Fizika fanidan namoyish eksprimentlaridan muammoli foydalanishning turlicha usullari.”


Download 52.87 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi52.87 Kb.
#1263051
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islomov Xurshid 020-74 talabasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI


FIZIKA YO’NALISHI
2-KURS 020-74-GURUH TALABASI
ISLOMOV XURSHIDNING

FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN


FIZIKA FANIDAN NAMOYISH EKSPRIMENTLARIDAN MUAMMOLI FOYDALANISHNING TURLICHA USULLARI.”


MAVZUSIDAGI
KURS ISHI


Bajardi: Islomov X
Qabul qildi: Rahmonova M

MAVZU: FIZIKA FANIDAN NAMOYISH EKSPRIMENTLARIDAN MUAMMOLI FOYDALANISHNING TURLICHA USULLARI.



MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..
1.Fizikadan o’quv eksprimenti va uning turlari…………………………….
2.Namoyish tajribalarining umumiy tavsifi………………………………...
3.Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar………………
Xulosa………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..

KIRISH
Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo’lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir.
Prezidentimiz Sh.M Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: ‘’Hamma o’z tarixini ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimiz haqida to’la tasavvurga ega bo’lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur. O’sha davrda ulug’ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. Mavzuning dolzarbligi: Fizika tabiat hodisalarni tajriba yo’li bilan o’rganadigan eksprimental fandir. Hozirgi kunda namoyish tajribalaridan muammoli vaziyatlarda foydalanish dolzarb masala bo’lib, uning hal qilinishini umumta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishni zamon va jamiyat talablari darajasida amalga oshirishni taqozo qilmoqda. ‘’O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan ‘’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ va ‘’Ta’lim to’g’risida’’gi qonunning maqsadi, oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishning mazmuni va vazifalari, o’quv fizika eksprimentining vazifalari, fizikadan masalalar yechish metodikasi, fizika o’quv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash metodlari, fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarning har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning mutaxassislik bo’yicha yo’naltirishini ko’zda tutadi. Tavsiya etilayotgan ushbu o’quv dasturida fizika fani yutuqlaridan, Respublikamizning ushbu sohada ishlayotgan taniqli olimlar, akademiklar tajribalaridan, ajdodlarimizning qimmatli merosidan va ilmiy xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan, fan va texnikasining turli sohalaridagi masalalari o’z aksini topgan. Mavzuning maqsadi va vazifalari: Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yob chiqarish bosqichlarining mazmun va mohiyatini ochib berish, hozirgi davrda fizika o’qituvchisining kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rnini asoslab berish, fizikaviy masalalarni turli usullarda yechish metodikasini o’rganish, namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasi va texnikasini o’rganish, ta’limda innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llash hamda o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talabalar asosiy fizika qonunlari va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsplarining ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularning taqqoslashni, asosiy fizik qonun va jarayonlarni mexanik hodisalarga qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonunlar, ideallashtirilgan modellar, dars o’tish texnikasi, ochiq darslarni tashkil etish metodikasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi, umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish o’quviga, fizik qonun va formulalarni nostandart masalalarga tadbiq etish, fizik qonunlar asosida tavsiflash, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida dars o’tish, ochiq darslarni tashkil etish, fizika o’quv mavzularida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashni bilishi va ulardan foydalana olish, oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchash bajarishni va natijalarini hisoblashni, ekspriment xatoliklarini hisoblash va sifatini xulosalashni bilishlarini kerak. Oliy yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlarni tashkil qilish qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni o’tkazish jarayonida fan bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Mavzuning ilmiy yangiligi: Fizika o’qitish metodikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshirilgan masalaga doirasida bakalavr. Fizika fanini o’qitish metodikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi, fizika fanini o’qitish texnologiyalari va vositalari, fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari, hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni, o’rta umumiy ta’lim maktablari va mutaxassislashtirilgan maktablarda fizika o’qituvchisining asosiy maqsadlari, oliy ta’lim tizimida fizika fanini o’qitishning mazmuni va vazifalari, fizika fanini o’qitishda ma’ruzaning roli, fizika kursining tabiiy o’quv fanlari bilan bog’liqligi, fizika masalalarini klassifikatsiyalash. Turli xildagi masalalarini yechish metodikasi, namoyish tajribalarini tayyorlash, ko’rsatish metodikasi va texnikasi. Fizika o’quv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash usullari, dars turlari va tuzilishlari, turli darslarga o’qituvchining tayyorgarligi, reja konspekt tuzish. Seminar va konferensiya darslarini rejalashtirish, oliy o’quv yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlarini tashkil qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni o’tkazish jarayonida fan bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishi kerak.



Download 52.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling