Fizika fanidan
Download 0.57 Mb.
|
Aleksandrik lazer
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FIZIKA FANIDAN mustaqil ish Mavzu _________________________________ Tayyorladi: ___________. Qabul qildi: ____________ 2023 Aleksandrik lazer Kirish Lazerlarning yaratilishi. Lazerni o’lchash sensori prinsipi va qo’llanilishi. Aleksandrik lazer apparati, ishlash tamoyili. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Lazer nuri uzluksiz doimiy amplitudali, impulsli va yuqori quvvatga ega bo’lishi mumkin. Ko’pgina qurilmalarda lazerdan boshqa manba orqali nurlanishni kuchaytirgich sifatida foydalaniladi. Kuchaytirilgan signal boshlang’ich signal bilan to`lqin uzunligi, fazasi va qutblanishi bilan mos keladi. Bu optik qurilmalarda juda muhim hisoblanadi. Yorug’likning oddiy manbalari nurni turli yo’nalishlarda keng diapazon bo’ylab sochadi. Bundan tashqari lazer bo’lmagan manbalarning nurlanishi odatda muhim qutblanishga ega bo’lmaydi. Aksincha, lazer nurlanishi monoxromatik va kogerent bo`lib, doimiy to’lqin uzunligi va aniq fazaga shuningdek ma’lum qutblanishga ega. Kogerent bo’lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo’lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnetik to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radioto’lqinlari manbalariga o’xshash bo’ladi. 185 Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyb hamma xususiyatlarida ko’rinadi. Nurlanishning to’la energiyasi bundan istisno bo’ladi, chunki bu energiya kogerent bo’lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bog’liq bo’ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog’langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo’nalishlari bo’yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo’ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 s ga teng bo’lgan juda qisqa impulslar chiqaradi, shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo`lishi mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling