Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet4/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
05 Glossary

Elektromagnit tolqin
ingl: electromagnetic wave rus: электромагнитная волна

Fazoda tarqaladigan elektromagnit tebranishlar. Radionurlanish, yorug‘lik va boshqa turdagi elektromagnit tebranishlar tebranishlar chastotasi har xil bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlardir. Ular elektromagnit spektrni tashkil qiladi.




Faza siljishi
ingl: phase shift rus: сдвиг по фазе

Chastotasi bir xil bo‘lgan ikki signalning fazalari o‘rtasidagi farq. Gradus, radianlarda yoki garmonik tebranish davrining ulushlarida o‘lchanadi.

Filtr
ingl: flter rus: фильтр

  1. Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektr sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo’ladi.

  2. Ma‘lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarga javob beruvchi ma’lumotlarni chiqarib beradi.

Filtrlash
ingl: fltering
rus: фильтрация

Signallar yoki ma’lumotlarning umumiy oqimidan ularning kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Filtrlash filtr yordamida amalga oshiriladi.

Generator ingl: generator rus: генератор

  1. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma.

  2. Muttasil signal chiqaradigan qurilma.

Geterodin
ingl: heterodyne rus: гетеродин

Radioqabulqilgichdagi chastotani o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan garmonik tebranishlar generatori.

Impuls
ingl: pulse rus: импульс

Amplitudasi noldan nisbatan qisqa vaqt oralig‘i mobaynida farq qiladigan diskret signal. Impuls signalning frontlar deb ataladigan o‘sish va pasayish uchastkalari impuls shaklini belgilaydi. Impuls shakli to‘g‘ri burchakli, uchburchak yoki eksponensial bo‘ladi.


Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling