Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet10/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
05 Glossary

Raqam-analog ozgartirish ingl: digit-to-analog conversion (DAC)
rus: цифро-аналоговое преобразование

Diskret signalni analog signalga aylantirish jarayoni. Aksariyat hollarda maxsus integral sxemalar yordamida amalga oshiriladi.

Regenerator ingl: regenerator rus: регенератор

Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signallarni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma.

Shovqin ingl: noise rus: шум

  1. Liniyada signallarning butligiga xalal beruvchi to‘siq. Shovqin turli manbalardan chiqishi mumkin, shu jumladan, radioto‘lqinlar, yaqinda joylashgan elektr simlari, chiroqlar va sifatsiz ulanishlar. Optik tolali kabellarning metall kabellarga nisbatan afzalligi shundaki, ular shovqin ta’siriga kamroq moyildirlar.

  2. Signalni yoki xabarni sof uzatishga to‘sqinlik qiladigan hamma narsa.

Shovqinsimon signal
ingl: spread spectrum signal rus: шумоподобный сигнал

Tanlangan chastota polosasida ko‘p garmonik (sinussimon) tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan signal. Bunday signallardan foydalanish ma’lumotlar uzatishning shovqinga bardoshliligini kuchaytiradi,







radiokanallarni elektromagnit shovqin-lardan va turli aralashuvlardan yaxshi muhofazani ta’minlaydi.

Signal ingl: signal rus: сигнал

  1. Ma’lumotlarni aks ettirish uchun ishlatiladigan fizikaviy kattalikning o‘zgarishi.

  2. Parametrlari xabarni mos ravishda aks ettiruvchi, xohlagan fizikaviy jarayonni bildiruvchi moddiy axborot tashuvchisi.

O‘zining fizikaviy tabiatiga ko’ra signal elektr, akustik, optik, elektromagnit va boshqa bo‘lishi mumkin.


Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling