Signal bazasi ingl: process gain rus: база сигнала
|
Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi.
|
Siljish
ingl: offset rus: смещение
|
Parametrlar o‘z nominal qiymatidan chetga chiqishi, masalan, taktli impulslarning etalon vaqt shkalasiga nisbatan tasodifiy siljishi yoki chastotaning parazit siljishi.
Signal barcha elementlarining, ularning joylashish tartibi o‘zgarmagan hamda boshlang‘ich chegarasi saqlangan holda bir vaqtda ko‘chishi.
|
Sinxron
ingl: synchronous rus: синхронный
|
Muntazam vaqt muddatlarida ro‘y beruvchi. Sinxronning teskarisi asinxron. Komyuterlar va qurilmalar orasidagi ko‘pchilik aloqalar asinxron – ular hohlagan paytda va muntazam bo‘lmagan muddatlarda ro‘y berishi mumkin.
|
Spektr
ingl: spectrum rus: спектр
|
Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qat’iy belglovchi funksiya.
|
Takt
ingl: clock tick rus: такт
|
Sinxronlovchi signallar ketma-ketligi oralig‘idagi davr. Takt davomiyligi shunday tanlanadiki, uning o‘tib borishi davomida ko‘rilayotgan obyektda kirish signali yuzaga chiqargan barcha o‘tkinchi jarayonlar yakunlanib bo‘ladi. Taktning boshi va oxirini aniqlaydigan impulslar taktlash impulslari deb ataladi. Taktlash impulsining mavjudlik vaqti taktlash davrining qismi bo‘ladi. Bu impulslarni paydo bo‘lish chastotasi taktlash chastotasi deb ataladi. Taktlash impulslarining mavjudligi evaziga tizim yoki tarmoq ishini sinxronlash amalga oshiriladi.
|
Takt impulsi
ingl: clock pulse
rus: тактовый импульс
|
Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan, davriy uzatiluvchi impuls.
|
|