Telekommunikasiyalar ingl: telecommunications rus: телекоммуникации
|
Signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.
Predmeti axborot uzatish uslublari va vositalari bo’lgan faoliyat sohasi.
|
Texnik vositalar
ingl: technical means
rus: технические средства
|
Elektrotexnika, radiotexnika, elektronika qonunlariga asoslangan mahsulotlar, apparaturalar yoki ularning funksional qismlari bo‘lib, ular: kuchaytirish, generasiyalash, xotirada saqlash, uzib-ulash, o‘zgartirish vazifalaridan birini yoki bir nechtasini bajaruvchi elektron komponentlari va sxemalardan iborat bo‘ladi. Texnik vosita radioelektron vosita (REV), hisoblash texnikasi vositasi (HTV), elektron avtomatika vositasi (EAV), elektrotexnik vosita shu bilan birga sanoat, ilmiy ishlarni bajarish va medisina vositalari bo‘lishi mumkin.
|
Tovush ingl: sound rus: звук
|
Muhitning tebranma harakati. Tabiatning har qanday hodisalari qatori asboblar, apparatlar, mashinalar, transport vositalari ham tovush manbai bo’lishi mumkin.
Tovushning alohida turlari sifatida nutq va musiqani keltirish mumkin. Inson 16 Hz dan 20 kHz gacha chastota oralig‘idagi tovushlarni qabul qila oladi. Texnik qurilmalar esa ancha keng oraliqdagi tovushni, hatto ultratovush va gipertovushni ham qabul qila oladi.
|
Translyator ingl: translator rus: транслятор
|
Signallarni bir shaklda qabul qilib (odatda aniq
chastotatali analog shaklda), boshqa shaklda uzatadigan kommunikasiya qurilmasi.
Axborotni bir tizimdan boshqa tizimdagi teng kuchli axborotga o‘giruvchi qurilma.
Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda, bosh stansiyadan signalni qabul qilib, so‘ng uni kuchaytirib uzatadigan stansiya.
Telefoniya uskunalarida, terilgan raqamlarni qo‘ng‘iroq uchun axborotga o‘giruvchi qurilma.
|
Uzatish
ingl: transmission rus: передача
|
Axborotni aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni.
|
Uzatish kanali
ingl: transmission channel rus: канал передачи
|
Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U aniq chastotalar kengligida yoki aniq tezlikda tarmoq stansiyalari, tarmoqlar tugunlari orasida yoki tarmoq stansiyasi yoki tarmoq tuguni va birlamchi tarmoqning chekka qurilmasi orasida telekommunikasiyalar signallarini uzatishni ta’minlaydi. Telekommunikasiyalar signallarini uzatish usullariga qarab, uzatish kanali analog yoki raqamli deb ataladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |