Uzatish liniyasi
ingl: transmission line rus: линия передачи
|
Umumiy liniya inshootlari, ularga xizmat ko‘rsatish qurilmalari va xizmat ko‘rsatish qurilmalarining ishlash doirasida yagona tarqatish muhitiga ega bo‘lgan uzatish tizimlarining liniya traktlari va/yoki namunaviy fizik zanjirlar majmui.
|
Uzatish sifati
ingl: quality of transmission rus: качество передачи
|
Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommuni-kasiya signalini qayta tiklash darajasi.
|
Uzatish tezligi
ingl: rate
rus: скорость передачи
|
Aloqa sohasidagi ma’lumotlarni bitlar yoki baytlar bo‘yicha uzatishda tizimning samaradorligini belgilovchi fundamental tushuncha.
|
Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)
ingl: International telecommunications union (ITU)
rus: Международный союз электросвязи (МСЭ)
|
Elektr aloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XEI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XEI 1865 yilda tashkil topgan, 1932 yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XEI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni ta’minlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali
foydalanishdir. XEI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir.
|