Zumrad bahor
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
ochilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
- Taqrizchilar: M.Rahimqulova
- Boshlang’ich sinf o`qish darslarida tabiat mavzusini o`rganishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati
- Boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganish usullari
1
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIM XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI ERGASHEVA G.A.
MAVZUSINI O`RGANISH
Samarqand – 2020 2 Ergasheva G - SamVXTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi “O`qish darslarida “Zumrad bahor” mavzusini o`rganish”. SamVXTXQTMOHM, 2020-yil, 20 bet.
Muharrir: J.Eshquvvatov - SamDU huzuridagi XTXQTMOHM Ilg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri.,dots
T.Tolipova – SamVXTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Ushbu uslubiy ko’rsatmada boshlang’ich sinf o`qish darslarida tabiat mavzusini o`rganishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati, boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganish usullari, 4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o`rganishda interfaol usullardan foydalanish xususiyatlari o’z aksini topgan
Uslubiy ko`rsatma hududiy markaz Ilmiy-uslubiy kengashining 2020 yil ___ iyundagi ___ sonli yig’ilish qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan. 3
KIRISH
XXI asrning ikkinchi 10 yilligida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari kabi ta`lim- tarbiya sohasiga ham davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida ahamiyat qaratildi. Insoniyatning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikamiz davlat siyosatning markaziga chiqarilgan bo`lib, hozirgi kunda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning ta`lim-tarbiya borasida olib borayotgan ishlarida yaqqol namoyon
bo`lmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonida uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish yo`lini davom ettirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsiyon yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ta`lim tizimi sohasidagi ustivor yo`nalishlar sifatida belgilandi. Davlatimiz tomonidan ta`lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish ishlari amalga oshirila boshlandi. “Ta`lim to`g`risida“gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“, ular asosida “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti”larini, darsliklarni takomillashtirish ishlari boshlab yuborildi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunda “Davlat ta`lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha
ta`lim muassasalari uchun majburiydir” 1 ,- ekanligi ta`kidlab ko‘rsatilgan. Boshlang‘ich sinflarda o`qish darslari o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
1 «Tа`lim to`g`risidа»gi qоnun \\O`quvchi mа`nаviyatini shаkllаntirish.-T., Shаrq. 2000.9 –bеt.
4 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilingan 2 . Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar o`qish darslarining sifatini ko`tarishda bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. O`qish darslari jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, mustaqilligini va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Respublikamizda umumiy o’rta ta’limning davlat ta`lim standartida boshlang`ich sinf o‘quvchilarining o‘qish predmetidan o‘qish texnikasi, matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi 3 . Bu talablarni amalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o’qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qildi. Hozirda o‘quvchilarga o`qish darslarida bilim berish, bilimlarni oshirishda o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`llash bo`yicha metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda. O‘qish darslarida badiiy asar tahlilida adabiyot nazariyasiga asoslaniladi, chunki o‘quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o‘quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.
2
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 39-бет. 3
Umumiy O`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi. “Boshlang`ich ta`lim“ jurnali. 2005. 5-soni. 5-bet.
5
ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar kichik yoshdagi o’quvchilarda imon-e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, vatanga muhabbat uyg’otish, o’zligini tanish orqali olamni tanishga yo’llash maqsadlariga xizmat qiladi. O’qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham o’qish boshlang’ich ta’lim tizimida muhim o’quv predmeti, ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash, o’qish ko’nikmalarini bilan qurollantirish vositasi hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim davlat ta’lim standartining ”Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari”da “Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi” 4 ,- deyilgan. Boshlang’ich ta’lim ona tili ta’limi doirasiga o’qish predmeti ham kiritiladi. Demak, bu vazifa ta’lim tizimini uyushtiruvchi o’qish darslariga ham taalluqlidir. O’qishga o’rgatishning muhim vazifalari sifatida dasturda quyidagilar ko’rsatilgan: - o’quvchilarning boshlang’ich o’qish malakalarini (to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishni) takomillashtirish; - bolalarni o’qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularni tasvirlangan voqea-hodisalar mag’zini chaqish, muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash; - bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash;
4 Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti. Boshlang`ich ta`lim.|| Ta`lim taraqqiyoti. –T.: Sharq.1999. 75-bet. 6 -o’quvchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish; - o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o’z-o’zidan zarurat seziladi. Boshlang’ich sinflarda mavsumiy mavzularni o’rganishning hozirgi holatini o’rganish bevosita shu mavzudagi o’quv materiallarining sifati, o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi, o’rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi va uning tatbiqi bilan asoslanadi. Boshlang’ich sinf o’qish dasturida o’qish mavzularini berishda mavsumiy va tadrijiylik tamoyili hisobga olingan. Dasturda “1-sinfning o’quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o’qiydilar. 2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo’lmagan vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, ahloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar. 3 va 4-sinflar o’qish mavzulari ko’lami ancha kengaydi... O’qish darslari oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog’liq bo’lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o’zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o’zaro bog’liq bo’lishi lozim”ligi ta’kidlanadi. Boshlang’ich sinf o’qish dasturi talabidan kelib chiqqan holda “O’qish kitobi“dagi o’rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. “O’qish kitobi“dagi mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar sinfdan sinfga o’tgan sari murakkablashtirilib boriladi. Bir mavzu doirasida asarlar ham hajm jihatdan, ham syujetining murakkablashib borishi bilan ajralib turadi. Mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, uning inson salomatligiga ta’sirini bilib boradilar. 7 1-sinf “O’qish kitobi“da 5 bittagina tabiat mavzuga doir bo’lim bo’lib, u ”Ko’klam – yashardi olam” deb nomlangan. Unda 9 ta asar berilgan va bitta bo’lim yuzasidan umumlashtiruvchi-takrorlash darsi ajratilgan. “Ko’klam – yashnaydi olam” bo’limida dastur talabiga ko’ra fasllar kelinchagi, yashash- yasharish faslining o’ziga hos xususiyatlari, inson hayoti va butun tabiatga ta’siri haqida hikoya qilingan asarlar o’rin olgan. Bu sinfda mavsumiy mavzular boshqa bo`limlarda ham o`rganiladi. Masalan, vatan mavzusi o`rganilayotganda, qish haqoda, Vatan himoyachilari haqida asarlar o`qiydilar. 2-sinf “O’qish kitobi“ga 6 ”Oltin kuz – hosiling yuz”, ”Kumush qish – misoli oqqush”, ”Zumrad bahor – bahri-diling ochar”, ”Yoz – o’tadi soz” bo’limlari kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan. ”Oltin kuz – hosiling yuz” bo’limida dastur talabiga ko’ra kuz tabiatiga doir asarlar yordamida kuzda insonlar mehnati, ularning tabiatga munosabatlari haqida ma’lumot berish, tabiatga sayr va sayohatlar asosida insho yozish rejalashtirilgan. Dastur talabiga ko’ra ”Kumush qish – misoli oqqush” bo’limi orqali qish tabiati, dala va bog’larning qishki ko’rinishi, o’quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o’yinlar haqida ma’lumot beriladi. 3-sinf “O’qish kitobi“ga 7 ”Kuz manzarasi va mehnat”, “Kumush qish“, “Bahor manzarasi va mehnat“, “Yoz manzarasi va mehnat”, “Tabiatni seving va asrang” bo’limlari kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan. 4-sinfda ”Oltin kuz” 8 bo’limida ”Saxovatli fasl” (Matn), ”Kuz” (SH.Sa’dulla) she’ri, ”Qovun sayli” (SH. Sa’dulla) hikoyasi, ”Dehqon” (S.Rahmon) she’ri; ”Kumush qish” bo’limida ”Qish to’zg’itar momiq par” (Q.Hikmat) she’ri, ”Rangin qorlar” (Olloyor) ertagi, ”Qish” (T.Adashboev)
5
6
G’afforova T.. va b. . O’qish kitobi. 2- sinf uchun.. T.: Sharq. 2018. 7 Umarova M. va b O’qish kitobi. . 3- sinf uchun. T.: O’zbekiston. 2017. 8
Matchonov S. va b. O’qish kitobi. 4- sinf uchun. T.: Yangiyo’l poligraf servis. 2017. 8 she’ri, ”Qor odamning sovg’asi” (O.Husanov) hikoyasi; “Zumrad bahor“ bo’limida Xudoyberdi To’xtaboevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyalari, Yusuf Xos Hojib “Bahor ta’rifida”, G’ayratiyning “Buzilmagan uya“, Qudrat Hikmatning “Bahor“ she’ri, “Bayram urf-odatlari“, F.Musajonovning “Saxiy bog’bon“ hikoyasi; “Yoz – o’tadi soz” bo’limida ”Yoz” (SH.Sa’dulla) she’ri, ”Oydin kecha” (Murod Xidir) hikoyasi, ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev) hikoyasi, ”Suv bilan suhbati” (Z.Diyor) she’ri, ”Quyosh sevgan yurt” (R.Tolib) ertagi o’qib o’rganiladi. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan. Tabiat mavzular sinfdan sinfga o’tgan sari murakkablashib borilishini yuqorida ta’kidlab o’tdik. Lekin bo’limlarning nomlanishiga e’tibor qaratsak, bo’lim nomlarining bir xil ifoda etilganini ko’ramiz. Bu, bir tomondan, mavzuni ifodalashda tasvirlashni, ifodalashni qashshoq holatga keltirib qo’ygan, ikkinchidan, o’quvchilarda ”Nima uchun bo’limlar bir xil nomlangan? Demak, oldingi sinfda o’tilganlarni o’rganar ekanmiz” fikrni tug’diradi. Nomlar ham bolalar yoshiga va idrok eta olish qobiliyatiga mos bo’lishi, sinfdan sinfga murakkablashtirib borilishi lozim. kerak. Masalan, 2- sinfda ham 4-sinfda ”Yoz – o’tadi soz”, 3-sinfda “Kumush qish“ va 4-sinfda ham “Kumush qish“ kabi bir xil nomlangan. Aslida qo’yilgan mavzu nomi ham o’quvchini o’ylatishi, o’zi tortishi, hayajonlantirishi lozim. SHuningdek, mavsumiy mavzudagi ba’zi asarlar hajmi 1-2-sinfda katta bo’lgani holda 3- sinfda kichik. Masalan, 3-sinfda “Kuz kelganda” she’ri 6 misradan iborat bo’lsa, 1- sinf “Lola” va “Navro’z” she’rlari 12 misradan iborat. Darsliklarda o’quvchilar uchun qiyinlik qiladigan asarlar ham bor. Masalan,3-sinfda Abdulla Avloniyning “Yoz” she’ri biroz murakkab va hozirgi zamon nuqtai nazaridan jo’nroq.(205- bet). 3-sinfning “Yoz manzarasi va mehnat” bo’limlarda “Yettinchi olimpiya sport maktab-internati” (Mirzo Ahad) hikoyasi, Anvar Obidjonning “O‘ktam avlod” she`ri mavzu bilan bog‘liq emas. “Kuz manzarasi va mehnat” bo’limida kirish darsi uchun ikkita matn 9 berilgan. Biri nasriy “Oltin kuz” va she’riy matn “Kuz kelganda” berilgan. O’quvchi mavzu bir xilligini anglaydi, lekin matn tahlili ularga qiyinchilik tug’diradi. 2-sinf “O’qish kitobi”da “Oltin kuz – hosiling yuz” bo’limidagi asar 2- sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga mos emas, kishini hayajonga soladigan badiiy matnlar tanlanmagan. Masalan, “Kuz”, ”Kuz tabiati”, ”Kuz ne’matlari”, ”Hosil bayrami” matnlari mualliflar tomonidan yaratilgan, badiiy asarlar emas. ”Kuz tabiati” matnida “Sovuq kun sayin kuchayib, iliq kunlar
uch marta sovuq so’zi qo’llangan. Mavsumiy mavzudagi asarlarning hammasini badiiy jhatdan yuqori saviyada yozilgan deb bo’lmaydi. Ularni tanlaydigan olim asarlarning mavzusi bilan birga shakl tomoniga diqqatini qaratishi zarur. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’qish dasturi va darsliklarida mavsumiy mavzularga katta e’tibor qaratilgan va yaxshigina o’rin berilgan. Mavzuga doir tanlangan asarlar ham o’quvchilarga yetarli bilim beradi, tabiatga mehr va uni asrash hissini uyg’otadi. Tanlangan asar badiiy jihatdan ham yuqori savida bo’lib, ular o’quvchilar hissiyotiga kuchli ta’sir qiladi, ularni hayajonga soladi. Masalan, Anvar Obidjonning “So’nggi axborot” she’ri (3-sinf), ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev) hikoyasi (4-sinf) o’quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Matnlarda qo’llangan badiiy vositalar o’quvchilar nutqini boyitadi va bog’lanishli nutqini o’stiradi. Boshlang’ich ta’limda mavsumiy mavzularni o’rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy qobiliyatlarining o’sishiga, nutqini o’stirishga, o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. Maktabda mavsumiy mavzularni o`rganish darslarini kuzatdik. O`qituvchilar o`quvchilarning tasavvurini kengaytirish maqsadida tabiat tasvirlangan rasmlardan, turli o`simliklar,gullar, bog va dala mahsulotlari
10
rasmlaridan foydalandilar. Topishmoqlar, maqollar aytdilar. O`quvchilarni ham izlanishga undadilar. O`quvchilar tabiat tasvirini chizib, uning mazmunini kitobdagi materiallardan foydalanib so`zlab berdilar. Ltrby biror marta ham tabiatga ekskursiya uyushtirilmadi. Qish fasli haqidagi bo`limlar o`rganilganda ko`proq qishki ta’til, bolalarning qishki o`yinlari, yangi yil, qorbobo, hayvon va qushlarni qishdagi hayoti haqida suhbatlar uyushtirildi. 2-sinf dasturida kuzda, qishda, bahorda, yozda tabiatga sayr va sayohat uyushtirish haqida tavsiya berilgan, lekin dars jarayonida, undan keyin o`quvchilar sayohatga olib chiqilmadi. Dasturda insho, bayon yozish haqida topshiriq berilishi ko`zda tutilgan. O`quvchilar inshosi ko`zdan kechirilganda, ijodiy ishda har doimgi gaplar ifoda etilgan. Ishda badiiylik yetishmaydi. O`quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida og`zaki suhbat o`tkazildi, test olindi, yozma ishlar uyushtirildi. Nazorat natijalari shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`rtacha o`zlashtiruvchilari 60 foizni tashkil etdi. Biz uyushtirgan noan’anaviy darsdan so`ng natijalar ancha yuqori ko`rsankichni ko`rsatdi. Xulosa qilib, aytish mumkinki, mavsumiy mavzularni o`tish usullari takomillshtirishni taqozo etadi. Boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganish usullari Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bolalarda kelajakka intilish, orzu- havas, mehnatga va bilim olishga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, ona- Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi. Badiiy asarlar shunday yuksak hislarni tarkib toptiruvchi asosiy omil sanaladi. Ma’lumki, badiiy asar matni ustida qilinadigan tahlil ishlari asar mazmunini to’liq o’zlashtirishga qaratiladi. Ular o’quvchilarning jamiyat va borliq haqidagi 11
bilimlarini boyitib, o’qish ko’nikmalarini takomillashtiradi. Asar tili, badiiy vositalari ustida ishlash o’quvchilarning nutqini o’stiradi, asar qahramonlariga tavsif berish o’quvchi shaxsini tarbiyalaydi. Demak, o’qish darslarida badiiy asar ustida ishlashning har bir yo’nalishi va bosqichi ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflar kesimida mavsumiy mavzularni o’rganishga katta o’rin berilgan. O`qish darslarida tabiat mavzusidagi badiiy asar matnida ustida ishlashda o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishi, o’qitish usullari to`g`ri tanlanishi taqozo etiladi. O’qish darslarida mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish o’quvchilarni tabiat hodisalari bilan tanishtiribgina qolmay, ularning o`qish ko`nikmalarini o`stiradi, lug`atini boyitadi, nutqini rivojlantiradi, tabiat uning uyi ekanligini, uni muhofaza qilish burchi ekanligini anglashlariga yordam beradi. Hozirgi kunda o’qish darslarida har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari ishlab chiqilgan bo`lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Darsda o’quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullar asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib tanlanadi. Asarni o’qib tanishtirish, o’quvchilarning o’zlariga ketma-ketlikda o’qitish, rollarga bo’lib o’qitish, asar tili ustida ishlash, qahramonlarga tavsif berish, asarni qayta hikoya qildirish, ta’limiy va tarbiyaviy xudlosa chiqarish ishlari hozirgi kunda maktablarda an`anaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Lekin ularni tashkil etishda ilg’or innovatsion texnologiyalardan foydalanish ishlari ishlab chiqilishni davr talabi deb hisoblaymiz. Boshlang’ich sinfda mavsumiy mavzudagi asarlardagi yozuvchi ilgari surayotgan g’oyani bolalar to’g’ri anglashlari uchun qo’yidagi tamoyillarga to’liq amal qilinishi zarur: 1. O’qishni tabiatda yuz beradigan jarayonlar bilan bog’liq holda tashkil etish.
12
2. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning tabiat haqidagi hayotiy tajribalariga, taassurotlariga tayanish. 3. Tabiat mavzusidagi asarlarni o’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar foydalanish lozim. Mavsumiy mavzudagi asarlarning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda bo’lgani uchun o’ziga xos usulda o’qib-o’rganishni taqozo qiladi. Ma’lumki, mavsumiy mavzudagi asarlar ham bir dars davomida bosqichma- bosqich o’rganiladi. Bilamizki, avvalo o’quvchi asarni o’qishga tayyorlab olinishi kerak. Tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganishda tabiat tasviriga doir rasmlar ustida ishlash, tabiat bag’riga sayohat, tabiat va kuzdagi bayramlar haqidagi kinofilmlar namoyishi bolalarni kuzatuvchanlikka o’rgatadi. Televizorda fasllar boshlanishi bilan “Tabiat manzaralari” ko`rsatiladi. SHulardan foydalanish mumkin. Masalan, “Oltin kuz”, “Mehrjon sayli” “Olma”, “Xazonchinak” ilmiy-ommabop va badiiy asarlarni o’rganishda slaydlardan foydalanish mumkin. Badiiy asarni o’rganishning har bir bosqichida o’quvchilarni faollashtiradigan, mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi. 4-sinfda “Yoz o’tadi –soz“ bo’limida “Yoz“ she’ri, “Bobomning sovg’asi“ hikoyasi ,“Non qayerdan keladi?“, “Oydin kecha“, “Nihollarning nolasi“, “Suv bilan suhbat“, “Quyosh sevgan yurt“ asarlari o’rganiladi. Asar bilan tanishtirish va o’quvchilarga ifodali o’qish namunasini ko’rsatish uchun aktyorlarning audio- video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. X. To’xtaboevning “Nihollarning nolasi“ hikoyasi badiiy o’qish metodida audio- video tasmalar orqali eshittirilsa, o’quvchilarga voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi, ular emotsional zavq oladilar, o’qiganda eshitganlariga taqlid qiladilar. Mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganishda asosiy diqqat badiiy tasvirlarga qaratilishi lozim. Badiiy tasvir joy tasviri, tabiat tasviri, inson tasviri, qush va parrandalar tasviri, hayvonlar tasviri bo’lishi mumkin.
13
4-sinfda “Zumrad bahor“ bo’limida berilgan asarlar matnida tabiat tasviriga bag’ishlangan o’rinlar, badiiy tasvir vositalari ko’p qo’llangan. Ular o’quvchilarning bahor fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. 4-sinfda o’quvchilari tasviriy vositalar ustida mustaqil ish metodida ishlashlari mumkin. Ya’ni ular badiiy matndan mustaqil ravishda badiiy vositalarni topadilar, ularning vazifasini, ular ifodalagan ma’noni izohlaydilar. Badiiy vositalardan qayta hikoyalash jarayonida o’z nutqlarida foydalanadilar. O’quvchilarning badiiy matndagi tasviriy vositalarni aniqlashlari va izohlashlari uchun o’qituvchi yo’llovchi savollar berib boradi. Agar o’qituvchi 1-3-sinflarda jonlantirish, o’xshatish, mubolag’a, tabiat tasviri, insonlar tasviri ustida ishlagan bo’lsa, o’quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo’lsa, o’quvchilar qiynalmay topa oladilar. Farhod Musajonovning “Sahiy bog’bon” hikoyasi, Xudoyberdi To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyalari o’quvchilarda katta qiziqish o’yg’otadi. Farhod Musajonovning “Sahiy bog’bon” hikoyasida gulning ochilishi tasviri berilgan: “Ko’chat gurkirab o’sa boshladi. Ko’p o’tmay g’unchaning uchi yorilib, qip-qizil gul ko’rina boshladi. Oldiniga u kichkina edi, uch kundan keyin esa piyoladek keladigan qip-qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli ediki, Odiljon qarab to’ymasdi“ 9 .
tasviri: Yuragim
hapriqib ketdi.
SHirin-shirin entika
boshladim. Suhbatdoshlarimga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko’zlarida yeyayotgan o’riklaridan olayotgan huzurdan o’zga ifodani sezmayman“, xalq hikmati: “mol yotganda emas, yeganda semiradi“, o’xshatish: “Sutga to’ymagan qo’zi onasining orqasidan qolmagandek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurardim“, tabiat tasviri: “Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ulgurmagan, tuproq ham xamirdek ko’pchib turibdi. Tepalikning kungay tomonida chuchmomalar
9 S.Matchonov va . O’qish kitobi. 4-sinf uchun. _T., Yangiyul poligraf servis. 2009, 199-bet. 14
yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla edi.“, erkalash: “Yo’q, bo’talog’im, hammasini ekib ketganimiz yaxshi“, ko’chma ma’noli so’zlar: “Rahmatli bobom o’sha yili ham, keyingi paytlarda ham hurjunning ikki ko’ziga ikki ko’zani solib, tepalikka suv tashigani tashigan edi“, qahramon tasviri: “Yoshi yetmishlarga borib qolgan, baland bo’yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho’ziq yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas kishi edi“ 10 kabilar qo’llangan. Yuqoridagi badiiy vositalar ustida ishlashda samarali usullar qo’llansa, o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari o’sadi. Birinchi navbatda, hikoya mazmuni, voqealar rivoji, qatnashuvchilarning xatti-harakati tahlil qilinadi. Bunda qahramonlarning xatti-harakati va xarakteriga xos xususiyatlari ularning yashash sharoitlari bilan bog’liq holda qaraladi. Bunday hikoyadagi badiiy tasvirga alohida e’tibor bilan qaralib, savol va topshiriqlar asosida tahlil qilinadi. X.To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi” hikoyasi ustida ishlashda “Qoraqandak” o’rigiga, Erkacholga berilgan tasvirning badiiy jihatlarini tahlil qilish asosiy o’rinni egallaydi. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini “fikrlarning mazasini” shimayotgandek, “tik qomatli, tarashadek qotma, cho’ziq yuzli, serzarda, tinib-tinchimas” kabi so’z va iboralarga qaratishi lozim. Bunda X.To’xtaboyevning “Erkacholning o’rigi ” hikoyasi matni qismlarga bo’linadi o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga alohida savol va topshiriqlar beriladi. Badiiy asar matnidan kelib chiqib, tahlil usullari tanlanadi. Tabiat mavzusidagi asarlarni o`qishda o`quvchilarni jonli tabiat bilan bog`lash lozim. Shunday o`quv topshiriqlari ishlab chiqish kerakki, o`quvchi tabiatdan, hayotdan shunday holatlarni topsin va kuzatsin, o`zi muayyan xulosalar chiqarsin.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling