«sanoat marketingi» kafedrasi
Nazorat va muloxaza uchun savollar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilimlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu. Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining shakllanishi, rivoji va ularning makroiqtisodiy taxlili Reja
- 1.Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari.
- 1. Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.
Nazorat va muloxaza uchun savollar. 1. Nomarksistik nazariyalar qanday nomlangan? 2. Ma’muriy- buyruqbozlik usulining mohiyati nima? 3.Xalq xo‘jaligini rivojlantirish "konsepsiyasi"ga nimalar kiradi? 4. "Optimal reja" tushunchasini kim kiritgan va u qanday ma’noga ega? 5. Iqtisodiy isloxotlar muammosini kachondan muxokama qilish boshlangan? 6.Shurolar davri iqtisodiyotining mohiyati nimadan iborat? Adabiyot. Asosiy adabiyotlar 1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.,O‘zbekiston,1998. 2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001. Qo‘shimcha adabiyot 1. Kostyuk V.N. Istoriya ekonomicheskix ucheniy.m., sentr, 1998. 2.Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy.m.,1999.
60
8-Mavzu. Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining shakllanishi, rivoji va ularning makroiqtisodiy taxlili Reja 1.Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishi. 3.Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik, yangi Keynschilik. 4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish. 5. Xulosa. Tayanch ibora va tushunchalar. Institutsionalizm evolyusiyasi; institutsionalizm oqimlari: ijtimoiy- psixologik, ijtimoiy-xuquqiy, kon’yuktura –statistik; keynsning iqtisodiy ta’limoti; «Umumiy-bandlik nazariyasi»; «Kapitalning eng yukori samaradorligi"; foiz normasi va likvidlik afzalligi, multipliqator; akselerator; neoklassik maktab va neoliberalizm; fridmanning monetar maktabi, neoinstitutsionalizm; gelbreytning konvergensiya nazariyasi.
Bozor munosabatlarining amalda namoyon bo‘lishi, turli mamlakatlar, sohalar va tarmoqlarda bir-biridan farq qilganligi tarixdan ma’lum. Shuningdek, bozor munosabatlari to‘g‘risidagi g‘oya va qarashlar o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan. Birok X1X asr oxiri va XX asr boshiga kelib, iqtisodiy munosabatlar rivojidagi xususiyatlar yangicha yondashuv, taxlil va talqinlarni takozo eta boshlagan. Bu esa, tadqiqotlarning yo‘nalishlarida namayon bo‘ldi. Nazariy tadqiqotlar amaliy faoliyatni chuqurrok o‘z ichiga kamrab olishi bilan bir qatorda, amaliyotda ham nazariy koidalarni qullash uchun intilish kuchaydi,ya’ni nazariya va amaliyot birligi muximdir. X1X asr oxiri va XX asr boshlarida bunday sharoit, xozirgi davr iqtisodiy g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlangich nukta bo‘ldi. Iqtisodiy bilimlar tarixida mazkur g‘oyalarning vujudga kelishi va rivojlanishi asosan uch xil yo‘nalishga ajratib o‘rganilmoqda: Bo‘lar: 1. Ijtimoiy-institutsional; 2. Keynschilik va yangi keynschilik; 3. Neoklassik.
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSh da keng tarkalgan. Yo‘nalishning nomi lotincha "InstItut" - so‘zidan olingan. 61
Yo‘nalish vaqillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining xarakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruxining paydo bo‘lishi shakli xisoblanadi. Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruxlarning odat, an’analari, yurish-turishi, uylash usullari, xuquqiy-axlokiy va boshqa ko‘rinishlar evolyusiyasini tadqiq qiladilar. Institutsionalizm evolyusiyasi uch davrga bo‘linadi. 1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruxshunoslik, biologiya va antropologiya bilan boglaydi. Kommons - ruxshunoslik xuquqini , Mitchell - antropologiya va matematika xisob-kitoblarini ustun kuyadi. 2. Kechki institutsionalizm (1 jaxon urushidan keyin) J.M.Klarkning "iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi" asarlarida, G.A.Berlining "Mulksiz xoqimiyat" va "XX asr kapitalistik inqilobi" asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni xaqidagi maqolalarida kayd etilgan. 3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. Ijtimoy xayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi. 1.ijtimoiy-psixologik (T.Veblen). 2.ijtimoiy-xuquqiy (Jon R.Kommons). 3.emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). Institutsional g‘oyalar evolyusiyasining birinchi davridagi ijtimoiy- iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin. 1-yo‘nalish Torsten-Veblen (Asarlari:2 "Bekorchi sinflar nazariyasi "(1899), "Fanning xozirgi sivilizatsiyadagi urni va boshqa ocherklar" (1919), "Zamonaviy o‘zgaruvchi tizimlar to‘g‘risidagi ocherklar" (1934)) kitoblarida keltiriladi.bo‘larda davrning tabiiy tanlanish ta’limoti insoniyat jamiyatida "Yashash uchun ko‘rash" tamoyili asosida tadbiq qilishga asoslanadi. Markscha sinfiy ko‘rash va umuman sinflar mavjudligi inkor etiladi. Industrial -texnokratik konsepsiyalar ishlab chiqiladi. "Industriya" (barcha ishlab chiqaruvchilarni) va "Biznes" (moliyachilar, tashqilotchilar, tadbirkorlar) 62
nazariyasida ishlab chiqarishning moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari boglanmagan.bu yo‘nalish jamiyatni islox qilishda intelligensiyaning rolini birinchi o‘ringa kuyadi(menedjerlar). 2-yo‘nalish Jon R.Kommons (asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy asoslari»(1924), «Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi urni»(1934), “Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950)asarlarida bayon qilinadi). U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konsepsiyalar to‘g‘risidagi koidalarning o‘zaro korishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari "Odil bo‘lmagan ragbat" illatiga olib kelayotganligi sababli, almashuv munosabatlari odil bo‘lishini ta’minlash, raqobat xavfini yo‘qotishni davlatning yuridik - qonun organlari vositasida xal etish mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi. "Sotsial nizo" ta’limotida nizolarning antogonistik (kelishtirib bo‘lmas) emasligini, ularning jamiyat evolyusiyasining xarakatga keltiruvchi omil ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm o‘rtasidagi munosabat- kelishuv bo‘lib, bu kelishuv: nizo, o‘zaro ta’sir va yechimdan iborat bo‘ladi. U jamiyatda ijtimoiy - qarshiliklar kuchayishi,ya’ni konfliktlarni yuridik kelishuvidan boshqa narsa emas deb xisoblaydi. Jamoatchilik fikri nazoratidagi iqtisodiyotni demonopolizatsiya qiladigan xukumat tuzumi zarurligiga ishonadi. Mulkni o‘z shakliga (moddiy, nomoddiy), karz va karz majburiyatlari ) va ko‘rinmas (kimmatli kogozlarga) ajratadi. Birinchi o‘ringa ishlab chiqarish emas muomala sohasi kuyilgan. 3-yo‘nalish Uesli Kler Mitchell (asari: «Iqtisodiy nazariya tiplari to‘g‘risida leksiyalar»(1935) nomi bilan bog‘liq.U Veblenning shog‘irdi bo‘lib, ishlab chiqarish va biznes qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi fikrni meros qilib olgan.
Odamlarning jamiyatdagi xulkini tadqiqot predmeti deb xisoblaydi. Ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlar iqtisodiy xodisalarni belgilovchi omillar sifatida qaraladi. Mitchell bo‘yicha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, son va rakamlar o‘zgarishidagi qonuniyatlar xal qiluvchi o‘rinni egallaydi. U siklik xodisalar tadqiqotchisidir. Moliya-pul muomalasi va kredit kategoriyalari bilan siklik tebranishlarni o‘zgartirish, oldini olish va iqtisodiyotga ta’sir etish mumkin, deb xisoblagan. U katta yillar davomiyligini xisoblagan. Kapitalizmning inkirozsiz rivojlanish modeli loyixasini yaratgan. Sikllarni kapitalizm iqtisodiyotiga xos doimiy xususiyat deb qaraydi. Yuzaga keladigan turli qarama-qarshiliklarni yechishda davlat roli orqali tartibga solish eng qulay vosita deb xisoblanadi. Uning tadqiqiotlari empirik va institutsional usullar korishmasidan iborat. Kechki va neoinstitutsionalizm davri J. K. Gelbreyt, Pitirim Sorokin (AQSh) Raymond Atoi (Fransiya), Yan Tinbergen (Niderlandiya)va boshqa 63
olimlar nomi bilan bog‘liq, ular fikricha, jamiyatni qayta ko‘rish, transformatsiya masalalarini xal
etishda texnik-iqtisodiy omillar mutloqlashtiriladi; jamiyatning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki neoindustrial informatsion jamiyat sari qarama- qarshiliklarsiz evolyusiyasi, sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi nazariyasi ilgari suriladi (konvergensiya nazariyalari). J.K.Gelbreyt asarlari sotsialistik va kapitalistik tizimda ro‘y berayotgan umumiy o‘zgarishlar, masalan, rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o‘rtasidagi farqlarning yo‘qolib borishi, tashki muxitni o‘rganish, fan va ta’limda mexnat taksimoti o‘sishda asosiy omil ekanligini va boshqalar tan olinadi. "Kapitalizm transformatsiyasi" ro‘y berishi bashorat qilingan (asarlari: "Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1927). "Yangi sivilizatsiya" asari vujudga kelishi to‘g‘risida Toflerning "Uchinchi tulkin" kitobi bayon etilgan. Neoinstitutsionalizm nazariyalarida texnik omillarni mutloqlashtirishdan chekinilib, asosiy e’tibor insonga va sotsial muammolarga qaratilgan. "Mulk xuquqi" (Ronald Klouz-AQSh) va jamiyat tanlovi (Jeyms Byukenen - AQSh) shular jumlasidandir. Bu yo‘nalish bo‘yicha XX1 asr "Inson asri" deb e’lon qilingan. Inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi, deb qaraladi. Yangi jamiyat shaxsni xar tomonlama rivojlantirish uchun yangicha siyosat yurgizishni takozo etadi.
J.M.Keyns (1884-1946) "Kapitplizmni tartibga solish"ga oid g‘oya tadqiqotchilaridan biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdoridir. U qiymatning mexnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi. Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (kiskacha “Umumiy nazariya» deb ataladi). Keyns ta’limotining xususiyatlari: 1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o‘z-o‘zini avtomatik tarzda tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi. 2. Iqtisodiyotning o‘sishi va eng yukori ish bilan bandlikni ta’minlash davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi («Aralash iqtisodiyot» otasi). 3. Iqtisodiy xodisalar taxlilini makroiqtisodiy jixatdan (xususiy milliy daromad va jamgarish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi. 4. Bandlik nazariyasi kuyidagilarga asoslanadi: bandlik ortishi tufayli, milliy daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo daromad istemolga nisbatan sekinrok ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib chikib, ularda jamgarishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tugiladi va
64
yangi korxona,ish joylari paydo bo‘ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada rivojlantiradi. Oqibatda "Samarali talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish xajmiga va bandlikka ta’sir etadi. 5. Foiz pul karzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy xak deb xisoblanadi. Foizning miqdori "Likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish, kadrlilik)ga to‘g‘ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Investitsiyalarning umumiy xajmi bandlik xajmini belgilashda xal qiluvchi rolni uynaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning usuvchi qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsienti multipliqator deb ataladi. U bir tomondan investitsiya o‘sishini, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Multipliqator kuyilgan investitsiya qancha foyda berish koeffitsientidir. Usha davrdagi AQSh multiplikatori 2,5ga teng bo‘lgan, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar foyda keltirgan. Keyns g‘oyalarning davomchilarini, ya’ni keynschilarni uch oqimga ajratish mumkin. 1. Ung va uta reaksion oqim, agressiv monopolistlarning manfaatini ximoya qilgan. Qurollanish iqtisodiyotini fashistik yo‘l bilan tartibga solishni qo‘llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darxol tarjima qilindi va Germaniya fashistlari tomonidan foydalanilgan. Fransiyada ham tartibga solinadigan kapitalizm tarafdorlari bo‘lib, ular o‘z nazariyalarini "Dirijizm" deb ataganlar. 2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo kurollanishni inkor etadi. 3. So‘l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to‘g‘ri taksimlash g‘oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi J.Robinson xonim kapital jamgarilishi (1956) kitobida bu g‘oya ifoda etilgan. Uningcha mexnat unumdorligining o‘sishi bilan ish xaqining oshuvi yaratilgan maxsulotlarni realizatsiya qilishga yordam beradi va texnika tarakkiyoyati ragbatlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak. Keyns g‘oyalarining xozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik deb ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo‘linadi: 1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris); 2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns koidalari to‘laligicha qabul qilinib, xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan tuldirildi. Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki "Tashki impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat xarajatlarini o‘stirish va kondirish uchun ish xaqidan olinadigan soliqlarni 25- 30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multipliqator prinsipini 65
akseleratsiya prinsipi bilan tuldirdilar. Akselator investitsiya o‘sishining daromad o‘sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniklanadi. Multipliqator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning o‘zluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapitali kuyilmalari yotadi. Iqtisodiyot o‘sishi davrida davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inkrozlar davrida esa uni oshirish va shu yo‘l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi. Evropacha oqim Fransiyada shuxrat kozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga solishni samarasiz deb xisobladi. Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ (direktiv xarakterda Sobik SSSRdagi kabi) va indikativ (xozir ko‘p davlatlar qo‘llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslubi iqtisodiy inkrozlarning (1948-49, 1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola bilmadi. Yangi keynschilik urniga postkeynschilik keldi, bo‘lar: ingliz iqtisodchilari J. Robinson, N.Koldor, P.Sraffa, Amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. Ular kapitalistik tizimning ichki turgunlik konsepsiyasini taklif qildilar. Ular keyns ta’limotini dinamik, xarakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yukori naf", ishlab chiqarish omillarining eng yukori unumi nazariyalarini tankid qilish xarakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda o‘sish va taksimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o‘sish sur’atlari milliy daromadning taksimotiga bog‘liq, daromad va uning o‘sishi esa, jamgarma, umumiy jamgarma esa, ish xaqi va foydadan jamgarilgan jami summaga teng bo‘ladi. Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. 4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi boskichi yangi klassik yo‘nalish bo‘lib, uning shakllanishi ingliz alfred Marshall nomi bilan bog‘liq (yukorida berilgan), shu yo‘nalish tarafdorlari ichida Amerikalik J.B.Klark, Italiyalik V.Pareto g‘oyalarini ko‘rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik usullar yetakchidir. Yukorida dastlabki ikki olim xaqida fikr bildirgan bo‘lsak, bu yerda Vilfredo Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g‘oyalarini taxlil etamiz. Uning asosiy asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va «Umumiy sotsialogiya bo‘yicha traktat» (1916).U L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «Foydalilik» («naf») ni miqdoriy ulchashniig yangi usulini taklif etdi, u «Ijtimoiy maksimal foydalilik» yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning 66
turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki jilla bo‘lmasa yomonlashmasligi mumkinligini xisoblash imkonini beradi. Bu konsepsiya foyda (foydalilik) ni maksimum qilish uchun optimal qaror qabul qilish yo‘lini yaratadi. Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «Ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o‘sishga olib kelishi taxlil etildi. Keynschilik urniga (1970) kelgan bu yo‘nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AQSh (Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Xozirgi davrda jaxonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. Keyingi davrlarda «Neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jaxonga «Ekonomika» darsligi bilan mashxur. Bu kitob 1948y. Yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va inflyasiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda xozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi) ni ko‘rish mumkin. Umuman, xozirgi davrda barcha iqtisodiy g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar kuzatilmoqda.
XX asrda vujudga kelgan va avvalgilaridan ko‘ra ko‘p sohalarda farq qiladigan iqtisodiy bilimlar xozirgi zamon nazariyalari xisoblanadi. Ularning muxim xususiyatlari shuki, xayot tajribasi asosida muxim yangi xulosalar va yangi takliflar yuzaga keldi. Masalan, o‘z davrida faqat sof xoldagi tadqiqotlar xaqidagina gap borgan bo‘lsa (erkin bozorda davlat roli deyarli yo‘q, buyruqbozlik iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istemol bo‘yicha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi), endilikda odatda "Aralash iqtisodiyot" to‘g‘risida gap boradi va bozor munosabatlari saqlangan xolda davlat ham xo‘jalikka turli yo‘llar va sabablarga ko‘ra aralashadi. Endigi nazariy xulosalar xayotga tobora yaqinlashib bormoqda. Xozirgi zamon iqtisodiy bilimlarida uch asosiy yo‘nalish (yangi klassik, keynschilik va institutsional) yaqqol ko‘zga tashlanadi. Institutsionalizmda sub’ektiv omillar, jamiyat tashqilotlari, oila, xuquq, psixologiya va davlat tashqilotlari roli xal qiluvchi qilib ko‘rsatiladi. Keyns ta’limotida davlat roli kuchayadi,aralash iqtisodiyot tan olinadi, investitsiya roli to‘g‘ri xal etiladi. Neoklassik yo‘nalish avvlgidek iqtisodiyotga davlatning aralashuvini cheklash tarafdori, ammo ijtimoiy yo‘naltirilgan bozorni (Oyken, Relke, Ryustov) qo‘llaydi. M.Fridmen iqtisodiyotda pulning roliga yetakchi o‘rin beradi (Monetar siyosat). 67
Nazorat va muloxaza uchun savollar. 1. Xozirgi zamon iqtisodiy bilimlarining nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud? 2. Institutsionalizm asosiy g‘oyalari nimalardan iborat va uning qanday oqimlari bor? 3. Keynschilikning boshqa bilimlardan farqi nima? J.M.Keynsning asosiy asari kachon yozilgan? 4. Multipliqator va akselerator tushunchalari nimani anglatadi? 5. Aralash iqtisodiyot tushunchasi nima va u kim tomonidan birinchi bor qullanilgan? 6. Keynschilar fikri bo‘yicha davlat iqtisodiyotda qanday rolni uynaydi? 7.Neoklassik yo‘nalishning asosiy mohiyati nimalarda ifodalanadi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling