Radiorele liniyasi
ingl: microwave radio
|
O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radiorele liniyasi 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38
|
rus: радиорелейная линия
|
GHz chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MHz bo’lgan, 50 km uzoqlikkacha ma’lumotlarni uzata oladigan yerusti radiotarmoqning tarkibiy qismidir.
|
Radiostansiya ingl: radio station rus: радиостанция
|
Bitta yoki bir necha uzatkich yoki qabul qiluvchilar, shu jumladan, uzatkich va qabul qiluvchilarning yordamchi uskunalar birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi.
|
Radioto_‘lqin'>Radioto‘lqin ingl: radio wave rus: радиоволна
|
Shartli ravishda chastotasi 3000 GHz dan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sun’iy to‘lqin o‘tkazgichisiz belgilar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi.
|
Radioto‘lqinlar difraksiyasi ingl: diffraction of radio waves rus: дифракция радиоволн
|
Fazoviy tarqalish muhitining bir jinsli bo‘lmaganligini ifodalovchi to‘siqlar ta’siri ostidagi padioto‘lqinlar maydoni strukturasining o‘zgarishi bo‘lib, ayrim hollarda bu to‘siqlar padioto‘lqinlarning og‘ishiga olib keladi.
|
Radioxalaqit
ingl: radio interference rus: радиопомеха
|
Bir yoki bir necha nurlanishlardan hosil bo‘lgan elektromagnit energiyasining radioaloqa tizimida qabulga ta’siri. U axborot sifati yomonlashishida, xatolar paydo bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |