.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1977. 74. Ягудаев Б. Я. Ажойиб сонлар оламида.— Тошкент: «Ўқитувчи», 1979. 75. Erica Lee. Algebra GMAT Strategy Guide, Fifth Edition. Manhattan GMAT Prep, Inc. 2012 76. Alan McSeveny and other. International Mathematics for the Middle Years 2-5. Pearson Education Australia 2007-2009 77. Alex Cappy. Geometry GMAT Strategy Guide, Fifth Edition. Manhattan GMAT Prep, Inc. 2012 78. Тюрин Ю.Н. и др. Теория вероятностей и статистика. Уч. пос. для 7-9кл. 2-изд. М.:МЦНМО: ОАО «Московские учебники, 2008 79. Макарычев Ю.Н, Миндюк Н.Г. Алгебра. Элементы статистики и теорвероятн. Уч. пос. для 7-9кл. М.: Просвещение. 2008 80. Robert Haese and other. Mathematics for the International Student. Mathematics SL third edition. Haese Mathematics 2012 81. Mal Coad and other. Mathematics for the International Student. Mathematics SL third edition. Haese and Harris publication 2010 82. Paul Urban and other. Mathematics for the International Student. International Baccalaureate Mathematics HL Course. Haese and Harris publication 2010 83. Колмогоров А.Н. и др. Алгебра и начала математического анализа. Учебное пособие для 10-11кл. М.: Просвещение. 2018 84. Алимов Ш.А. и др. Алгебра и нач. мат. анализа. 10-11кл. М.: Просвещение.2016 85. Локшин А. А., Иванова Е.А ., Бахтина О . В. Такой же, но не тот же самый ( диаграммы Эйлера в комбинаторных задачах ): Пособие. – М.: МАКС Пресс, 2016. 86. Высоцкий-И.Р. ЕГЭ-2016.-Математика.Теория-вероятностей. Задача-4-проф.ур..Задача-10-баз.ур.. Рабочая-тетрадь. М.:МЦНМО: 2016 87. Амелькин В.В. Дифференциальные уравнения в приложениях. М:Наука:1987. 88. Lee, P. Y., & Lee, N. H. (Edsoat). Teaching secondary school mathematics: A resource book (2nd ed.). Singapore: McGraw-Hill Education. 2009 89. М.А.Мирзааҳмедов, Ш.Н.Исмаилов Математикадан қизиқарли ва олимпиада масалалари. Турон-иқбол 2017 90. М.А.Мирзааҳмедов, Ш.Н.Исмаилов Геометриядан олимпиадага тайёрланамиз. Турон-иқбол 2017 91. М.А.Мирзааҳмедов Математикадан масалалар тўплами. 5,6-синфлар Ғ.Ғулом 2018 92. М.А.Мирзааҳмедов Алгебрадан масалалар тўплами.7-9-синфлар Ғ.Ғулом 2018 93. М.А.Мирзааҳмедов ва б. Математикадан тестлар тўпламлари.4-10-синфлар Ғ.Ғулом 2018
1. http://www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi portali, 2. http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) - O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi portal Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti, 3. http:// www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi sayti 4. http:// www.dtm.uz – Республика тест маркази сайти 5. http://www.giu.uz – Toshkentpedagogikauniversitetihuzuridagixalqta’limixodimlariniqaytatayyorlashvaul arningmalakasinioshirishhududiymarkazisayti, 6. http://www.ziyonet.uz. – Ijtimoiy axborot ta’lim portali, 7. http://www.edunet.uz – maktablar, о‘quvchi va о‘qituvchilar sayti. 8. http://www.kkedu.uz – “Bilimlar bellashuvi” tanlovi materiallari 9. http://www.alledu.ru - “Internet ta’lim” portali (rus tilida), 10. http://mathc.chat.ru/ - Matematik kaleydoskop (rus tilida), 11. http://www.mathematicsoatru - "Matematika” ochiq kolleji sayti 12. http://www.math.ru - Matematika ta’limi sayti 13. http://www. mccme.ru - Moskva uzluksiz matematik ta’lim markazi sayti 14. http://www.allmath.ru - вся математика в одном месте 15. http://eqworld.ipmnet.ru - Мир математических уравнений 16. http://www.exponenta.ru - образовательный математический сайт 17. http://www.neive.by.ru - Геометрический портал 18. http://www.uztest.ru - ЕГЭ по математике: подготовка к тестированию 19. http://zadachi.mccme.ru - Задачи по геометрии: информационно-поисковая система 20. http://tasksoatceemat.ru - Задачник для подготовки к олимпиадам по математике 21. http://www.math-on-line.com - Занимательная математика — школьникам (олимпиады, игры, конкурсы по математике) 22. http://www.problemsoatru - Интернет-проект "Задачи" 23. http://www.etudesoatru - Математические этюды 24. http://www.zaba.ru - Математические олимпиады и олимпиадные задачи
25. http://www.kenguru.ru - Международный математический конкурс "Кенгуру" 26. http://olympiadsoatmccme.ru/mmo/ - Московская математическая олимпиада школьников 27. http://khanakademu.org – Хан академияси масофавий таълим портали 28. http://arbuz.uz/ - Материалы по популярной математике, картинки математического содержания, различные сведения о числе π и др. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling