Topshiriq. №02. Maqsad: shaxsni psixologik o’ziga xosligini suhbat (diolog) davomida aniqlash. Zarur jixozlar
Download 289.07 Kb. Pdf ko'rish
|
02 Suxbat Anketa Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqning bajarilish tartibi
- DIQQAT! Eslatma
- TОPSHIRIQ. № 03. Maqsad
TOPSHIRIQ. № 02. Maqsad: shaxsni psixologik o’ziga xosligini suhbat (diolog) davomida aniqlash. Zarur jixozlar: suhbat davomida ma’lumotlarni belgilab borish uchun qog’oz, ruchka yoki qalam, diktofon. Topshiriqning bajarilish tartibi: Suhbat (dialog) davomida eksperiment olib boruvchidan sinaluvchini individual – shaxsiy o‘ziga xosligini, hayot yo‘lini, uni ongi va ong ostini mohiyatini va xakazolarni bilib olish va shaxsni to‘liq o‘rganish yo‘lida maksimal darajada yuqori axborot olishga xarakat qilinishi zarur. Bundan tashqari tekshiriluvchi sinaluvchida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o’rganish kerak bo’lsa, tekshiriluvchi o’z savollarida xuddi o’sha kechinmalarni va o’sha ong jarayonlarini oydinlashtirib beruvchi savollarni berishi lozim. DIQQAT! Eslatma: Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual hususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o’zgartirish, to’ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining hususiyatlarini, mimikasini va shunga o’xshash xislatlarini qayd qilib turadi. Suhbatni o’ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo’lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo’r kelmasligi kerak. TОPSHIRIQ. № 03. Maqsad: Anketaga savollar tuzish va standartlashtirilgan anketaga aylantirish. Zarur jixоzlar: quyida berilgan anketa savollari anketa o’tkazish davоmida ma’lumоtlarni, tahlillarni belgilab bоrish uchun qоg’оz, ruchka yoki qalam. Tоpshiriqning bajarilish tartibi: tоpshiri ikki qismdan iborat: A) – topshiriq. Quyida keltirilayotgan anketani analiz qilib chiqing hamda u nimalarni baholash imkonini berishi mumkinligini, anketa savollari kimlarga mo’ljallanganligini aniqlang. Anketadagi savollardan har biriga javoblarning uchtadan variantini tayyorlab kelishni taklif qiling (boshqacha qilib aytganda mazkur anketani standartlashtirilgan anketaga aylantiring); anketalashtirish natijalarini sifat va miqdor jihatdan ishlab chiqish usullarini taklif qiling. Anketa 1. O’quvchi uzoq muddat aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan hollar tez- tez bo’lib turadimi? 2. O’quvchiga «topshiriq» yuzasidan savollar berilganda bola ko’proq qanday javoblar berishni ma’qul ko’radi? 3. O’quvchi qo’shimcha adabiyotlarni ko’plab o’qiydimi? 4. O’quvchi aqliy mehnat bilan bog’liq va o’zi uchun qiziqarli hisoblangan mashg’ulotga qay darajada his-hayajon bilan munosabatda bo’ladi? 5. O’quvchi tez-tez savol berib turadimi? Download 289.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling