4-amaliy ish: Avtomobil yo‘l qurishda, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda forma-2, forma-3 xujjatlarni hisoblash


Download 191.62 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi191.62 Kb.
#1442901
  1   2   3
Bog'liq
4-AMALIY ISH AYSHMH (2)


4-amaliy ish: Avtomobil yo‘l qurishda, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda forma-2, forma-3 xujjatlarni hisoblash.


Ishdan maqsad: Talabalar avtomobil yo‘l qurilishida, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda forma-2, forma-3 xujjatlarini hisoblashni o‘rganish.

Bajariladigan topshiriqlar:



  1. Avtomobil yo‘l qurilishida, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda forma-2 xujjatlarini o‘rganish.

  2. Avtomobil yo‘l qurilishida, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda forma-3 xujjatlarini o‘rganish.

Mahalliy (lokalnaya) va ob’ektli smetalarni tuzish
Mahalliy smetalar boshlang‘ich smeta xujjatlari bo‘lib, loyihaviy xujjatlar, resursli-smeta me’yorlari hamda moddiy resurslarning me’yorlarida hisobga olinmagan narxlarni ishlab chiqish davomida aniqlanadigan ishlarning hajmi asosida alohida ishlar va xarajatlarga tuziladi.
Mahalliy smetalar qurilish loyihasi yoki ishchi xujjatlar tarkibida alohida turdagi ishlar va xarajatlarning smeta qiymatini aniqlash uchun tuziladi. Uch yoki ikki bosqichli loyihalashning “Qurilish investitsiyalashni asoslash” va “Arxitektura loyihasi” bosqichlarida mahalliy smetalar hisob-kitob qilinib, ular mahalliy smetalardan hisoblashlarni kamroq detallashtirilishi bilan farq qiladi hamda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar va smeta me’yorlaridan foydalanishni talab qiladi.
Mahalliy smetalar tuzish uchun dastlabki ma’lumotlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • quriladigan ob’ekt ko‘rsatkichlari va ishlarining hajmi;

  • mavjud smeta me’yorlari va mahsulotlarni tayyorlovchi korxonalarning sotish narxlari;

  • loyihali-smeta xujjatlari tarkibida ishlab chiqiladigan induvidual resursli-smeta me’yorlari.

Mahalliy smetalar (mahalliy smetalar hisob-kitoblar) avtomobil yo‘lining alohida konstruktiv elementlari yoki uni qurish ishlarining alohida turlari uchun o‘rnatilgan shakllar bo‘yicha ishlab chiqiladi:

  1. Tayyorgarlik: trassani tiklash; yerni ajratish; bino va inshootlarni ko‘chirish yoki buziladigan bino va inshootlar o‘rniga yangilarini qurish bo‘yicha zarar va yo‘qotilishlarni qoplash; yerni olishda qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari ishlab chiqarishining yo‘qotishlarini qoplash; daraxtlarni kesish; daraxt va to‘nkalarni karchevka qilish; toshlarni terish; qurilish shaharchasi maydonini tiklash va boshqalar;

  2. Asosiy: yerli mexanizatsiyalashgan; yerli mexanizatsiyalashmagan; mustahkamlash; sun’iy inshootlar; yo‘l to‘shamasining asosi, yo‘l to‘shamasining qoplamasi, qo‘shilish va kesishuv joylari va boshqalarning tuzilishi;


  3. Download 191.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling