Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet1/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
05 Glossary

GLOSSARIY





Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум

Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi.

Additiv “oq” Gauss shovqini ingl: аdditive white Gaussian noise
rus: аддитивный «белый» гауссовский шум

Normal taqsimlangan “oq” shovqin.

Aloqa vositalari
ingl: communication tools rus: средства связи

Elektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo‘natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari.

Analog
ingl: analog
rus: аналоговый

Uzluksiz shaklda aks etuvchi to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma’lumotlar hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta’rif.

Analog modulyasiya
ingl: analog modulation
rus: аналоговая модуляция

Nurlanuvchi tebranish parametrlari (amplituda, chastota, faza) modulyasiyalovchi kirish signalining amplitudasiga proporsional o‘zgaradigan modulyasiya usuli.

Analog signal
ingl: analog signal
rus: аналоговый сигнал

To‘xtovsiz o‘zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi.
Vaqt davomida o‘zgaruvchan analog signalining amplitudasi tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo‘lib, odatda o‘lchangan fizik kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signalni tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog-raqamli o‘zgartirgich zarur.


Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling