"Shaxs" tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 37.03 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi37.03 Kb.
#202592
Bog'liq
Isamurodov Aslomjonni Umumiy pedagogika Fanidan 3-amaliy mashguloti


“Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.

Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiyaxloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Sh. ijtimoiygumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.

Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘mini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

Bola — doimo oʻsuvchi va rivojlanuvchi organizm, har bir yosh bosqichida maʼlum morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlarni egallab boradi[1]. Postnatal (tugʻilgandan keyingi) davrda quyidagilar farqlanadi:

yangi tugʻilganlik davri (hayotining birinchi toʻrt haftasi (28 kun))

emadigan yosh (hayotining 29-kunidan boshlab bir yilgacha)

yasli yoki maktabgacha yoshdan oldingi davr (uch yilgacha)

maktab yoshigacha boʻlgan davr (uch yildan yetti yilgacha)

kichik maktab yoshi (yetti yoshdan oʻn bir yoshgacha)

katta maktab yoshi (oʻn ikki yoshdan oʻn yetti - oʻn sakkiz yoshgacha)

Balogʻatga (voyaga) yetish yoshi Tahrirlash

Koʻpchilik davlatlarda balogʻatga yetish yoshi 18 yoshdan boshlanadi.

Balogʻatga yetishning eng kichik yoshi Farer orollarida oʻrnatilgan — 14 yosh.

Kubada balogʻatga yetish 16 yoshda keladi.

Oʻzbekistonda balogʻatga yetish yoshi — 18 yosh.



Shuningdek qarang — Balogʻatga yetish

Bola — asosiy maʼnosi — bolalik davridagi inson. Bolalikning yosh chegaralari turli madaniyatlarda, hayotiy sikl nazariyalarida va huquqiy tizimlarda farq qiladi. Umuman olganda, bola deb tugʻilish paytidan boshlab to jinsiy balogʻatga yetguncha boʻlgan davrdagi insonga aytiladi. Qiz — ayol jinsidagi bola; Oʻgʻil — erkak jinsidagi bola. Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan chiqarilgan SSSR markasida bola tasviri (1979) Bola sogʻligʻiga bagʻishlangan tibbiyot boʻlimi pediatriya deb aytiladi.
Download 37.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling