Tibbiyot statistikasi va amaliy ahamiyati
Download 34.52 Kb. Pdf ko'rish
|
MAVZU Tibbiyot statistikasi va amaliy ahamiyati
Mashg‘ulot maqsadi:
talabalarga statistika xaqida tushunchani uning nazariy asoslari va mazmunini tushuntirish. Statistik majmua va ularning turlari general va tanlab olingan majmualar xakida tushuntirish
Kutilayotgan natijalar:
ma'ruza talabalar ongida axoli salomatligini o‘rganish, umumiy kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini taxlil etishni, sog‘liqni saqlashni to‘g‘ri rejalashtirsh davolash profilaktik ishlarni to‘g‘ri tashkil etishni, tibbiy xizmatning sifat va samarasi haqidagi tushunchalarni shikillantirish. REJA: • Statistika haqida tushuncha • General va tanlab olingan majmualar hakida tushuncha • Katta sonlar qonun tanlab olingan tadqiqotning nazariy asosi sifatida • Tanlab olingan majmuaning o‘xshashligi
(reprezentativligi) Statistika haqida tushuncha
• Statistika bu jamiyat fanlaridan biri bo‘lib, u jamiyat orasida uchraydigan xodisalarning miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlari bilan bog‘lab o‘rganadigan fandir.
• Statistikaning asosiy maqsadi aniq olingan vaqt oraligida ma'lum mintaqalardagi jamiyat orasida yuz berayotgan voqiyalarning kattaliklarini, miqdor o‘zgarishlarini ularning kelib chiqish qonuniyatlari bilan bog‘liq o‘rganishdan iborat.
Statistika fani jamiyat xayotining qaysi sohasiga tegishli xodisalarini o‘rganishga qarab, u shu sohaning nomi bilan ataladi. Tibbiyot statistikasi inson salomatligini uning ijtimoiy xayotining masuli deb qarab, inson faoliyatidagi barcha xodimlarni uning ijtimoiy xayoti bilan bog‘lab o‘rganadi.
Tibbiyot statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• 1. Aholi salomatligini o‘rganish: • aholining soni, tarkibi tabiiy xarakati, jismoniy rivojlanishi va aholi orasida xar- xil kasalliklarni tarqalganligi va ularning kechishi o‘rtacha umr va xakozolar • 2. Umumiy kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini yoki ayrim kasalliklar va o‘lim sabablarini axolining ayrim guruxlari orasida ularning turmush tarzi, tashqi muxit, ijtimoiy-iqtisodiy; tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘lab o‘rganish.
• 3. Sog‘liqni saqlashni to‘g‘ri rejalashtirish, sanitariya epidemiologiya va davolash- profilaktika muassasalariningishini to‘g‘ri tashkil etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samarasini chuqur taxlil qilish. • 4. Tajribada qo‘llanilayotgan davolash va profilaktika ishlariga baho berish, ularni samarasini o‘rganish.
•
rejalashtirish, ularni tashkil etish va o‘tkazish.
General va tanlab olingan majmualar haqida tushuncha
• Statistik majmua deb-ma'lum vaqt ichida ma'lum chegarada olingan mazmunan bir xil shaklan har xil elementlardan tashkil topgan guruhga aytiladi. • Statistik majmua 2 xil bo‘ladi:
• 1. General majmua; • 2. Tanlab olingan majmua General majmua deb barcha kuzatish birligini o‘z ichiga olgan majmuaga aytiladi. General majmua teshenchasi nisbiy bo‘lib, u kuzatishning maqsadiga qarab bir vaqtning o‘zida general yoki tanlab olingan majmua deb qarashi mumkin. General majmuani ko‘pgina cheksislikka intilayotgan majmua deb qaraladi.
Statistik tadqiqotlarning asosi bo‘lish matematikaning kaspiga sonlar qonuni yordamida statistik ko‘rsatkichlar tasodiflardan hal qilinib jami o‘rganilayotgan xodisalarning moxiyati va kelib chiqish qonuniyatlari ochib beriladi. Statistik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ayrim xollarda kuzatuvlar soni 10.000; 100.000 ni tashkil etish mumkin, ba'zan esa 1000, 100, 10 tagacha teng bo‘lgan kuzatuvlar soni tadqiqot o‘tkazish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Statistik tadqiqot o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan kuzatuvlar sonini olingan natijalarni ishonchlilik darajasini aniqlash uchun matematik taxlil usuli va unda qo‘llaniladigan formulalardan foydalaniladi.
Tibbiyot va sanitariya statistikasida matematik taxlil usullar quyidagi xollarda qo‘llaniladi;
• 1. Tanlab olingan majmua qo‘llanilgan barcha tadqiqotlarda • 2. Kuzatuv natijalarini nisbiy va o‘rtacha qiymatlarda ifodalash va statistik taxlil qilish talab etilganda • 3. Barcha klinik va laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda (nisbatan kichik kuzatuvlar soniga ega bo‘lganda)
Yuqorida keltirilgan va ayrim boshqa xollarda matematik taxlil usullarini qo‘llamasdan turib, statistik tadqiqotni rejalashtirish tashkil etish va olingan natijalarni ishonchliligini baxolash mumkin emas.
Tanlab olingan majmuaning o‘xshashligi (reprezentativligi)
Tanlab olingan majmuani eng muhim tomonlaridan biri uning renrezentativligini, ya'ni u general majmuaning vakili xisoblanaib undagi xamma asosiy belgilarni o‘zida nomoyon qèëà olish kerak.
Ikki xil xususiyatlarni o‘zida nomoyon qilgan bir qism majmua general majmuaga nisbatan reppentativ xisoblanadi:
• 1. Belgilari jihatdan general majmuaga nihocht o‘xshash bo‘lishi kerak
•
yetarli bo‘lishi kerak
Shunday qilib shifokorlar o‘zlarining ammoviy va ilmiy faoliyatida ilmiy asoslangan tanlov va xisoblash usuli bo‘lgan matematik -statistik usullardan foydalanish, ijtimoiy-gigieiik tadqiqotlarni o‘tkazish va aholi salomatligini o‘zgarishi haqidagi qonuniyatlarni ochib berish ularga tashqi muhit ta'sirini aniqlash va o‘tkazilgan tadqiqotlar yordamida holi yoki uning ayrim guruxlari salomatligini yanada yaxshilash borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ma'ruzaning ta'minlanishi jadvallar: statistikaning asosiy vazifalari, statistik majmuaning turlari. Talabalarning mustaqil ishlari:
tanlab olingan majmuani xosil qilinishning usullari. Nazorat savollari.
• 1. Statistik majmua tushunchasiga ta'rif bering • 2. Statistik majmuani turlari nimalardan iborat • 3. General va tanlab olingan majmuaga ta'rif bering •
nimalardan iborat • 5. Tanlab olingan majmua reprezentativ bo‘lishi uchun qanday talaba javob berishi kerak
Download 34.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling