Zbekiston respublikasi buxoro viloyati romitan tumani
Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
Download 236.5 Kb.
|
Ромитан туман финал 5 йил стаж буйруқ финал лотин 2023 копия (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yagona milliy mehnat tizimi”
- 3. Tuman ishchi guruhlari bilan birgalikda: 1-iyunga qadar
2. Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i:
Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori (keyingi o‘rinlarda – Qaror) hamda mazkur buyruqqa asosan tumanda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin; xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari va xotin-qizlar faollari bilan birgalikda barcha mehnat jamoalarida hamda mahallalarda xotin-qizlar o‘rtasida Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish; tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda kollej va texnikumlarni bitirgan hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar ro‘yxatini mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirish; tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur ro‘yxatdagi xotin-qizlarning mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga egaligini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi ma’lumotlari asosida aniqlash; 20-mayga qadar tuman ishchi guruh a’zolarining har biri uchun elektron raqamli imzo olishlarini ta’minlash; doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarni oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chiqishlar tashkil etish. 3. Tuman ishchi guruhlari bilan birgalikda: 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalarini xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilish; talabgor xotin-qizlarning tegishli hujjatlarini (mehnat stajini hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotlar va boshqalar) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish; “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilingunga qadar ishlagan va 2020-yil 1-yanvardan keyingi davrda mehnat faoliyatini olib bormayotgan talabgorlarning ish staji ma’lumotlari (agar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida qayd etilmagan bo‘lsa) ularning mehnat daftarchalaridagi yozuvlar asosida aniqlash; talabgor xotin-qizlar tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan va bugungi kunda tizimda tasdiqlanmagan ish staji ma’lumotlari mehnat daftarchalaridagi yozuvlar bilan bir xil bo‘lgan taqdirda inobatga olinishini ta’minlash; Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling