Dasturlash tillari tarix dasturlash tillari guruhlari delphi va c++ dasturlash tillari


Download 367.5 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi367.5 Kb.
#1018880
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DASTURLASH ORQALI TEKISLIK VA FAZODA MURAKKAB FIGURALARNI QURISH


DASTURLASH ORQALI TEKISLIK VA FAZODA MURAKKAB FIGURALARNI QURISH

REJA:

  1. DASTURLASH TILLARI TARIX

  2. DASTURLASH TILLARI GURUHLARI

  3. DELPHI VA C++ DASTURLASH TILLARI

  4. JAVA DASTURLASH TILINING TEXNOLOGIYALARI




Dasturlash tillari tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha uzoq yillarga borib taqaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog`liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo`lib, agar bug`doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o`sishi uchun necha yil va oy kerak bo`lishi algoritmi tuzilgan.
X IX asrda fransuz Jozef Mari Jakkard 1804- yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida to`quv dastgohlari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
1836- yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita ajdodi bo`lmish analitik mashina ishlab chiqarishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob natijalarini «eslab» qolishida edi. 1843- yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayronning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi lozimligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlami yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, u larni ishlatish uchun zarur bo`lgan til yaratilishini talab etdi.
Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo`lgan buyruqlar tizimini qo`llash masalasi qo`yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o`rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi, Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM- 6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida qo`llanildi. Masalan, ST 5, BSUM ifoda 5 raqamini BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-store-joylashtirish) degan buyruqni beradi.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling