Vbda dastlabki loyihalar
Download 225.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Mod 4 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Ekran forma va loyixani saqlash
VBDA DASTLABKI LOYIHALAR 3.1. Loyixalash Quyida kvadrat tenglamani yechish orqali VB da ekran formasi va uning kodlari qanday qilib yaratilishini ko‘rib o‘tamiz. 1-masala. ax 2 +bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish dasturi tuzilsin. Masalaga dastur tuzish uchun avvalo uning ekrandagi ko‘rinishini, ya’ni ekran formasidagi bichimini ishlab chiqish zarur. Ekrandagi har bir yozuvni ob’ekt deb atash mumkin. Ekran formaning yuqori qismida “Kvadrat tenglamani yechish”, keyingi satrda Image (Rasm) ob’ekti yordamida “ax 2 +bx+c=0” yozuvini o‘rnatish va keyingi satrlarga “a”, “b”, “c” yozuvlarini, ularning yoniga esa mos qiymatlarni kiritish katakchalari uchun joy ajratishni loyixalashtiraylik. Keyingi satrga Image (Rasm) ob’ekti yordamida kvadrat tenglama diskrimantini hisoblash formulasi “D=b
2 -4ac”, uning yoniga diskrimant qiymatini chiqarish uchun katakcha, uning yoniga diskrimantning qiymatiga qarab kvadrat tenglamada “ildiz yo‘q”, “ildiz bitta”, “ildiz ikkita” yozuvlaridan birini chiqarish uchun katakcha joylashtiramiz. Keyingi satrga Image (Rasm) ob’ekti yordamida kvadrat tenglamaning ildizlarini hisoblash formulalari “x1=(-b+ D )/2a”, “x2=(-b- D )/2a”, ularning ostiga esa ildizlarning qiymatlarini chiqarish uchun katakchalar joylashtiramiz. Oxirgi satrga ekran formasi bilan dastur kodini bog‘lovchi buyruq tugmasini o‘rnatish va unga “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” yozuvini yozishni rejalashtiraylik. Shunday qilib ekran formada 5 ta yozuvlar yozish, ya’ni belgilar ob’ekti, formulalarni joylashtirish uchun 4 ta Image ob’ekti, 6 ta o‘zgaruvchilar uchun yoki natijalarni olish uchun zarur bo‘lgan matn ob’ektlari va dasturning bajarilishini ta’minlovchi buyruq tugmasi ob’ektini joylashtirish kerak bo‘lar ekan. Ekran formasi dasturning bajarilish jarayoni va uning ko‘rinish xolatlarini tasvirli ifodalashga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Avvalo ekran formadagi yozuvlarni yozish bilan tanishib o‘taylik. Ekran formadagi birinchi ob’ektni hosil qilib, undagi yozuvni kiritaylik. Buning uchun sichqoncha belgisini anjomlar panelidagi A label (belgi) tugmasini ustiga olib kelib uning chap tugmasini bosish yordamida faollashtiramiz. So‘ngra sichqoncha
belgisini belgi yozuvi o‘rnatiladigan joyning yuqori chap burchagiga o‘rnatib, uning chap turmasini bosgan xolda hosil qilinadigan ob’ekt quyi o‘ng burchagigacha sudrash usuli yordamida olib kelamiz. Natijada to‘rtburchakli oyna hosil bo‘lib, uning ichida Label1 yozuvi hosil bo‘ladi. To‘rtburchakning to‘rtala uchlari va tomonlarining o‘rtalarida kichkina kvadratcha (marker)lar bo‘lib, bu markerlar yordamida katakcha o‘lchamlari xoxishimizga qarab o‘zgartirishimiz mumkin. Label1 ob’ektining o‘lchamlarini o‘zgartiramiz va tegishli joyga keltiramiz. Label1 yozuvi o‘rniga bizga kerak bo‘lgan “Kvadrat tenglamani yechish” yozuvini yozamiz. Buning uchun bu ob’ekt faollashtirilganda xossalar paneli ham faollashadi. Undagi Caption qiymatiga “Qvadrat tenglamalarni yechish” deb yozamiz. Natijada ekran formadagi Label1 yozuvi o‘rniga (ekran formadagi biz ajratgan joyda) shu yozuv paydo bo‘ladi. Bizning yozuvimiz yozilgan joy foni rangini o‘zgartirish uchun xossalar panelidagi BackColor ni tanlab, uning qiymatlar soxasidan kerakli fon rangi, masalan, zangori rangni tanlaymiz. Belgi, ya’ni yozuvning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun Font xossasi, belgilarning rangini tanlash uchun ForeColor xossasi qiymatlaridan foydalanamiz. Yozuvni chapga, o‘rtaga, o‘ng tomonga surib yozish xolatini o‘rnatish uchun esa Aligmentning standart qiymatlaridan foydalanamiz. Masalan, Center (o‘rtaga surish). Shu tariqa qolgan 5 ta yozuv uchun ham o‘zimizning ixtiyorimizga va ekrandagi joylashishiga qarab joy ajratamiz va ob’ektning har biriga tegishli yozuvlarni yozamiz. Navbatdagi ishimiz o‘zgaruvchi va natijalarga ajratilgan 4 ta matn ob’ektlar uchun joy ajratish va ularning qiymatlarini o‘rnatishdan iborat. Avvalo kursor belgisi yordamida anjomlar oynasidagi TextBox (abl) anjomini belgilab, “a” belgi ob’ekti yonidan joy ajratamiz. Natijada bu ob’ekt “Matn1” kabi belgilanadi. Xossalar oynasidagi Name ga lotin alifbosidagi a qiymatini beramiz. Ekran formasida va undan foydalanish jarayonida Matn1 yozuvi ko‘rinmay turishi uchun Text ga 0 qiymatini berish maqsadga muvofiq, lekin bu qiymat berilmasligi ham mumkin. Shu tariqa Text2, Text3, Text4 lar hosil qilinadi va ularga mos ravishda b, c, D x1, x2 qiymatlarini berib, ekran formadagi keyingi satrni hosil qilamiz. Matn maydonlariga bitta belgi emas, balki katta xajmdagi matnni ham qiymat sifatida kiritish mumkin. Bu Text ob’ektlarining fon rangi va boshqa parametrlarini xossalar oynasi orqali o‘rnatish mumkin.
3.1-rasm. Kvadrat tenglamani yechish uchun ekran forma Ekran formaning oxirgi ob’ekti buyruq tugmasi bo‘lib, bu tugmani ishga tushirish (sichqoncha belgisini shu tuma ustiga olib kelib uning chap tugmasini bir marta bosish) yordamida ekran forma bilan dastur kodi bog‘lanadi va dasturni ishga tushirish amalga oshiriladi. Bu tugmachani o‘rnatish uchun ekran formaning oxirgi satriga anjomlar oynasidagi Command Button nishoni faollashtirilgan xolda buyruq tugma uchun joy ajratiladi. Ajratilgan joy nomi Command1 deb nomlangan bo‘ladi. Bu xolda ham xossalar oynasidagi qiymatlar soxasi ham yangilanadi. Xossalar oynasidagi Caption xossasining qiymatiga “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” degan matnni kiritamiz. Buyruq tugma fonini o‘zgartirish uchun xossalar oynasidagi Style xossasi 0-standart yoki 1-Graphical qiymatlaridan 1-Graphical qiymatini tanlaymiz, so‘ngra uning fon rangini o‘zgartiramiz. Yuqoridagi ishlarni to‘la bajarganimizdan so‘ng ekran formamiz 3.2-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘ladi.
Command Button
3.2-rasm. Buyruq tugma 3.2. Dastur kodini tuzish VB muxitida qo‘yilgan masala algoritmi va dasturini tuzish yana bir asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Berilgan masala oddiy, ya’ni chiziqli va bevosita hisoblashga doir bo‘lganligi uchun uning dasturi ham sodda bo‘ladi.
3.3-rasm. Veiw Code belgisi Dastur kodini tuzish va uni ekran forma bilan bog‘lash uchun “Dastur kodi oynasi”ni ochish kerak bo‘ladi. Buning uchun View menyusining Code buyrug‘i yoki 3.3-rasmdagi birinchi nishon View Code ishga tushiriladi. Dastur kodi lokal, biror masala qismi yoki to‘la masala uchun tuzilgan protsedura formaida bo‘ladi. Protsedura biror masalani xal qilishga qaratilgan qism dastur degan ma’noni anglatadi. Ob’ektlar ichidagi “Command1” ob’ekti ishga tushirish yoki ekran forma oxirgi satrida joylashgan “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” deb nomlangan tugma ustiga sichqoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmasini ikki marta bosish yordamida dastur kodining oynasini ochiladi. Bu oynaning sarlavxasi Command1 deb nomlanib, asosiy oynada protseduraning birinchi va oxirgi satrlari ko‘rinadi. Protsedura birinchi satri Private Sub Command1_Click() deb nomlanib, Private Sub bosh protsedura mazmunini, Command1_Click() esa protsedura nomini bildiradi. Uning oxirgi satri End Sub bo‘lib protseduraning tugaganligini, ya’ni uning oxirgi satri ekanligini bildiradi (3.4-rasm). Dastur kodining o‘ng tomonini ochish yordamida “Command1” ob’ekti uchun mumkin bo‘lgan barcha protseduralar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Click() chertish mazmunini bildirib, ekran formadagi “Command1”ni sichqoncha yordamida chertish orqali dastur kodi bog‘lanishini bildiradi. 3.4-rasm. Dastur kodi Asosiy oynadagi protseduraning birinchi va oxirgi satrlari orasiga dastur kodi satrlari yoziladi. Tanlagan masalamiz uchun dastur kodi satrlarini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin: Private Sub Command1_Click() x1.Text = "": x2.Text = "" D = b ^ 2 - 4 * a * c ‘Diskriminantni hisoblash If D < 0 Then Label5.Caption = "Ildiz yo'q": GoTo 1 If D = 0 Then Label5.Caption = "Ildiz bitta": GoTo 2 Label5.Caption = "Ildiz ikkita" 2 x1 = (-b + Sqr(D)) / (2 * a) ‘Ildizlarni hisoblash x2 = (-b - Sqr(D)) / (2 * a) 1 End Sub Dastur kodi satrlari kiritilgandan so‘ng oynada hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasa dasturda sintaktik xatolar yo‘qligini bildiradi. Shundan so‘ng dasturni ishlatib ko‘rish mumkin. Dasturni ishga tushirish bosh menyudagi Run - Start F5, vositalar panelidagi Start yoki F5 tugmasini bosish yordamida amalga oshiriladi. Dastur ishga tushirilganda ekran forma ko‘rinishidagi ishchi ilova oynasi faollashadi va undagi maxsus katakchalarga berilganlar kiritiladi. Buyruq tugmani bosish bilan protsedura ishga tushib, oxirgi katakchada natija hosil bo‘ladi. Katakchalarga boshqa qiymatlar berib yangi natijalarni olishimiz mumkin. Dastur ishini vositalar panelidagi End yoki oynani yopish tugmachalari yordamida yopishimiz mumkin.
Ekran formaga FQvadrat deb nom bergan edik. Ekran formaga tegishli bo‘lgan fayl kengaytmasi frm kabi bo‘ladi. Demak, bizning ekran formamizning to‘la nomi FQvadrat.frm kabi bo‘ladi. Bu nom loyixa oynasidagi fayllarning daraxtsimon ko‘rinishida berilgan bo‘ladi. Loyixa oynasi ekranda ko‘rinmasa, uni bosh menyudagi View-Project Explorer (Ctrl R) yoki vositalar panelidagi Projest Explorer tugmasini bosish yordamida ochish mumkin. Bizning loyihamizga nom berilmaganligi uchun loyixaning oraliq nomi Project1(Project1) deb berilgan bo‘ladi. Loyixaga haqiqiy nom berishda ekran formaga mos bo‘lgan nomni berish maqsadga muvofiq. Shuning uchun loyihamizga PQvadrat deb nom beraylik. Buning uchun loyixa oynasidagi oraliq nom ustiga sichqoncha belgisini o‘rnatib uning chap tugmasini bosamiz. Xossalar oynasidagi Name ga PQvadrat degan qiymatni kiritamiz va vositalar panelidagi xotiraga olish tugmasini bosamiz. Ekranda Save File As nomli xotiraga olish muloqot oynasi undagi “Imya fayla” maydonida FQvadrat yozilgan bo‘ladi (3.5, 3.6-rasmlar).
3.5-rasm. Dasturni saqlash 3.6-rasm. Loyihani saqlash
“Сохранить” tugmasining bosilishi ekran formani FQvadrat.frm nom bilan saqlanishini bildiradi. Soxranit tugmasining bosilishi bilan oynada Save Project As nomli muloqot oynasi ko‘rinadi. Bu oynaning quyi qismida joylashgan “Imya fayla” joyiga PQvadrat deb yozilgan bo‘ladi. “Сохранить” tugmasining bosilishi loyixani PQvadrat.vbp nom bilan saqlanishini bildiradi. VBda fayllarni saqlash jarayonida Source Code Control nomli muloqot oynasi paydo bo‘lib, unda Add this project to Sourse Safe? – Ushbu loyixani Sourse Safe (loyixani boshqarish tizimi) ma’lumotlar bazasiga qo‘shasizmi? degan savol bilan murojaat qiladi. Albatta bunday loyixani saqlashning maxsus usullaridan foydalanish shart bo‘lmaganligi uchun No –yo‘q javobini tanlash maqsadga muvofiq. Nazorat savollari 1. VBda formaga yozuv (Label) lar qanday o’rnatiladi va ularning hossalari? 2. VBda formaga rasm (Image) lar qanday o’rnatiladi va ularning hossalari? 3. VBda formaga matn ob’ekt (TextBox) lar qanday o’rnatiladi va ularning hossalari? 4. VBda buyruq tugma (CommandButtom) lar qanday o’rnatiladi va ularning hossalari? 5. VBda dastur kodi qayerga yoziladi? 6. VBda dastur qanday ishga tushiriladi? 7. VBda ekran forma va loyiha qanday saqlanadi? Download 225.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling