Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Download 76.9 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi76.9 Kb.
#111109
Bog'liq
Tarix Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS

FILIALI

TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY

TA’LIM FAKULTETI

GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

Kasbiy ta’lim yo’nalish



1-kurs talabasi Matyoqubov Umrbekning

Dinshunoslik fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu:_________________________________

Tekshirdi:

Nukus-2020



Allomalar din to’g’risida

Reja:

Kirish

1. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalari

KIRISH

Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkurining shakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega.Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong, milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga buyuk allomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari

Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha ancha ustun bo'lgan. Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning nomlari butun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikka erishilgach, O'zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilik davrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlarning nomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoyat xayrli siyosat olib bormoqda. Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830-915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-886) kabi siymolardir. Bu olti alloma ichida hadis ilmida amir al-mo’miniyn degan sharafli nomga sazovor bolgan Imom al - Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir.

Imom al-Buxoriy hayotining ko’p qismi xorijiy ellarda musofirchilikda o’tib, ilm talabida Sharqning ko’pgina shaharlarida bo’lganlar. Bu haqida u u kishining o’zi: “Misr,Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to’rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman,Bag’dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman”, degan ekanlar. U kishi safar chog’ida ham, bir shaharda muqim turganida ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to’plagan hadislarni oqqa ko’chirar edilar. Bag’dodda istiqomat qilgan paytda ko’pinchna oyning nurida ijod qilib, qorong’i kechalarda sham yorug’ida kitob yozar ekanlar.

Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimatli ilmiy meros qoldirgan bo’lib, u kishi yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiq bo’lib, “al-Jomi’ as-sahih” hadislar to’plamini butun dunyoga mashhurdir. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo’ldi, o’sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelmoqda. Imom al-Buxoriy to’plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmadi. Ular mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va kattlarga hurmat, etim-esirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o’zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo’l-yo’riqlar, pand-nasihat va o’gitlar aks ettirilgan.

Diyorimizdan chiqib jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan yana biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir.

O’zdavrining etuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko’pdan-ko’p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Yusuf an-Nasafiy va Abu-l-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni ko’rsatish mumkin. Ko’p yillar xorijiy mamlakatlarda bo’lganidan keyin at-Termiziy o’z yurtiga yirik muhaddis olim sifatida qaytadi.

Imomi Termiziy payg’ambar alayhissalom hadislarini to’plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o’zi o’qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog’ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to’g’riligiga to’liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog’ozlarga qayd etardi. Hadislarning to’g’riligiga shubha bo’lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to’g’ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf (bo’sh, ishonchsiz), g’ariyb (g’alati) kabi xillarga ajratilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shamoillari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarini eng chiroyli va yaxshisi – bu Imom Termiziyning payg’ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qiluvchi, janobi payg’ambarni ko’rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo’lganga o’xshaydi.

Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir.

Yana bir buyuk vatandoshimiz Movarounnahr ilohiyot maktabining rivojlanishiga o’z ta’limoti an’analari va ilmiy asarlari bilan katta ulush qo’shgan buyuk mutakallim Abu Mansur al-Moturidiydir. Moturidiy sunniy e’tqodidagi ikki yirik kalom maktabining biri bo’lmish Moturidiya maktabining asoschilaridan hisoblanadi.

Al-Moturidiy ilohiyot ilmlarining to’la shakllanib, takomilga etishida ularni qayta ishlab chiqib, ma’lum tizim (sistema) ga solishdek katta bir ishni amalga oshirdi va hanafiya ta’limotining O’rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan chambarchas bog’liqligini o’z qarashlari orqali ko’rsatib berdi. U yaratgan ta’limot islom dinining buyuk aqidaviy yo’nalishlaridan biri sifatida tanildi.

Alloma Abu Mansur al-Moturidiy o’z sohasida shunday etuk, shunday iqtidorli, sermahsul olim bo’lganligiga, fikr doirasi kengligi musulmon olamidagi yirik-yirik olimlar ham yuksak baho berganlar, u kishi haqida to shu vaqtga qadar buyuk ehtirom bilan yozadilar.

Buyuk faqih vatandoshlarimizdan yana biri Ali ibn Abu Bakr ibn Abd al-Jamil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy Qur’onni va hadis ilmini mukkamal egallab, fiqh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lganligi va bu sohada biqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ad-Din va-l-Milla (islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti) va Burhon ad-Din al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir.

Al-Marg’inoniyning butun islom olamida mashhur bo’lgan “al-Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Kitob musulmonhuquqi-fiqh bo’ycha eng aniq, izchil, mukkamal asar sifatida tan olindi.

“Al-Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo’lgan Abu Hanifaan-Nu’mon ibn Sobit, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, ularning boshqa shogird va safdoshlarining kitoblari, dastlabki to’rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil etadi.

“Al-Hidoya”da huquqiy masalalarning echimi dastlab yirik fiqholimlari fikrlari bayoni va unga mualliflar e’tirozlari yoki qo’shimchalarini izhor etish yo’li bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayan masalada eng ma’qul echimni tanlab olish yo’liga amal qilingan.

Shu tariqa unda qonunning ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.

“Al-Hidoya” bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakat-larida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo’yicha eng asosiy qo’llanma hisoblanib, bu erda 1917 yil inqlobidan keyin ham, to 1930 yillargachashariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha amalda bo’lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritilganda bu asardan keng foydalaniladi.

Xulosa qilib aytganda, yurtimiz allomalarining islom tsivilizatsiyasi rivoji yo’lida olib borgan izlanishlari hamda ta’limotlari, yozib qoldirgan boy adabiy meroslarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, ularning asarlarida eng avvalo insonparvarlik, mehr-oqibat, adolatli davlat boshqaruvi, islom madaniyatining ravnaqi g’oyalari ilgari surilgan. O’z navbatida ushbu g’oyalarning ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.

Toshkent – o‘rta asr manbalarida Shosh deb nomlanib, bu yerdan tafsir, hadis, fikh kabi islomiy ilmlar bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab taniqli olimlar yetishib chiqqan. Bu yerda tug‘ilib, faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab buyuk zotlar “Shoshiy”, “Toshkandiy” (XVI asrdan) nisbasi bilan dunyoga tanilgan.

Shosh vohasida o‘rta asrlarda islom ilmlari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan ziyod olimlarning nomlari aniqlangan. Jumladan, ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 335/947), “Hazrati Imom” deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976) hamda «Faxr ul-islom», «al-Imom al-kabir» nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) nomlarini alohida qayd etish mumkin.

Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy ishonchli muhaddis bo‘lib, hadis ilmiga katta hissa ko‘shgan. Uning to‘liq ismi – Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb ibn Surayj (ba’zi manbalarda Shurayh deb keltirilgan) ibn Ma’qil Shoshiy Binkasiy Turkiy Adibdir.

O‘rta asr arab mualliflari yurtdoshimiz nomini «Imom Shoshiy» deya ehtirom bilan tilga olib, uni hadis ilmining mashhur allomalaridan bo‘lganini alohida ta’kidlashgan. Imom Shoshiyning «Musnad» (“Musnadi Kabir”) nomli asari to‘lig‘icha hadislarga bag‘ishlangan. Bu asarning yagona qo‘lyozma nusxasi yaqin vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi «az – Zohiriya» kutubxonasida 277-raqam ostida saqlangan. Keyinchalik Damashqdagi nodir qo‘lyozmalar saqlanadigan «Maktabat al-Asad» nomli kutubxonaga o‘tkazilgan. 192 varaqdan iborat ushbu qo‘lyozma hijriy 558 (milodiy 1163) yilda hattot al – hofiz Ziyouddin al – Muqaddasiy tomonidan nasx xatida ko‘chirilgan.

Shosh vohasida hadis ilmining rivojlanishida o‘rta asrlardagi an’anaga muvofiq Samarqand, Buxoro, Xiva, Nasaf, Termiz, Marv kabi turli shaharlardagi madrasalarda faoliyat ko‘rsattan olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etgan.

Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid hofiz Shoshiy, Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy Tunkatiy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Fumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab muhaddislar islom dunyosining turli madrasalarida hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda turli diniy bilimlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralar o‘tkazishgani arab manbalarida zikr etilgan.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi «imom» darajasiga erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy xam alohida o‘rin egallaydi. Arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «katta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar.

U o‘z zamonasining imomi (peshvosi) bulib, fiqh hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Mag‘ribu Mashriqqa yoyilgan.

Abu Bakr Shoshiy faqihlar ichida birinchi bo‘lib «Jadal al-hasan» (“Dialektika go‘zalligi”) bahs-munozaraga oid asar yozgan. Shuningdeq uning «Kitob fi usul fiqh» (“Fiqh usullari kitobi”), «Sharh ar-risola» (“Risola sharxi”) asarlari xam bor. Qaffol Shoshiyning «Javomi’ kalim» (“hikmatli iboralar to‘plami”), «Adab al – qozi» (“qozining odobi”), «Daloil an-nubuvvat» (“Payg‘ambarlik dalillari”), «Mahosin shari’at» (“Shariat go‘zalliklari”) kabi asarlari to‘g‘risida manbalarda qayd etilgan. Afsuski, bu asarlardan birortasi mamlakatimiz kitob xazinalarida mavjud emas.

Qo‘hna Toshkentning Eski shahar qismida joylashgan Imom Qaffol Shoshiy ziyoratgohi bevosita u zotning nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, xalq orasida «Hastimom» (hazrat Imom) deb atalib, Toshkentning diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifatida dong taratgan.

O‘rta asrlarda Bag‘dod ilm-fan, ayniqsa islom madaniyatining markazi bo‘lgan. Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizom al-Mulk (1017 – 1092) o‘z davrida islom dunyosining ilmiy markazlarida «Nizomiya» madrasasini ochgan. Bag‘doddagi o‘z davrining akademiyasi sanalmish ushbu nomdagi madrasada shoshlik faqih Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) Abu Ishoq Sheroziy, Abulqosim Qushayriy, Haririy, Xatib Tabriziy, Qozi Bayzoviy, Xatib Bag‘dodiy kabi yirik olimlar qatorida mudarrislik qilgan.

«Faxr al-islom» (“Islomning faxri”) sifatida shuhrat qozongan Abu Bakr Muhammad ibn Axmad al – Mustazhiriy Shoshiy Bag‘doddagi fuqaholarning raisi bo‘lgan. U Shoshda tug‘ilib o‘sgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy Bag‘dodga borib, mashhur faqih Abu Ishok Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqhni o‘rganib, imom darajasiga yetgan. Bag‘doddagi ulug‘ shayx Abu Ishok, Sheroziyning yaqin shogirdi bo‘lib, katta, ulug‘ imom (imom kabir) darajasiga erishgan. Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy fiqh (islom huquqshunosligi) ilmiga oid bir necha asarlar yozgan. Jumladan, abbosiy xalifalaridan Mustazhir (vaf. 512/1119)ning talabi bilan yozilgan «Xilyat ulamo fi mazohibi fuqaho» (“Faqihlar mazhablarida olimlar eiynati”) asari faqih kozilar etikasiga bag‘ishlangan. Ana shu kitobi tufayli Abu Bakr Shoshiy «Mustazxiriy», ya’ni Mustazhir tarafdori degan nomni xam olgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy arab adabiyoti, grammatikasi she’riyati va tilshunosligi hamda Qur’on, hadis ilmlarini ham puxta egallagan. U Bag‘dodda vafot etgan. Uning kabri “Bob Sheroz” maqbarasidagi ustozi ulug‘ shayx Abu Ishoq Sheroziyning dahmasi yonida.

Umuman olganda, shoshlik faqihlar Bag‘dod ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy hayotida muhim rol uynagan. IX – XII asrlarda ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri Bag‘dodga «Shoshiy» nisbasidagi bir qator boshqa olimlar – mashhur muhaddis Abu Sa’id Xaysam ibn Kulayb Shoshiy, Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Muhammad ibn YAhyo ibn Zakariyo Shoshiy, Hasan ibn Sohib Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Ahmad ibn Muhammad ibn Ishoq Abu Ali Shoshiy va boshkalar tashrif buyurgan. Bu shaharda ular ilm o‘rganish bilan bir qatorda, mudarris va faqih sifatida faoliyat ko‘rsatganlari haqida yozma manbalarda ma’lumotlar keltirilgan.



Shoshlik olimlar hayoti va faoliyatini tadqiq etish ko‘hna Shosh (Toshkent) tarixi, islom ilmlari va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu ayni paytda, keng ommani ular bilan tanishtirish, ayniqsa yosh avlod qalbida ajdodlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosiga nisbatan vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishdek xayrli maqsadlarga xizmat qiladi.
Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling