Filologiya tillarni o`qitish (Nemis tili) ta`li yo`nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinov dasturi


Download 101.41 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi101.41 Kb.
#1497505
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5120100-Filologiya va tillarni uqitish (Nemis tili)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

5120100-Filologiya tillarni o`qitish (Nemis tili) ta`li yo`nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinov
DASTURI

2021/2022 o`quv yili


Tuzuvchilar:
Saydaliyev S. –NamDU Jahon tillari fakulteti, Nemis va frantsuz tillari kafedrasi professori, p.f.n.
Tursunov A.H. – NamDU Jahon tillari, Nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri PhD.
Tursunov Z.Z- – NamDU Jahon tillari, Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o`qituvchisi
Rahimov H.T. – NamDU Jahon tillari, Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o`qituvchisi
Turdiev H.J. – NamDU Jahon tillari, Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o`qituvchisi
Taqrizchilar:
Qo`chqarov N. – NaMTI qoshidagi akademik litsey O`IDO`
Murodullayeva Sh. – Uychi tumani XTB xorijiy tillar uslubiy birlashmasi metodisti

5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (nemis tili) tahlim yo`nalishi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi, baxolash mezoni, savollari va yozma ish variantlari NamDU, Jahon tillari fakulteti, Nemis va frantsuz tillari kafedrasining 2021-yil «25» 11 dagi № 6-sonli yig’ilishida ko`rib chiqilgan.



Kafedra mudiri A.Tursunov
5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (nemis tili) ta’lim yo`nalishi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi, baxolash mezoni, savollari va yozma ish variantlari NamDU o`quv-uslubiy kengashida 2021- yil «14» 12 dagi № 4-sonli majlisida tasdiqlangan.

Kengash kotibi M.Asqarova




I. UMUMIY QOIDALAR
1 5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (nemis tili) ta’lim yo`nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o`rinlarda – Dastur) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-sonli buyruғi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to`g`risida”gi Nizom, 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyruғi bilan tasdiqlangan “5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (nemis tili) ta’lim yo`nalishining malaka talablari” (keyingi o`rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5120100-18 tartib raqami bilan ro`yxatga olingan o`quv rejasining (keyingi o`rinlarda – O`quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o`quv dasturlari asosida tuzildi.
2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o`rinlarda – Attestatsiya sinovi) O`zbekiston Respublikasining oliy ta`limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko`ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta`lim yo`nalishi xususiyati, iqtidori va hohishiga ko`ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o`quv rejasidagi tahlim dasturlarini to`liq o`zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.
3. Attestatsiya sinovini to’shirishga o`quv reja va fan dasturlarini to`liq tugatgan va o`quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan talabalarga ruxsat beriladi.
4. Attestatsiya sinovi O`quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov to’shiriqlari ushbu fanlar o`quv dasturlari asosida tuziladi.
5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo`yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo`yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo`naltiriladi.

Download 101.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling