Zbekiston respublikasi buxoro viloyati romitan tumani


Download 236.5 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1642019
  1   2   3   4
Bog'liq
Ромитан туман финал 5 йил стаж буйруқ финал лотин 2023 копия (2)











OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
BUXORO VILOYATI ROMITAN TUMANI
OILA VA XOTIN QIZLAR BO’LIMI BOSHLIG’INING
BUYRUG’I


2023-yil ____ _________ _____-son Romitan tuman


Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan
xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida
tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanomalar berish
chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF–87-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarda oliy ma’lumotli xotin-qizlar ulushini yanada oshirish maqsadida buyuraman:


1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq,
(tuman) ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolarini hududlarga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
10-iyunga qadar (tuman) ishchi guruhlarining xulosasi asosida (tuman) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlarining talabgorlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori (elektron hujjat shaklida)ni qabul qilinishini hamda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘rib chiqish uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etilishini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, hududlarda tashkil etilayotgan ishchi guruhining har bir a’zosi tegishli xulosalarga imzo qo‘yishi shart va tegishli hujjatlar asosida beriladigan xulosalar bo‘yicha mas’ul va javobgar hisoblanishi inobatga olinsin.



Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling