Zbekiston respublikasi buxoro viloyati romitan tumani
Download 236.5 Kb.
|
Ромитан туман финал 5 йил стаж буйруқ финал лотин 2023 копия (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-iyunga qadar
- 6. Matbuot kotibi
7-iyunga qadar tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgorlarning ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Qaror bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligini ko‘rib chiqish;
talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha talabgorlarga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosalarni qabul qilish; tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan talabgorlarning ro‘yxatlarini shakllantirish; belgilangan muddatlarda ishchi guruh yig‘ilishining yakuni bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzish va ishchi guruh rahbari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlash; Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining talabgorlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida buyrug‘i chiqqanidan so‘ng ikki ish kuni ichida talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilishini tashkil etish; 15-iyunga qadar tavsiyanomalarni talabgor xotin-qizlarga yetkazilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 4. Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi (O’.Mamatqulov) mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma olish bo‘yicha qilingan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlar)ni alohida nazoratga olish, tahlilini yuritish hamda o‘rnatilgan tartibda ijro uchun tuman ishchi guruhiga yetkazish choralarini ko‘rsin. 5. Qaror bilan tasdiqlangan Nizom hamda mazkur buyruqda belgilangan vazifalarni to‘liq, xolisona, adolatli, shaffof amalga oshirilishi yuzasidan o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha tuman ishchi guruhlari a’zolarining har biri shaxsan mas’ul va javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 6. Matbuot kotibi (I.Sattorov), tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlariga mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari asosida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanomalar berish bilan bog‘liq jarayonlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin. 7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling